Moliya-kredit


Download 205.26 Kb.
bet9/10
Sana15.11.2023
Hajmi205.26 Kb.
#1776257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
evropa invest.bank (2)








XULOSA


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarz berib ularni moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi. O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi. Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan. Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:


- aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;
- ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
- a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa shakllarda moliyaviy yordam berish;
- aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish;
- nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan)
- moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish;
- a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;
- musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini o’qitishda xizmatlar ko’rsatish.
Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Kurmanov Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Xudak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Senat binosida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Oʻzbekistonning Yevropa investitsiya banki bilan ikki tomonlama hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlari xususida fikr almashildi. Xususan, issiqlik bilan taʼminlash, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, gidroenergetika sohasini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish masalalari ham muhokama etildi.
Oʻzbekistonning Yevropa investitsiya banki bilan hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki (YEIB) oʻrtasidagi Hadli bitimga muvofiq amalga oshirilishi qayd etildi. YEIB davlat infratuzilmasi, energetika va energiya samaradorligi, mamlakatda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish kabi sohalarda davlat va xususiy sektorlarning loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Taʼkidlanganidek, delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Orolboʻyi hududni tiklash boʻyicha bitim imzolandi.
Bank Markaziy Osiyo mamlakatlarida Iqlim oʻzgarishi boʻyicha harakatlar va atrof-muhitni himoya qilish mexanizmi doirasida loyihalarni moliyalashtiradi. Bu mexanizm Yevropa Ittifoqida qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligi sohasidagi loyihalarni, issiqxona gazlari chiqarishni kamaytirish loyihalarini va energiya taʼminoti xavfsizligini oshirish loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi YEIB bilan hamkorlik qilayotgan Markaziy Osiyodagi toʻrtta davlatdan biri hisoblanadi. Bu hamkorlik O`zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga shubhasiz ijobiy ta`sir etiadi deb hisoblayman.


Download 205.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling