Moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari Reja: Kirish


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit siyosatini samarali tashkil etishning amaldagi holati tahlili


Download 33 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi33 Kb.
#1499699
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit siyosatini samarali tashkil etishning amaldagi holati tahlili
Markaziy bank diskont siyosatining tijorat banklarida pul-kredit faoliyatiga ta'siri Markaziy bankning diskont siyosatida qayta moliyalash stavkasi instrumentidan pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish maqsadida keng foydalaniladi. Shuningdek, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining asosiy va zamonaviy vositalaridan biri bo'lgan qayta moliyalashstavkasidan kreditga bo'lgan talabni boshqarish va muomaladagi pul massasi hajmini tartibga solish orqali narxlaro'sishini jilovlash va pasaytirish maqsadida foydalanildi. Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining va boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2014 yilda yillik 12 foiz miqdorida saqlab qolindi. Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo'lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Respublikadagi barqaror makroiqtisodiy holat va yuritilayotgan qat'iy pulkredit siyosati pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari, jumladan tijorat banklarining kreditlari va depozitlari bo'yicha foiz stavkalari dinamikasida o'z aksini topmoqdi. Xususan, 2014 yilda pul bozoridagi foiz stavkalarini qayta moliyalash stavkasiga yaqinlashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida banklararo pul bozoridagi operatsiyalar bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidan buyon 0,3 foiz bandga o'sib, dekabr oyida 11,0 foizni tashkil etdi. 29 Aholi real daromadlarining o'sishi, bank tizimiga bo'lgan ishonchning ortib borishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayishi kabi omillar ta'sirida, 2014 yil davomida jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan dekabr oyining oxirida 6,4 foizgacha, yuridik shaxslarning jamg'arma va muddatli depozitlar bo'yicha stavka esa 6,8 foizdan 6,0 foizgacha pasaydi.
Markaziy bank tomonidan samarali pul-kreditsiyosati olib borilishi natijasida inflyatsiya darajasini 1994 yildagi 1132 foizdan 1997 yilda 27,6 foizgacha pasaytirish imkonini yaratdi. Bu esa o'z navbatida qayta moliyalash stavkasini 250 foizdan 36 foizgacha pasaytirilishiga olib keldi. Xalqaro bank amaliyotiga muvofiq respublikamizda qayta moliyalash stavkasi amaldagi va kutilayotgan inflyatsiya darajasidan, pul bozorida pulga va kredit mablag'lariga bo'lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda o'zgartirib borildi. Milliy valyuta muomalaga kiritilgan paytda qayta moliyalash stavkasi yiliga 150 foizni tashkil etar edi. Ammo milliy valyuta muomalaga kiritilgunga 30 OATB Ipoteka bank va Markaziy bank ma'lumotlari asosida tayyorlandi. 164 263 342 484 595 945 908 14,0 12 0 100 200 300 400 500 600 700 800 900 1 000 2006 й. 2007 й. 2008 й. 2009 й. 2010 й. 2011 й. 2012 й. 11,0 11,5 12,0 12,5 13,0 13,5 14,0 14,5 Кредитлар қолдиғи млрд. сўм Қайта молиялаштириш ставкаси (фоизда) 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 31 qadar mavjud bo'lgan inflyatsiyaning inertsiya kuchi shu darajada katta ediki, tezda qayta moliyalash stavkasining bu darajasi etarli emasligi ma'lum bo'lib qoldi. Inflyatsiyani pasaytirish borasida yanada qatiyroq siyosat yuritish maqsadida Markaziy bank 1994 yil oktyabr oyidan boshlab qayta moliyalash stavkasini 150 foizdan 225 foizgacha ko'tardi. 1995 yil fevral oyida qaytamoliyalash stavkasi 250 foizgacha oshirilgan bo'lsa, mart oyidan boshlab u 300 foiz etib belgilandi
Markaziy bank 2003 yilda naqd valyuta bozoridagi operatsiyalarni kengaytirib deyarli almashtirish bo'yicha barcha cheklovlarni bekor qildi. Shuningdek, 2003 yil 15-oktyabrdan boshlab XVF bitimi Moddalari 8- moddasining 2(a), 3 va 4- bo'limlarida ko'zda tutilgan majburiyatlar, ya'ni milliy valyutaning joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha erkin ayirboshlashni o'z zimmasiga oldi. Milliy valyuta – so'mning konvertirlanishini joriy etilishi respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ahamiyat kasb etuvchi jixatlaridan biridir. Hozirgi vaqtda, valyutaga egalik qilayotgan har qanday shaxs uni bozordagi – qat'iy belgilangan, yoki suzib yuruvchi kurs bo'yicha uni xalqaro zaxira valyutalaridan biri (AQSh dollari, evro va h.k)ga konvertatsiya qilishi huquqiga ega bo'lishi – valyutaning “to'liq konvertatsiyalanishi” hisoblanadi. Valyuta siyosatini yurgizish va muvofiqlashtirish xalqaro valyuta fondi (XVF) zimmasiga yuklatilganligi sababli u konvertatsiyani talab qiladi. Valyutalarning konvertatsiyalanishiga doir cheklovlar hamda tashqi savdo cheklovlari, bir-biridan alohida tarzda o'rganilar edi. Bu hol, ushbu cheklovlarning ikki shakli bir-biridan mustaqil ravishda va turli xil sabablarga ko'ra yoshitilishi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Ayni paytda, iqtisodiy nuqtai-nazardan, ushbu ikki turdagi cheklovlardan bir xil natijani kutish mumkin. Valyuta cheklovlari shakllari turli xil shaklda bo'lishi mumkin. Odatda, tashqi savdoda mahsulot eksport qiluvchilarga valyuta tushumining barchasi yoki uning bir qismini Markaziy bank yoki vakolatli banklarga rasmiy kurs bo'yicha topshirishi talabi keng qo'llaniladi. Vakolatli valyuta cheklovlari quyidagilarni nazarda tutadi (4-jadvalga qarang): chet elga to'lovlarni o'tkazilishi, kapitalni olib chiqib ketilishi, foydani, oltinni, pul belgilari va qimmatli kog'ozlarni repatriatsiya qilinishini tartibga solish; davlatga majburiy tarzda xorijiy valyutani sotilishi (rasmiy kurs bo'yicha milliy valyutaga ayirboshlash evaziga)

Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling