Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi
Download 339.5 Kb.
|
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’lchash mumkinligi.
- Dolzarblik
Elementni aniqlash. Modda moliyaviy hisobotning elementiga, aniqrog’i, uning ta’rifiga mos kelishi kerak. Masalan, firma “Тiko” avtomobilini harid qildi. Bu muomalani rasmiylashtirishga va buxgalteriya hisoboti moddalariga kiritishning ikki xil imkoniyati bor;
Agar “Тiko” firma ma’muriyatiga xizmat qilish uchun harid qilingan bo’lsa, uni asosiy vosita deb qabul qilish mumkin, chunki bu holda u “Asosiy vositalar” moddasining ta’rifiga to’g’ri kelmoqda. Agar avtomobil qayta sotish uchun harid qilingan bo’lsa, u “Тovar-moddiy zahiralar” moddasining ta’rifiga mos tushadi va uni tovar deb tan olish kerak bo’ladi. O’lchash mumkinligi. Modda aniqlik bilan o’lchash mumkin bo’lgan tegishli xususiyat (ya’ni tavsif)ga ega bo’lishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni e’tirof etishning bu jihatini tushuntirish maqsadida quyidagi misolni ko’rishimiz mumkin. Yuqoridagi misoldagi holatda “Тiko” avtomobilini u yoki bu modda sifatida tan olib, buxgalteriya hisobi registrlariga qayd etish uchun uning qiy-mati haqidagi ma’lumot bo’lishi kerak. Faraz qilaylik, xarid qilinayotgan “Тiko” 2 yil xizmat qilgan (uning xizmat qilish muddati 5 yil ), uning balans qiymati 2 mln. so’m, eskirishi 700 ming co’m, lekin xarid narxi, ya’ni avtomo-bilni topshirish - qabul qilish hujjatidagi summa 1,5 mln. co’m. Bundan tashqa-ri, avtomobilning bozor qiymati 2 mln. so’m ekanligi haqida ma’lumot mavjud. Bu holda o’lchash uchun asos - bu hujjatlarda aks ettirilgan 1,5 mln. co’m bo’lib, u avtomobilning qoldiq hamda bozor qiymatlariga ham yaqindir, ya’ni asoslangan-dir. Хo’jalik faoliyati haqidagi yana bir ma’lumot sifatida firmada ishlov-chilarning o’rtacha yillik sonini olaylik. Bu axborotni o’lchash, ya’ni pul ko’rini-shida aks ettirish imkoniyati yo’q bo’lganligi sababli uni moliyaviy axborot si-fatida tan olinmaydi. Dolzarblik - foydalanuvchilarning qaror qabul qilishlariga moddadagi axborotning ta’sir ko’rsata olishini anglatadi. Foydalanuvchilarning qaror qa-bul qilishlariga ta’sir ko’rsatuvchi har qanday moliyaviy axborot albatta aks et-tirilishi lozim. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling