Ishonchlilik - moddadagi axborot ishonchli, xolis va uni tekshirish imkoniyati mavjudligini bildiradi.
Baholash mezonlari
Baholash – bu moliyaviy hisobotlarda moddani hisobga oladigan o’lchamni aniqlash jarayonidir. Agar o’lchash uchun loyiq asos bo’lmasa, muomala, yuqorida aniqlanganidek, hisobning birinchi mezoniga mos kelmaydi. O’lchashning ko’pgina muqobil asoslari bor bo’lib, ularning qatoriga boshlangich tannarx, almashti-rish qiymati, joriy sotish qiymati hamda mazkur modda o’z hayoti davomida yara-tishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining tegishli koeffitsient bilan diskont-langan qiymati kiradi.
Yuqorida buxgalteriya hisobining kontseptual asoslari haqida gapir-ganimizda uning tamoyillardagi o’rnini ko’rsatib o’tgan edik. Endi esa tamo-yillarni kontseptual asoslarning beshinchi tarkibiy qismi sifatida alohida ko’rib chiqamiz.
1. Ikki yoqlamalik.
Хo’jalikdagi har bir voqelik bir xil summada ikki marta bir hisob-varag’ining debetida va ikkinchisining kreditida ko’rsatiladi. Bu tamoyil balans tengligidan kelib chiqadi:
AKТIVLAR MAJBURIYAТLAR + KAPIТAL
2. Baholash.
Faqat pul ko’rinishida ifoda etish mumkin bo’lgan xo’jalik voqeligigina buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Bizda esa, ma’lumki, nafaqat pul, balki natural o’lchov birliklari ham hisobda ishlatiladi. Boshqa buxgalteriya hisobi tizimlarida esa faqat pul birligi tan olingani uchun hali bahosi aniqlanmagan ob’ektlar buxgaleriya ob’ektlari qatoriga qo’shilmaydi. Bu esa asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishda juda katta ahamiyatga ega.
3. Aloxida xo’jalik yurituvchi sub’ekt
Firma o’z mulkdoriga nisbatan huquqiy jihatdan mustaqildir. Mulkdor va firmaning hisob-kitob varaqlari alohida bo’ladi va ularning majburiyatlar bo’yicha mas’uliyati bir-biri bilan kesishmaydi. Shunisi qiziqki, bu tamoyilni L.Pacholi bilmagan ekan. Bizda bu tamoyil tan olinadi, lekin unga alohida urg’u berilmaydi. Amaliyotda esa boshqaruvchilar o’ziniki va yotnikini ajratisha ol-maydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |