Moliyaviy tahlildan
Moliyaviy tahlilni axborotlar tizimi va uning oldiga qo'yiladigan talablar
Download 357.73 Kb.
|
moliyaviy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy tahlilning axborot bazasi (tahlil ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi
Moliyaviy tahlilni axborotlar tizimi va uning oldiga qo'yiladigan talablar
Tahlil natijalari va uning sifati ko'p jihatdan uning axborotlar rnanbayi bilan ta'rninlanganlik darajasiga bog'liq. Biz iqtisodiy tahlilni axborotlar tizimiga quyidagi rnanbalarini kiritarniz; - Hisob rna'lurnotlari; - Hisobdan tashqari rna'lurnotlar. Hisob rna'lurnotlariga: buxgalteriya hisobi va hisoboti, statistik hisob va hisobot rna' lurnotlari , operativ hisob va hisobot statistik ma`lurnotlari kiritiladi. Hisobdan tashqari rna'lumotlarga: tekshirish natijalari, yig'i1ish qarorlari, reja rna'lurnotlari, turli kataloglar, nashrlar, statistik byuletenlardan olingan rna'lurnotlar kiradi. Shuningdek, i.f.d. prof M.Pardayev tornonidan iqtisodiy tahlilda qo'llaniladigan axborotlar, hisoblanadigan va hisoblanmaydigan axborotlarga tarkiblanishi ta'kidlanadi. Hisoblanadigan axborot rnanbalariga quyidagilar kiradi: - buxgalteriya hisobi va hisoboti; - statistika hisobi va hisoboti; - tezkor hisob va hisobot; - tanlab kuzatilgan hisob rna'lumotlari. Buxgalteriya hisobi va hisobotida xo'jalik operatsiyalari, xo'jalik mablag'lari va ularning manbalari ifodalanadi. Statistika hisobi va hisobotida hodisa va jarayonlar umumiy majmuasining miqdoriy jihatlari ifodalanadi. Tezkor hisob va hisobotlarga hisobot davri ichida olish rnumkin bo'lgan axborotlar rnajmuasi kiradi. Tanlab kuzatish natijasida olingan rna'lumotlar hisobotdagi ko'rsatkichlami chuqurlashtirish harnda hodisa va jarayonlarni alohida o'rganish irnkonini beradi. Hisoblanmaydigan rna'lurnot rnanbalariga quyidagilar kiradi: - ichki idora va idoradan tashqari taftish rna'lumotlari; - ichki va tashqi audit hisobotlari; - laboratoriya va tibbiy-sanitariya nazorati rnateriallari; - soliq xizrnati xodimlarining tekshirish natijalari; - rnehnat jamoasining rnajlis va yig'ilish qarorlari. Shuningdek, tahlil jarayonida tasdiqlangan reja, biznes-reja va boshqa me 'yoriy hujjatlar ham qo'llaniladi. Iqtisodiy tahlilni tarkibiy qismi bo'lgan moliyaviy yoki boshqaruv tahliliga nisbatan yuqoridagi tarkiblashni berib o'tish esa urnurniy jil1atdan to'g'ri Ie kin tarkib jihatdan noto'g'ri hisoblanadi. Negaki. boshqaruv tahlilini axborot rna nbalari rnoliyaviy tahlilni axborot rnanbalaridan o'zining ifoda etilishi, rnazrnuni, ko'lami, rasmiylashtirish tart ibi, olish tartiblari va boshqa belgilali bo'yicha farq qiladi. I.f.d. prof. M.Q.Pardayev tornonidan rnoliyaviy tahlilni quyidagi axborot rnanbalari tarkiblanadi; 1. Tashqi rnoliyaviy tahlil-buxgalteriya hisoboti asosida. 2. Ichki rnoliyaviy tahlil-buxgalteriya hisobi va hisoboti harnda tezkor hisobotlar asosida. Prof. I.T. Abdukarirnov tornonidan rnoliyaviy tahlilni axborot rnanbalariga quyidagilar kiritiladi; - buxgalteliya hisobi va hisoboti; - statistik hisob va hisobot rna'lurnotlari; - operativ hisob va hisobot rna'lurnotlari; - tanlab olingan hisobot ma'lurnotlari1. Profeesor G.Y. Savitskaya va v.Ya. Pozdnyakov ning fikriga ko'ra axborotlmning uchta guruhi tarkiblanadi. - Norrnativ-reja rna'lurnotlari; - Hisob rna'lurnotlari; - Hisobdan tashqari rna'lurnotlar. G.N.Liferenko fikricha rnoliyaviy tahlilning axborotlar bazasiga quyidagi turkum rnanbalar kiritiladi. 1.Normativ va instruktiv manbalar (qonunlar, farmon, va qarorlar va boshqa normativ aktlar, nizomalar va yo'riqnomalar); 2. Reja-prognoz ma'lumotlari(umumdavlat, hududiy rejalar, investitsiya dasturlari. biznes-rejani tuzish bo'yicha rna'lumotlar, statistik to'plam byuletenlari, biIja va bank byuletenlari, budjet loyihalari, analitik ma'lumotlar spravochniklari, biznes-reja ma'lumotlari) ; 3. Hisobot ma'lumotlari (buxgalteriya, statistik va operativ hisobotlar); 4. Analitik ma'lumotnomalar (rasmiy statistik va jamlangan analitik ma'lumotlar). M.Q. Pardayev tomonidan moliyaviy tahlilni ichki va tashqi tahlil turlariga nisbatan tarkiblangan axborot manbalari to'g'ri belgilangan. Negaki. uning iste'molchilari manfaatlaridan kelib chiqqan holda tahlil olib borish uchun zaruriy bo'lgan axborotlar to'g'ri ifoda etilgan. Prof. I.T.Abdukarimov tomonidan tarkiblangan guruhlash esa iqtisodiy tahlilni o'zi uchun ahamiyatli uning moliyaviy tahlili yuzasidan o'rinli emas. Negaki statistik hisob va hisobot, operativ hisob va hisobot ma'lumotlari, tanlangan rna'lumotlami tarkiblanishi moliyaviy tahlilga nisbatan to'g'ri ernas. Prof. G.V.Savitskaya, V. Pozdnyakovning fikricha axborot manbalari qatoriga normativ, reja rna'lumotlari kiritilishi ko'proq iqtisodiy tahlilga xos tarzda to'g'ri hisoblanadi, aynan moliyaviy tahlil uchun emas. Shu bilan birga moliyaviy rejalarga nisbatan to'g'ri baholash ham rnumkin. Shuningdek, ulaming birinchi o'rlnga qo'yilishi ham o'rinsiz. G.N. Liferenko tornonidan axborot rnanbalarining bu tarkibda guruhlanishida makro ko'lamdagi tahliliy arnallarga ustunlik beriladi. Makro ko'lamdagi tahli1 alohida fan sifatida shakllanmaganligi sababli ushbu tarkiblash noan'anaviy yondashuv hisoblanadi. Yuqoridagi qarashlarga qarama-qarshi tarzda biz rnoliyaviy tahlilni axborotlar bazasiga quyidagilarni kiritish lozirn deb o'ylaymiz: 1. Moliyaviy hisob va hisobot ma'lumotlari; 2. Tanlab olingan ma'lumotlar (moliya rejasi, loyihalar, normativlar va h.k.). Moliyaviy hisob va hisobot ma'lumotlariga iqtisodiy jarayonlarni o'zida ifoda etuvchi umumlashgan ma'lumotlar kiradi. Ushbu axborotlar moliyaviy hisobot shakllarida aks etadi. Har qaysi korxona o'zining rivojlanishini asosiy jihatlariga oid ma'lumotlarni moliyaviy hisobotlarni aks ettirish orqali maksimal darajada investorlarni jalb etishga, ishonchli mijozlar va mol yetkazib beruvchilar bilan uzluksiz aloqani ta'minlashga harakat qiladi. Shu sababli, boshqaruv xodimlari (boshqaruv qarorlarini qabul qiluvchi xodimlari) moliyaviy hisobotlarni o'qishga va uning mulkiy va moliyaviy holatiga baho berishga bo'lgan qiziqishiariga zaruriyat seziladi. Ya'ni, moliyaviy hisobotlarda aks etgan ma'lumotlar bazasi belgilangan tartib va qoidalar asosida rasmiy tuziladigan va taqdim etiladigan oddiy shakllar emas. O'rganuvchilar, moliyaviy hisobotlarda aks etgan manbalarda nafaqat muayyan sanaga bo'lgan erishilgan natijalariga (aktivlar va passivlarning holati, joylashuvi, harakati, daromad va xarajatlari, pul va pul ekvivalentlarining harakati, to'lovga qodirligi, moliyaviy barqarorligi, moliyaviy, iqtisodiy salohiyati ) balki ularning kelgusidagi kutilishlari, prognozlari haqidagi ma'lumotlarni ham ko'ra bilishi lozim. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning alohida tarkibiy qismi bo'lib ularga berilgan izohlar, qo'shimchalar, ma'lumotnomalar orqali to'ldiriladi. Moliyaviy hisobotlarni maqsadi alohida xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati moliyaviy holati, natijalari va pul oqimlari to'g'risida axborot foydalanuvchilarining erkin iqtisodiy qarorlari yuzasidan moliyaviy ahvol va uning kutilishi yuzasidan ma'lumotlar bazasi bilan ta'minlashdan iboratdir. Albatta, moliyaviy hisobotlarni tuzish va topshirish tartibining rasmiy jihatlari buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari asosida, moliyaviy qonunchilik bazasiga tayangan holda belgilanadi. Barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar tegishli hisobot davri bo'yicha belgilangan, shakllardagi buxgalteriya hisobotlarini taqdim etadilar. U shbu davriylik choraklik va yillik oraliqni o'z ichiga oladi. Moliyaviy hisobot (moliyaviy hisobotlar, ulargaberilganizohlar, Tushuntirishlar, qo'shimchalar)da aks etgan ma'lumotlarni axborot foydalanuvchilarining qiziqishi va manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashxis etish, risklarni hisobga olgan holda kelgusidagi kutilishlarini baholash alohida malakaviy tajriba va ko'nikmalarni talab etadi. Ya'ni, moliyaviy holat tahlili moliyaviy hisobot elementlari va ulardagi o'zgarishlami klassik usulda farqlashdangina iborat jarayon emas. Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, tashqi moliyaviy tahlil faqat e'lon qilinadigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar asosida o'tkaziladi. Ichki moliyaviy tahlil moliyaviy hisob va hisobot ma'lumotlari, tanlab olingan ma'lumotlar asosida tashkil etiladi. Moliyaviy hisobot shakllariga quydagilar kiradi. l-shakl. Buxgalteriya balansi 2-shakl. «Moliyaviy natijalar to'g'risida»gi hisobot. 3-shakl. «Asosiy vositalar harakati to'g'risida»gi hisobot. 4-shakl. «Pul oqimlari to'g'risida»gi hisobot. 5-shakl. «Xususiy kapital to'g'risida»gi hisobot. Moliyaviy hisobotlar ularga berilgan izohlar, mo'ljallar va tushuntirishlar bilan birga to'liq shaklga ya'ni moliyaviy hisobotga aylanadi. Moliyaviy tahlilni axborotlar bazasiga qo 'yiladigan talablarga quyidagilar kiradi. Ya'ni axborotlar ishonchligi, taqqoslanuvchanligi, betarafligi, pulda baholanishi, uzluksizligi, hisobga olinish, hisob-kitoblarda xato va kamchiliklarga yo'l qo'yilmasligi, daromad va xarajatlar, aktivlar va passivlar to'g'ri baholanganligidir. Bu talablar moliyaviy hisob va hisobotlashning konseptual asoslarida ham belgilanadi. Ma'lumotlarni mantiqiy tekshirishda, hisob-kitoblarni aniqligi, raqamlami bo'yab yozishlarga yo'l qo'yilmaganiigi, turli hisobot shakllaridagi nazorat raqamlarining mosligiga ahamiyat berish lozim. Moliyaviy tahlilning axborot bazasi (tahlil ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi Moliyaviy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta’minotlardan foydalanish. Yangi asrni axborotlar, texnologiyalar, innovatsiyalar asri deyish mumkin. Negaki bu uchta jixatsix rivojlanishni, taraqqiyotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Moliyaviy tahlilni zamonaviylashtirish muammosi ham bugun olimlar oldidagi eng dolzarb muammolarda biri hisoblanadi. Axborotlarga shunchaki ega bo‘lish yoki yoki axborotlarni shunchaki o‘qish bilan bugun muhim natijalarga erishib bo‘lmaydi. Ularni tahlil etishning shunday bir tizimini shakllantirish lozimki bu ularni boshqaruvda samarani, faoliyatdagi natijani taminlashga xizmat qilsin. Axborotlarni buguni shaklini va oqimini oddiy hisob-kitoblar asosida qayta ishlash mumkin emas. Bunga vaqt omili ham, resurs omili ham, sub’ekt omili ham yo‘l bermaydi. Axborot tizimini yaratilishi, axborotlarni kompyuter texnologiyalari va dasturiy taminotlari asosida qayta ishlash, tahlil etish soxaning rivojida yangi bir bosqichni boshlab berdi deyish mumkin. Axborot tizimining yaratilishi quyidagi hossalar bilan harakterlanadi: -har qanday axborot tizimi, tizimni tashkil etishning umumiy prinsipi asosida tahlil qilinadi va boshqariladi; -axborot tizimi dinamik ko‘rinishga ega bo‘lib, rivojlanuvchi tizim hisoblanadi; -axborot tizimining mahsuloti ham axborot hisoblanadi; -axborot tizimini odam-kompyuter tizimi ko‘rinishida tasavvur qilish lozim. Axborot tizimlarini xayotda qo‘llab ishonchli, sifatli va aniq natijalarni olish mumkin. Buni quyidagilarda tavsiflash mumkin: -matematik metod va intellektual tizimlarni qo‘llab, boshqarishning optimal variantlarini olish; -tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini engillashtirish; -eng to‘g‘ri axborotga ega bo‘lish; -axborotlarni qog‘ozda emas balki magnit ѐki optik disklarda saqlash; -mahsulot ishlab chiqarish sarf harajatlarnini kamaytirish; -foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish. Axborot tizimlarida boshqaruv tuzilmasining o‘rni. Axborot tizimi jamiyat va har bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim: 1. Axborot tizimining tuzilmasi va uning qo‘llanilish maqsadi, jamiyat va korxona oldida turgan vazifa bilan to‘g‘ri kelishi kerak. Masalan; tijorat firmasida – foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siѐsiy vazifalarni bajarishi kerak. 2. Axborot tizimi inson tomonidan boshqarilishi va ijtimoiy etika prinsiplari asosida foyda keltirishi kerak. 3. To‘g‘ri, kafolatli va o‘z vaqtida axborotlarni mijoz ѐki tizimlarga etkazishi lozim. Tashkilotni boshqarish tuzilmasi axborot tizimini yaratish, tashkilotning boshqaruv tuzilmasini tahlil qilishdan boshlanadi Boshqarish deganda quyidagi vazifalarni amalga oshirish funksiyasi bilan, qo‘yilgan maqsadga erishish tushuniladi: Tashkillashtirish – normativ xujjatlar kompleksi va tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish; shtat jadvali, bo‘limlar, laboratoriyalar va h.k. Hisobga olish – bu funksiya firma ѐki tashkilot ko‘rsatkichlarining metod va formalarini ishlab chiqadi. Masalan; buxgalteriya hisoboti, moliyaviy hisob-kitob, boshqaruv hisoboti va boshqalar. Taxlil (analiz) – rejalashtirilgan vazifalarni qay darajada bajarilganligini aniqlaydi Analitik jarayonlar boshlanar ekan birinchi navbatdagi masala uni qanday o‘tkazish masalasiga qaratiladi. Agar korxona moliyaviy holatini va uning kutilishlarini baholashning yagona uslubiyoti yaratilgan va uni amalga oshirishning dasturiy taminoti mavjud bo‘lsa mazkur jarayon soatday ishlashi mumkin edi. Afsuski, bunday holat mavjud emas. SHu sababli, ko‘pincha ushbu jarayon maxsus topshiriqlar asosida ayrim sub’ektlar (buxgalterlar, menejerlar, analitiklar) tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Moliyaviy hisobotlar tahlilida ko‘rsatkichlar, moliyaviy koeffitsentlar turlicha nomlanishi tufayli ularning yagona dasturiy taminotini yaratish imkoniyati ham cheklangan. SHu bilan birga amaldagi tartiblarda ushbu ko‘rsatkichlar “o‘sgan”, “kamaygan”, “ijobiy o‘zgarish”, “salbiy o‘zgarish”, “bu yaxshi”, “bu yomon” kabi so‘zlarning ishlatilishi mijozga maqbul variant emas. SHu bilan birga, dasturiy taminotlarda analitik hisb-kitoblarning matnli izoxli, tahlil natijalari yuzasidan xulosalar berilishi ham mijozlar talabiga to‘la mos tushmaydi. Taxlil natijalarini chop etish va rasmiylashtirish Moliyaviy holat xaqida keng qamrovli hisobotga ega bo‘linadi. Hisobot xech bir maxoratli analitikning mustaqil tayorlagan hisobtidan farq etmaydi. O‘ylashga ham kompyuter zimmasiga yuklatiladi. Moliyaviy tahlilning axborot bazasi (tahlil ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning jadalligi zamonaviy buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning ham mazmunini tubdan yangi shakl va mazmunda yuritishni talab etmoqda. Hozirgi sharoitda moliyaviy hisobotlar tahlilining muhimligini shu bitlan aniq izohlash mumkinki ushbu predmet alohida fan sifatida shakllangan. Mulk egalari, sheriklar va xamkorlar, mol etkazib beruvchi va xaridorlar, qarpz beruvchi va oluvchilar, nazorat va taftish organlari, kontrigentlarning keng qamrovli tarkibi xo‘jalik sub’ektining moliyaviy ahvoli va undagi o‘zgarishlarni baholashning konseptual asoslari tubdan yangidan tuzib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining aloxida qabul qilingan Buxgalteriya hisobi, Audit to‘g‘risidagni konunlari, qator Kodekslar (byudjet, soliq, mehnat, investitsiya,) normalari asosida tashkil etilayotgan hisob xizmatlarining mazmuni tubdan o‘zgarmoqda. Moliyaviy hisobot - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt alohida mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektligi yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning jamlangan guruhiga kirishidan qat’i nazar shu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini ko‘rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. Moliyaviy hisobot - buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir. Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: -buxgalteriya balansi; -moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; -pul oqimlari haqidagi hisobot; -xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; -izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Download 357.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling