Moliyaviy tahlildan


Moliyaviy tahlilni tashkil etish va uni o’tkarish bosqichlari


Download 357.73 Kb.
bet5/7
Sana03.02.2023
Hajmi357.73 Kb.
#1151245
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
moliyaviy tahlil

Moliyaviy tahlilni tashkil etish va uni o’tkarish bosqichlari.

Moliyaviy tahlilni tashkil etish yuzasidan rasmiy jihatlarning belgilanmaganligi sababli uni tashkil etishda an’anaviy yo‘nalishlardan foydalanish mumkin.
Odatda, buxgalteriya hisobini va auditni (ichki, tashqi) tashkil etishdagi rasmiy jihatlar bilan belgilangan aniq tartib va qoidalar moliyaviy tahlilni tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Jumladan, yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi” to‘g‘risidagi qonunning “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish” to‘g‘risidagi 11-moddasi buxgalteriya hisobi va hisobotini buxgalteriya hisobi subektining rahbari amalga oshirishi qayd etiladi hamda buxgalteriya hisobi subektining rahbari qanday huquqlarga ega ekanligi tarkiblanadi. Ushbu huquqlar qatorida:
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosidayuklashi;
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritishi qayd etiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning ushbu tartiblari bevosita, moliyaviy tahlilga nisbatan ham to‘la mos deyish mumkin.
Tahlilni tashkil etish shakli sifatida ichki moliyaviy tahlilni tashkil etilishi va tashqi moliyaviy tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir.
Tashqi moliyaviy tahlil cheklangan axborotlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakllari asosida xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy holatini o‘rganishni xarakterlaydi va korxona erishgan natijalarining barcha sirlarini ochib berish imkonini bermaydi. Ushbu tahlil ichki axborot bazasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan, korxona faoliyati bilan qiziquvchi kontragentlar, mulk egalari yoki davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi moliyaviy tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
-tahlil subektlari va axborot foydalanuvchilarining ko‘pligi;
-tahlilchilarning maqsadi va qiziqishlarining turli tumanligi;
- hisobga olish va hisobotlarning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy jihatlarning belgilanganligi.
- tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar bazasiga tayangan holda o‘tkalishi;
- qo‘yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi;
- axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil natijalaridan foydalanishning maksimal ochiqligi.
Tashqi moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida korxona aktivlari, o‘z mablag‘lari manbai va majburiyatlarining o‘zgarishi, to‘lov layoqati va likvidlilik darajasi, moliyaviy holati va barqarorligi, bozor va ish aktivligi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy mustahkamligi va nochorligi, foyda va rentabellik darajasi, pul oqimi va xususiy kapitalning o‘zgarishlari, korxonaning iqtisodiy reytingini aniqlashga qaratiladi.
Ichki moliyaviy tahlil – korxonaning ichki bo‘limlari, xodimlari tomonidan o‘tkazilib o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami bilan tashqi moliyaviy tahlildan farq etadi. Ichki moliyaviy tahlilning axborotlar bazasi va o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami tashqi moliyaviy tahlilga nisbatan keng hisoblanadi. Uning axborotlar bazasiga faqat chop etiladigan moliyaviy hisobotlargina emas‚ balki moliyaviy hisobning barcha manbalari va hisobdan tashqari manbalarni ham kiritish mumkin. O‘rganiladigan masalalar ko‘lamini boshqaruvchilar va tahlilchilarning qiziqishlari doirasidan kelib chiqib belgilash mumkin. Ushbu tahlil turining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin.
Ichki moliyaviy tahlilning o‘ziga xos jihatlari:
- tahlil subektlarning tor guruhi
- tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan yo‘naltirilganligi;
- teran moliyaviy tahlilni o‘tkazishda axborotlarning keng doirasidan foydalanish imkoniyatining yuqoriligi;
- tahlilni o‘tkazish bo‘yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq reglamentlari (tartiblari) belgilanmagan usullardan foydalanish imkoniyatlari;
- aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy tahlilni o‘tkazish imkoniyati mavjudligi;
- boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil etilishi.
Moliyaviy tahlil mazmuni bo‘yicha to‘liq moliyaviy tahlil va tematik moliyaviy tahlil turlariga ajratiladi.
To‘liq moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining barcha jihatlarini kompleks o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil korxona moliyaviy faoliyatining alohida jihatlarini va akspektlarini o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahlil predmetiga: aktivlardan samarali foydalanish, aktivlarni moliyalashtirishda alohida manbalardan optimal foydalanish darajasi, to‘lov layoqati va moliyaviy barqarorlik holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy tuzilishi kabi masalalarni kiritish mumkin.
Moliyaviy tahlilda obektni qamrab olinishi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subektlarning to‘liq (bir butunlikdagi) moliyaviy tahlili, alohida bo‘limlar va birliklar moliyaviy holatining tahlili (iqtisodiy javobgarlik markazlari bo‘yicha) hamda alohida moliyaviy jarayonlar tahlilini tarkiblash mumkin.
O‘tkazish davri bo‘yichamoliyaviy tahlil oldingi , joriy va istiqbolli tahlil turlariga tarkiblanadi.
Oldingi moliyaviy tahlil – korxona moliyaviy faoliyatini bir butunlikda yoki alohida olingan moliyaviy jarayonlar bo‘yicha shart-sharoitlarni bilish bilan bog‘lanadi (masalan, uzoq va qisqa muddatga bank kreditlarini olish yuzasidan korxonaning to‘lov layoqatini baholash).
Joriy (operativ) moliyaviy tahlil – alohida moliya rejalarini bajarilishida yoki moliya operatsiyalarini amalga oshirish davomida operativ tarzda moliyaviy holatga ta’sir etish yuzasidan o‘tkaziladigan tahlil turidir.
Istiqbolli moliyaviy tahlil – amaldagi holatni o‘rganish asosida moliyaviy holat va uning alohida birliklari bo‘yicha kelajakdagi o‘zgarishlarning kutilishlarini baholab beruvchi tahlil turidir
Moliyaviy tahlilni tashkil etish, yuritish, xulosalarni shakllantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdagi me’yoriy asoslar.
Moliyaviy tahlilni tashkil etish shakllari. Moliyaviy tahlilni tashkil etishda korxonaning tarmoq xususiyati, faoliyat ko‘lami, raqobatdagi o‘rni kabi jihatlarini hisobga olish.
Moliyaviy tahlilning asosiy bo‘limlari: moliyaviy hisobot tahlili, investitsion tahlil, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi jarayonlar tahlili, moliyaviy hisobotni bashoratlash.
Moliyaviy tahlil bosqichlari.
Moliyaviy tahlilning axborot bazasi (tahlil obyektlari) haqidagi,ularning ochiqligi va oshkoraligi. Moliyaviy hisobotlar shakllari va ularning tavsifi. Jamlangan moliyaviy hisobotlar va ularnitahlil etish.
Moliyaviy hisobotni tuzishda milliy va xalqaro standartlarning moliyaviy hisobot mazmuniga ta’siri. Moliyaviy tahlilni muammoli jihatlari (davri yoraliqdagi qiyosiylik, turli korxonala ro‘rtasidag iqiyosiylik, axborot operativligi muammolari). Auditor xulosalarini ko‘rib chiqish. Auditdan o‘tkazilmagan hisobotlar. Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan boshqa axborotlar.
Moliyaviy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta’minotlardan foydalanish.
Moliyaviy tahlilning funksiyalari va tamoyillari
Moliyaviy tahlilning mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo'ladi. Moliyaviy tahlil analitik, sintetik (umumlashtiruvchi), bashorat qilish (predikativ), iqtisodiy va nazorat funktsiyalarini bajaradi. Moliyaviy tahlil funktsiyalarining xarakteristikalari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval – Moliyaviy tahlil funksiyalarining xarakteristikalari

Funktsiya

Xarakterli

Analitik

moliyaviy tahlil ob'ektlarini tanlash mavjud, tahlil ob'ektlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlar aniqlanadi, hisoblash usullari tanlanadi, tahlil qilish va baholash usullari tanlanadi.

Sintetik (umumlashtiruvchi)

turli ob'ektlarni tahlil qilish natijasida olingan xulosalarni turli yo'llar bilan umumlashtirish imkonini beradi.

Bashoratli (predikativ)

korxonaning moliyaviy holatini bashorat qilish

Iqtisodiy

bir tomondan, moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga asoslanadi, ikkinchi tomondan, moliyaviy tahlil natijalari ishlab chiqarish jarayonini va korxona uchun daromad olishning boshqa usullarini takomillashtirish uchun ishlatiladi.

Boshqaruv

Moliyaviy tahlil korxonani moliyalashtirishdagi nomutanosiblikni o‘z vaqtida kuzatish, ishlab chiqarishning qaysi turlari foydali ekanligini, o‘z kapitali va ssuda kapitalidan qanchalik samarali foydalanishni baholash imkonini beradi.

Xulosa
Moliyaviy tahlilni usulubiy asoslarini taqqoslash yakunida shunday xulosaga kelish mumkinki xorijiy firma va kompaniyalar moliyaviy hisobotlari tahlili bilan O’zbekistonda amal etilayotgan uslubiy asoslarda keskin farqlanishlar kuzatilmaydi. Farqlanishni sezish mumkin faqat birlik ko’rsatkichlarda. Masalan; firma va kompaniyalar foydaligiga baho berishda, bizning amaliyotda rentabellikni 63 ta turi aniqlansa, Italiyada uning 74 ta, Yaponiyada esa 56 ta turi aniqlanadi. Bu holat bitta ko’rsatkichni baholashga nisbatan zaruriy birlikmi? Albatta uning mazmuni tushinish qiyin emas. Negaki bitta buxgalteriya balansi asosida korxona aktivlari va passivlariga nisbatan 55 ta rentabellik turini aniqlash mumkin.
Firma, kompaniya foydasida barcha birliklar ta’sirini mavjud deb oladigan bo’lsak, bu tarkib to’g’ri hisoblanadi. To’lov layoqati, moliyaviy barqarorlikni aniqlash ko’rsatkichlari bo’yicha, asosiy vositalar holati va harakati ko’rsatkichlarida ham xuddi shunday farqlanishlarni sezish mumkin. Moliyaviy hisobotlarni tuzish qoyidalarini, mazmunining bir xilligi albatta moliyaviy tahlildagi mazmunni ham bir xillikda bo’lishini tavsiflaydi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va ular asosida milliy standartlarni tuzilishida ham shu zaruriyatni sezish mumkin. Moliyaviy tahlil yuzasidan o’xshashlik albatta boshqaruv tahlili bo’yicha ham bir xillik mavjud degan xulosaga olib kelmaydi. Boshqaruv tahlili yuzasidan davlatlar o’rtasida turlicha farqlanishlarni sezish mumkin.
Boshqaruv tahlili yoki ishlab chiqarish tahlili, boshqaruv hisobi va hisobotining tarkibiy qismi sifatida amal etadigan xorijiy amaliyotdan, alohida tur sifatida olinishi o’zining tashkiliy, uslubiy, amaliy asoslari bo’yicha farq etadi.
Xulosa qilib aytganda Tahlil natijalari sifati ko'p jihatdan uning axborotlar manbayi bilan ta'rninlanganlik darajasiga bog'liq. Biz iqtisodiy tahlilni axborotlar tizimiga quyidagi rnanbalarini kiritarniz;
- Hisob rna'lurnotlari;
- Hisobdan tashqari rna'lurnotlar.
Hisob rna'lurnotlariga: buxgalteriya hisobi va hisoboti, statistik hisob va hisobot ma'lurnotlari , operativ hisob va hisobot ma`lurnotlari kiritiladi.
Hisoblanadigan axborot rnanbalariga quyidagilar kiradi:
- buxgalteriya hisobi va hisoboti;
- statistika hisobi va hisoboti;
- tezkor hisob va hisobot;
- tanlab kuzatilgan hisob rna'lumotlari
Moliyaviy tahlil — korxonalarning ochiq tarzdagi moliyaviy hisobotlarining ma’lumotlariga asoslanib o‘tkaziladigan tahlildir.
Moliyaviy hisobotlarni maqsadi alohida xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati moliyaviy holati, natijalari va pul oqimlari to'g'risida axborot foydalanuvchilarining erkin iqtisodiy qarorlari yuzasidan moliyaviy ahvol va uning kutilishi yuzasidan ma'lumotlar bazasi bilan ta'minlashdan iboratdir. Har bir tarmoq uchun uning o'ziga xos xususiyatlari tavsiflanadi, tahlil qilish metodologiyasi ko'rsatilgan va uni amalga oshirish uchun ma'lumot manbalari ko'rsatilgan. Shu maqsadda ushbu oʻquv qoʻllanma ishlab chiqilgan boʻlib, unda moliyviy tahlilini tavsiflovchi umumiy jihatlar (tamoyillar, maqsadlar, vazifalar, axborot bilan taʼminlash, eng muhim texnika va usullar) bilan bir qatorda turli tarmoqlardagi korxonalar faoliyatini tahlil qilishning asosiy yoʻnalishlari koʻrsatilgan. Har bir tarmoq uchun uning o'ziga xos xususiyatlari tavsiflanadi, tahlil qilish metodologiyasi ko'rsatilgan va uni amalga oshirish uchun ma'lumot manbalari ko'rsatilgan.
Yakuniy natijalarga qo'yiladigan qat'iy talablar, foydalanuvchilarning manfaatlarini farqlash bilan bozor tizimini yaratish buxgalteriya malumotlari , buxgalteriya hisobidagi o'zgarishlar buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilning yagona tizimi doirasida funktsional darajalarni: boshqaruv (ishlab chiqarish) va moliyaviy hisob va tahlilni ajratib ko'rsatishni qonuniylashtiradi.



Download 357.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling