Moliyaviy va boshqaruv hisobi
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 2.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliyaviy va boshqaruv hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тavsiya etilayotgan adabiyotlar
- Internet saytlari
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Segmentlar bo’yicha hisob nima? 2. Boshqaruv hisobi tizimida segmentlar bo’yicha hisobning o’rni va ahamiyatini yoriting? 3. Тransfert baholari, ularning qo’llanilishi joylarini ayting? 4. Тrasfert baholarni hisoblash usullarini ayting? 5. Subyektning tashkiliy tarkibining transfert bahosi shakllanishiga ta’siri? 6. Rivojlangan mamlakatlarda qo’llaniladigan transfert baholarni ayting? 7. Zararsizlik nuqtasi qanday aniqlanadi? 8. Bahoni shakllantirish uchun qarorlar qanday qabul qilinadi? Тavsiya etilayotgan adabiyotlar 1. Бобожонов О., Жуманиёзов К. Бошқарув ҳисоби. -Т. Адабиёт жамғармаси. 2005. 2. Друри К. Введение в управленческий и производственный учет. -М.: ЮНИТИ. 2004. 3. Хорнгрен Т., Фостер Дж. Бухгалтерский учет: управленческий аспект. Под ред. Я.В.Соколова. -М. Финансы и статистика. 2003 4. http:// www. accounting. rut gars. edu 5. http:// www. accounting. megareferats. ru 374 Internet saytlari http:// www. gaap. ru http:// www. glavbukh. ru 375 10 -BOB. MAHSULOT (ISH VA XIZMAT) LARNI SOTISH HISOBI 10.1. Mahsulot (ish va xizmat) lar hisobining mazmuni, baholanishi va uning vazifalari Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo’lib tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Тayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi (ТNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan buyum va mahsulotlardir. Tashqi bozorda kon’yunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, 2008 yilda tashqi savdo aylanmasi 21,4 foizga oshdi, ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 28,7 foizga ortdi. Natijada tashqi savdo balansida ijobiy saldo hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Bu esa ishonchli to‘lov balansi va iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilmoqda. Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‘ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xom ashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston uchun an’anaviy eksport xom ashyosi bo‘lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 12 foizga tushdi. 38 Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda. 38 И .К а р и м о в . Жа ҳ о н м о л и я в и й -и қ т и с о д и й и н қ и р о з и , Ў з б е к и с т о н ша р о и т и д а у н и б а р т а р а ф э т и шн и н г й ў л л а р и в а ч о р а л а р и .-Т .: Ў з б е к и с т о н .2009. 376 Bu ko‘rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o‘sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez o‘zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog‘liqligini kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bozor talabini o’rgangan holda tuzilgan shartnomalarga, assortiment, son va sifat reja topshiriqlariga binoan, doimo ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ko’paytirish, ularning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishga e’tibor berib mahsulot ishlab chiqaradilar. 2009 yilning birinchi yarmida mamlakatimizda yalpi ichi maxsulotning o‘sishi 8,2 foizni tashkil etgani e’tiborga molikdir. Davlat byudgeti yalpi ichi maxsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdoridagi profisit bilan igro etildi, inflyasiya daragasi prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmadi. 39 Bozor munosabatlari sharoitida asosiy e’tibor mol yuborish – shartnomalari bo’yicha mol sotishga qaratiladi, chunki bu korxona faoliyatining maqsadga muvofiqligini, uning samaradorligini aniqlovchi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Korxonaning hisob – kitob schyotiga pul tushgan va tushmaganligidan qat’i nazar barcha yuklangan va jo’natilgan mahsulotlar sotish hajmiga qo’shilishi mumkin. Shunday qilib, sotish jarayoni korxona xo’jalik mablag’larining doiraviy aylanishini yakunlaydi. Bu o’z navbatida korxonaga davlat budjeti, ssudalar bo’yicha banklar, ishchi va xizmatchilar, mol yuboruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkoniyatini beradi. Sotish rejasini bajarmaslik aylanma mablag’lar aylanishini sekinlashiga, xaridorlar 39 И.Каримов. Буюк мамлакатнинг қутлуғ шодиёнаси. Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 18 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги табрик сўзи. Халқ сўзи газетаси. № 172 (4835) 1.09.2009. 377 oldida shartnoma vazifalarini bajarmaganligi uchun jarima to’lashga, to’lovlarni kechikishiga, korxonaning moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi. Korxona sotish hajmi bilan bir qatorda foyda summasini ham rejalashtiradi. Chunki, mahsulotning sotish (shartnoma) narxi belgilanganda uning tarkibiga ma’lum summada yoki foizda foyda (daromad) summasi ham kiritiladi. Agar shartnoma (reja) bo’yicha sotishga tegishli mahsulotlar miqdorini shartnoma bahosiga ko’paytirsa reja bo’yicha ularni sotish qiymati kelib chiqadi, foyda foiziga qarab esa reja foyda summasi hisoblab chiqiladi. Bu budjetga foydadan bo’nak ajratmasini to’lash uchun baza bo’lib hisoblanadi. Korxona aylanma mablag’ining tarkibiy qismi hisoblangan tayyor mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxida yoki sof sotish qiymatida 40 . Тayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisobot davri tugagandan so’ng aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning harakati har kuni sodir bo’ladi, uning uchun joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Тayyor mahsulotlar harakatining kundalik hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki korxonaning shartnoma baholarida yoki hisob bahosi deb nomlanadigan chakana jo’natish baholarida yuritiladi. Chunonchi, mahsulot birligining reja tannarxi korxonada ishlab chiqiladi. U oy oxirida tayyor mahsulotlarning guruhlari bo’yicha farq summasini yoki foizini hisoblash yo’li bilan haqiqiy tannarxga yetkazib qo’yiladi. Farq summasi va foizi mahsulotning oy boshiga qoldig’i hamda uning oy davomidagi kirimiga qarab hisoblab chiqiladi. Farqi tejalganligini yoki korxona tomonidan ortiqcha xarajatga yo’l qo’yilganligini ko’rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi uning ish natijalarini ta’riflaydi. Тayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga olingan bo’lsa, farqlar ham shu schyotlarda tejalgan bo’lsa qizil siyohda storno (qayta yozuv) qilib, ortiqcha xarajat bo’lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi. Farq foizi 40 УзР 4- сонли «Товар моддий захиралар» БҲМС нинг 7- бандига биноан 378 va jo’natilgan mahsulotning reja tannarxi sotilgan hamda ombordagi oy oxiriga qolgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi. Hisobda tayyor mahsulotlarga boshqa baholar qo’llanilsa ham farq summasi va foizi shu tartibda hisoblanadi. Тayyor mahsulotlar harakati hisobini to’g’ri tashkil etishda ularning nomenklaturalarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Mahsulotlar nomenklaturasi – ushbu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari nomlarining ro’yxatidir. Mahsulotlar nomenklaturasini tuzishda bir buyumni ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarni ma’lum belgilariga qarab qilingan tasnif asos bo’ladi. Nomenklatura raqami turli miqdordagi raqamlar bilan belgilanishi mumkin. Korxona nomenklaturalaridan quyidagi xizmatlarda: - dispecherlar – mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qilish uchun; - sexlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini nazorat qilish uchun va tayyor mahsulotlarni omborga topshirishda nakladnoylar yozish uchun; - marketing bo’limi – mahsulot jo’natish shartnomasining bajarish imkoniyati ustidan nazorat qilish uchun; - buxgalteriya – analitik hisob, svodkalar va hisobotlar tuzish uchun foydalanishi mumkin. Shuning uchun korxonalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulotlar ularni yuklash va sotish hisobi alohida o’rin tutib, uning vazifalari quyidagilardan iborat: - tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning zaxiralari holati hamda omborda saqlanishi, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar ustidan uzluksiz nazorat qilish; 379 - yuklangan va jo’natilgan mahsulot (ish, xizmat) larni o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirish, xaridorlar bilan olib boriladigan hisob– kitoblarni aniq tashkil etish; - sotilgan mahsulotlarning hajmi va assortimenti bo’yicha mol jo’natish shartnoma rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilish; - sotilgan mahsulot uchun olinadigan mablag’lar summasini, mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni, foyda summasini o’z vaqtida va aniq hisoblab chiqish. Bu vazifalarning bajarilishi korxonaning bir tekisda ishlashi, sotish hamda ombor xo’jaligini to’g’ri tashkil qilish, xo’jalik operatsiyalarini o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirishga bog’liq. Download 2.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling