Moliyaviy va boshqaruv hisobi
Download 2.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliyaviy va boshqaruv hisobi
№
Ko’rsatkichlar Reja Хaq. Farq Belgi si* 1. Тovarlarning aylanishi- ja’mi 860 920 60 I Shundan: 1-guruh 320 300 -20 S 2-guruh 210 230 20 I 3-guruh 80 90 10 I 4-guruh 90 105 15 I 5-guruh 75 95 20 I 6-guruh 85 100 15 I 2. Sotib olish bahosi- ja’mi 610 680 70 S Shundan: 1-guruh 240 272 32 S 2-guruh 160 184 24 S 3-guruh 55 62 7 S 4-guruh 60 66 6 S 369 5-guruh 40 43 3 S 6-guruh 55 53 -2 I 3. Yalpi daromad- ja’mi (1-2) 250 240 -10 S Shundan: 1-guruh 80 28 -52 S 2-guruh 50 46 -4 S 3-guruh 25 28 3 I 4-guruh 30 49 19 I 5-guruh 35 52 17 I 6-guruh 30 47 17 I 4. Muomala xarajatlari- ja’mi 180 160 -20 I Shu jumladan: mehnat xaqi sarfi 60 55 -5 I mehnat xaqi jamg’armasidan ajratma 24 22 -2 I ijara to’lovi 15 15 0 - litsenziya to’lovi 10 10 0 - AV va NMA eskirishi 20 20 0 - reklama sarfi 19 18 -1 I idora sarfi 22 22 0 - boshqa sarflar 14 12 -2 I 5. Foyda yoki zarar (3-4) 70 80 10 I * I-ijobiy, S-salbiy Hisobotdan ko’rinib turibdiki, o’tgan oyda do’kon budjet ko’rsatkichlarining hamma parametrlari bo’yicha rejani bajargan. Oy davomida rejalashtirilgan 70000 so’m foyda o’rniga 80000 so’m foyda olgan. Ushbu 10000 so’m ortiqcha foyda do’kon direktorining nazorat qiladigan sarflarga to’g’ri ta’sir qilishining natijasi 370 hisoblanadi. Тasdiqlangan budjetga asosan mart oyida do’konning muomala xarajatlari 180000 so’m qilib belgilangan. Haqiqatda esa 160000 so’m sarflanib 20000 so’m tejalgan. Lekin foyda bo’yicha budjet topshirig’i esa faqat 10000 so’mga ortiqcha bajarilgan. Chunki bunga yalpi daromad reja-ko’rsatkichining bajarilmasligi sabab bo’lgan (240000-250000 = 10000). Mart oyida tovarlarning aylanishi rejalashtirilganga (920-860) nisbatan 60000 so’mga oshdi. Natijada yalpi daromad bo’yicha rejaning bajarilmasligi quyidagi sabablarning ta’sirida sodir bo’lishi mumkin: mart oyida sotilgan tovarlarning sotib olish bahosi rejalashtirilgan bahoga nisbatan oshiq bo’lgan; do’konlarda sotilgan tovarlarning ichida past darajada ustama qo’yilgan tovarlar ko’p hajmni tashkil qilgan. Demak, 1-sabab ushbu do’kon direktorning qaroriga bog’liq emas, balki bu tashqi omil, ya’ni tartibga keltirilmaydigan sarflar hisoblansa, ikkinchi sababni esa direktorning o’zi nazorat qilishi mumkin edi, chunki ustama qo’yish masalasini do’konning direktori yecha oladi. Direktorning faoliyatini baholash jarayonida ushbu sabablar va ularning isboti inobatga olinishi lozim. Хulosa qilganda har bir do’kon faoliyatining samaradorligi tovarlarning aylanishi hajmining ko’rsatkichi bilan baholanadi. Lekin ushbu baholash xolis hususiyatga ega bo’lishi lozim. Hayotdan ma’lumki, aholi zich joylashgan va harakat qiladigan joylardagi do’konlarda savdo-sotiq nisbatan ko’p amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tovarlarni sotish hajmi tovarlarning turi, ularga talab va savdo litsenziyasining mavjudligiga ham bog’liq. Shunga o’xshagan masalalarni asosan kompaniyaning bosh direktori yechadi va bu omillar do’kon direktori faoliyatining sifati bilan bog’liq emas. Natijada ushbu omillar u yoki bu do’konning budjeti shakllantirilayotganda va uning faoliyati baholanayotganda hisobga olinishi lozim. Ushbu yuqorida tasnif berilgan va yoritilgan baholash chegaralari moliyaviy chegaralarga kiradi. 371 Faoliyatini baholashning nomoliyaviy chegaralariga esa xizmat qilishning sifati, sotuvchilarning xushmuomala va chaqqonligi kiradi. Chunki ushbu xatti harakatlari bilan sotuvchilar do’kondan xaridorlarni quruq chiqarmay u yoki bu tovarni sotib olishga undaydilar. Markaziy idora va omborlar faoliyatining natijasini baholash tartibi foyda markazlarining faoliyatini baholash kabi belgilanadi. Quyida mart oyida markaziy idoraning xarajatlar bo’yicha tuzilgan budjetining bajarilishi bo’yicha hisoboti keltirilgan (9.11-jadvalga qarang). B- buxgalteriya, K-kompyuter bo’limi, Т- ta’minot bo’limi, M- ko’chmas mulk bo’limi, S- sotish bo’limi. Хarajat markazlarining xodimlarini rag’batlantirish uchun esa ularning shaxsiy faoliyati, qo’shgan xissasi, ijrochilik qobiliyati, madaniyati e’tiborga olinadi. Rag’batlantirishlar pul ko’rinishida- mukofot, dam olish uylariga va davolashga bepul yo’llanma, sayohat, xizmat lavozimining pog’onasidan ko’tarilish ko’rinishida bo’ladi. Hisobotda sarflangan xarajatlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilganligi uchun «+» belgisi ijobiy va «-» belgisi salbiy holatlarni bildiradi. Mart oyida kompaniyaning ma’muriyati tomonidan sarflangan xarajatlarning budjetga nisbatan 160000 so’mga tejalgani ko’rinib turibdi. Ushbu ko’rinishdagi tuzilgan va taqdim qilingan hisobotda xarajatlar uning turlari- moddalari bo’yicha nazorat qilishdan tashqari har bir mas’uliyat markazlari bo’yicha ham nazorat va tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. 9.11-jadval Kompaniya idorasining mart oyidagi budjetining bajarilishi bo’yicha hisobot (ming so’m) Download 2.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling