Moliyaviy va boshqaruv taxlili fanining metodi va unda qo’llaniladigan usullar


Mehnat unumdorligini tahlil etishda ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisoslashuvga ega bo‘lgan korxonalarni ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyat


Download 21.75 Kb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi21.75 Kb.
#1533411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

Mehnat unumdorligini tahlil etishda ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisoslashuvga ega bo‘lgan korxonalarni ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyatlar aniqlanadi.

Mehnat resurslaridan samarali foydalanishni quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi:

  • mehnat unumdorligini o‘sish sur’ati;
  • mahsulot hajmini ortishida mehnat unumdorligi o‘sishining hissasi;
  • xodimlar sonini nisbiy qisqarishi;
  • ish haqi fondidan nisbiy iqtisod;
  • mehnat unumdorligining o‘sish sur’atini o‘rtacha ish haqi o‘sishiga nisbati.

a)qiymat shakli Mu =Q/x

Bunda:

Mu- mehnat unumdorligi (Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot); Q – ishlab chiqarilgan mahsulot solishtirma ulgurji bahoda; X – xodimlarni ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni.

b) natura Q tonna, kg, m,.... Mu = Q tonna, kg, m,.... / x v) mehnat Mu =T/Q

T - mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt (kishi-kun, kishi - soat)

Q – mahsulot miqdori (dona, kg, va h.k.)

Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining qiymat shakli kamchiliklardan xoli emas. Masalan, sarflangan xomashyo, yoqilg‘i, energiya narxlari va ta’riflari, mahsulot tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlar unumdorlik darajasiga ta’sir etadi.

Natura shakli mehnat unumdorligini aniq ifodalaydi, ammo bu o‘lchov birligi bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo‘llanilishi mumkin (ko‘mir qazish, elektr energiya, neftni qayta ishlash korxonalari).

Mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari:


bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot;
bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot;
ishchini bir kunlik ish unumi;
ishchini bir soatlik ish unumi.

Mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil etish uchun ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisosga ega bo‘lgan korxona ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyatlar aniqlanadi.


Download 21.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling