Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet49/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Tuxumlar suvga tushganda qanday lichinkalar paydo bo’ladi?Kiprikli lichinkalar.

Kiprikli lichinkalar qachon kiprikchalarini tashlab, yangi lichinkalarni hosil qiladi?Suv shillig’ining tanasiga kirib olgandan keyin.

Lichinkalardan qachon dum paydo bo’ladi?Suv shillig’idan chiqib,suvga o’tganida.

Lichinkalar suvda dumini tashlab, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan o’ralib nima hosil qiladi?Sista.

Hayvonlar ichagiga sista qanday yo’llar bilan o’tadi va sistadan nima chiqadi?Suv yoki oziq bilan, sistadan esa lichinka.

Lichinka qon orqali borib, qaysi organlarda parazitlik qiladi?Jigar va o’t yo’llariga yopishib olib.

Jigar qurtining asosiy ho’jayini?Odam va sut emizuvchilar.

Jigar qurtining oraliq ho’jayini?Suv shillig’i.

Tasmasimon chuvalchanglarning tanasi qanday qobiq bilan qoplangan?Kutikula.

Tasmasimon chuvalchangning shakli qanday?Gavdasi uzun yassi tasmaga o’xshash parazit hayvon.

Tasmasimon chuvalchanglarning asosiy vakili?Qoramol tasmasimon chuvalchangi.

Tasmasimon chuvalchanglar voyaga yetgan davrida qaysi organizmlarda parazitlik qiladi va lichinkalik davridachi?Voyaga yetgan davrida-odamning ingichka ichagida,lichinkalik davrida-qoramolning muskuli,jigari va boshqa organlarida parazitlik qiladi.

Tasmasimon chuvalchanglar gavdasining uzunligi qancha?8 – 10 m.

Tasmasimon chuvalchanglarlarning tanasi qanday qismlardan tashkil topgan?Kichkina – bosh,ingichka – bo’yin, hamda bo’g’imlarga bo’lingan tana qismlaridan.

Tasmasimon chuvalchanglarning boshida nechta so’rg’ichlar joylashgan?4 ta.

Tasmasimon chuvalchanglarning tanasi nechta bo’gimga bo’lingan?1000 ta.

Tasmasimon chuvalchanglarning qaysi organlari rivojlanmagan?Hazm qilish organlari.

Tasmasimon chuvalchanglar odam ichagidagi hazm bo’layotgan oziqni qaysi qismi orqali shimib oladi?Tana yuzasi orqali..

Tasmasimon chuvalchanglarning jinsiy organlari tanasining qaysi qismida takrorlanib turadi?Hamma bo’gimlarida, ko’p marta.

Tasmasimon chuvalchanglarning har bir bo’g’imida qanday jinsiy organlar joylashgan?Bir juft tuxumdon, 1 ta bachadon va juda ko’p urug’danlar.

Tasmasimon chuvalchanglarda bachadoni to’lgach, urug’langan tuxumlar qanday organlar orqali o’tib tashqi muhitga chiqadi?Ichak bo’shlig’iga tushadi va axlat bilan tashqariga chiqarib yuboriladi.

Tasmasimon chuvalchanglarning tuxumlari nimalar orqali qoramolga yuqadi?Yem-xashak yoki suv orqali.

Tasmasimon chuvalchanglarning tuxumidan chiqqan lichinkalar ichak devoir orqali qonga o’tib, qaysi organlarga boradi?Jigar, muskul va boshqa organlarga.

Tasmasimon chuvalchanglarning lichinkalari muskuli va jigariga borib,nima hosil qiladi?Finna.

Tasmasimon chuvalchanglarning finnasiga ta’rif bering?Yupqa parda bilan o’ralgan , ichi suyuqliklar bilan to’lgan pufakcha.

Tasmasimon chuvalchanglarning finnasi odamga qanday yuqadi?Yaxshi pishirilmagan go’shtni istemol qilish orqali.

Qoramol tasmasimon chuvalchangining asosiy ho’jayini?Odam.

Qoramol tasmasimon chuvalchangining oraliq ho’jayini?Qoramol.

Yassi chuvalchanglarning ichida eng qadimgisi qaysi chuvalchanglar hisoblanadi?Ichaksiz kiprikli chuvalchanglar.

Ichaksiz kiprikli chuvalchanglar qaysi hayvonlarga o’xshash bo’ladi?Bo’shliqichlilarning lichinkasiga.

Kiprikli chuvalchanglarning qanday yashashga moslashganligi tufayli tuzilishi soddalashgan?Parazit yashashga moslashganligi tufayli.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling