Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet50/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Kiprikli chuvalchanglardan qaysi hayvonlar kelib chiqqan?So’rg’ichlilar,tasmasimonlar.

Yassi chuvalchanglarning tana bo’shlig’i qanday to’qima bilan to’lgan?G’ovak to’qima bilan.

Yassi chuvalchanglarning qancha turi bor?12000 da ortiq.

Yassi chuvalchanglar tipi ichida erkin yashovchi sinf qaysi?Kipriklilar.

Yassi chuvalchanglar tipi ichida parazit yashovchi sinf qaysi?So’rg’ichlilar va tasmasimonlar.

So’rgichli va tasmasimon chuvalchanlarning parazit yashashga moslashnish belgilaripaydo bo’lgan?So’rg’ichlilarning rivojlanganligi, tanasining kutikula bilan qoplanganligi,ko’p tuxum qo’yishi.

To’garak chuvalchanglarga ta’rif bering?Tanasi ko’ndalang kesimi to’garak shaklda,tana shakli ipsimon,ichki organlari tana bo’shlig’ida joylashgan.

To’garak chuvalchanglar qayerlarda hayot kechiradi? Dengiz,chuchuk suv va tuproqda.

To’garak chuvalchanglar qayerlarda parazitlik qiladi?Odam, hayvon va o`simliklarda.

To’garak chuvalchanglarning tipik vakili? Odam askaridasi.

Odam askaridasi qaysi organda parazitlik qiladi?Ingichka ichakda.

Odam askaridasining uzunchoq gavdasi qanday shaklda? Ikki uchi ingichkalashgan duksimon shaklda.

Odam askaridasining urg`ochisi va erkagining uzunligi qancha?Urg`ochisi 20 – 40sm,erkagi 15 – 25sm.

Erkak askarida va urg`ochi askaridaning asosiy farqi? Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o`xshash egilganligi b-n.

Odam askaridasida gavdasi tashqi tomondan nima b-n qoplangan? Pishiq qalin po`st-kutikula b-n

Odam askaridasining qaysi organlari rivojlanmagan?Yopishuv organlari.

Odam askaridasining elastik tanasi nima uchun ichakdan tashqariga chiqib ketmaydi? Ichak devoriga taqalib turganidan.

Odam askaridasining hazm qilish sistemasi nimaga o`xshaydi?Ikki uchi ochiq uzun nayga.

Odam askaridasining hazm qilish sistemasini ketma - ketlikda ayting? Og`iz teshigi – qisqa halqum – qizilo`ngach – o`rta ichak – keying ichak – anal teshigi.

Odam askaridasining og`iz teshigi qayerda joylashgan va nima bilan o`ralgan? Tanasining oldingi uchida,uchta lab bilan.

Odam askaridasi nima bilan oziqlanadi? Ingichka ichakda hazm bo`layotgan oziq b-n.

Odam askaridasi oziqning hazm bo`lmagan qismini nima orqali tashqariga chiqarib yuboradi?Anal teshigi orqali.

Odam askaridasining ayrish va nerv sistemasi qaysi xayvonnikiga o`xshaydi? Oq planariyanikiga.

Odam askaridasining ayrish sistemasi nimalardan iborat?Tana bo`ylab o`tgan ikkita uzun naydan.

Odam askaridasi gavdasining oldingi tomonidagi nerv halqasi qaysi organni o`rab olgan?Halqumni.

Odam askaridasining halqumidagi nerv tugunlarida tananing qaysi qismlariga nervlar ketgan?Tananing oldingi va keyingi tomoniga.

Odam askaridasining jinsiy sistemasi nimaga o’xshash bo’lib qayerda va qanday joylashgan?Bir uchi berk ingichka naychaga o’xshash bo’lib tana bo’shlig’ida buralib.

Odam askaridasining erkaklik va urg’ochilik jinsiy organi nimalardan tashkil topgan?Erkaklik 1 ta urug’dondan,urg’ochilik 2ta tuxumdondan.

Odam askaridasi jinsiy tuzilishiga ko’ra qanday hayvon hisoblanadi?Juda serpusht hayvon.

Odam askaridasi bir kecha kunduzda qanchagacha tuxum qo’yadi?240 000 ta.

Odam askaridasi urug’langan va qattiq po’st bilan qoplangan tuxumlarini qayerga qo’yadi?Xo’jayinining ichagiga.

Odam askaridasining urug’langan tuxumlari nima orqali tashqariga chiqadi va qanday sharoitda lichinkalar rivojlanadi?Axlat bilan tashqariga chiqadi va nam tuproqqa.

Odam askaridasining tuxumlari qanday yo’llar bilan odam ichagiga tushganda, tuxumlardan lichinkalardan chiqadi?Iflos qo’l, yuvilmagan sabzavot va mevalar orqali.

Odam askaridasining lichinkalari rivojlanish davrini qaysi organda o’taydi va u organga nima orqali boradi?O’pkada kechadi va ichak devorlarini yemirib qon orqali boradi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling