Voyaga yetgan odam askaridasi ichakka qaysi organlar orqali o’tadi?O’pkadan balg’am orqali og’iz bo’shlig’iga, undan ichakka qaytib tushadi.
Voyaga yetgan odam askaridasi yan ichakka qaytgach qanday hayotiy jarayonlar yuz beradi?Voyaga yetadi, tuxum qo’yishga kirishadi.
Odam askaridasi bilan kasallangan kishida qanday belgilar ko’zga tashlanadi?Ozib ketadi, rangi siniq bo’ladi, uni qornini muntazam og’riq turadi.
Odam askaridasi bilan kasallangan odam qanday davolanadi?Ichakdagi askarida maxsus dorilar yordamida haydaladi.
Odam askaridasini yuqtirmaslik uchun nimalarga rioya qilish kerak?Sabzavotlar, mevalar va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib, istemol qilish hamda shahsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.
To’garak chuvalchanglar yassi chuvalchanglardan nimasi bilan farq qiladi?Tana bo’shligi va anal teshigining bo’lishi, ichki organlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan.
To’garak chuvalchanglari qaysi chuvalchanglardan kelib chiqqan?Yassi chuvalchanglardan.
To’garak chuvalchanglarning qancha turi bor va ular qayerlarda parazitlik qiladi?12 000 dan ortiq turi, tuproq, chuchuk suv va dengizlarda erkin yashaydi hamda odam hayvonlarda va o’simliklar to’qimalarida.
To’garak chuvalchanglar ning ichki organlari tananing qaysi qismida joylashgan?Tana bo’shlig’ida.
To’garak chuvalchanglarning boshqa chuvalchanglar tipidan asosiy farqi?Ayrim jinsli bo’lishi.
Exinokokk qaysi tip va sinfga mansub?Yassi chuvalchanglar tipi va tasmasimon chuvalchanglar sinfiga.
Exinokokk tanasining uzunligi?0.3-0.6 mm.
Exinokokk qaysi hayvonlarda parazitlik qiladi?Bo’ri, it va tulkilar ichagida.
Exinokokk nimalar yordamida ichak devoriga yopishib oladi?Boshdagi ikki juft so’rg’ichlar yordamida.
Exinokokk tanasi necha bo’g’imdan iborat?5 – 6 ta.
Exinokokk tuxumlari yem-xashak orqali qaysi hayvonlarga yuqadi?Qoramol, qo’y, ot, tuya.
Exinokokkning lichinkalari qon orqali qaysi organlarga joylashib nima hosil qiladi?O’pka, jigarga borib, yirik ba’zan chaqaloq boshidek pufak hosil qiladi.
Exinokokkning ko’p sonli lichinkalari qayerda joylashgan?Pufak ichidagi suyuqlikda va faqat mikroskopda ko’rinadi.
Exinokokk lichinkalari qayerda voyaga yetadi?Itlar va yirtqich hayvonlar, o’txo’r hayvonlar ichagida.
Exinokokkning oraliq ho’jayini?Odam va o’txo’r hayvonlar.
Exinokokkning asosiy ho’jayini?It va boshqa yirtqich hayvonlar.
Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi qaysi tip va qaysi sinfga kiradi?Yassi chuvalchanglar tipi , tasmasimon chuvalchanglar sinfiga.
Cho’chqa tasmasimon chuvalchangining tuzilishi va hayot kechirishi qaysi hayvonnikiga o’xshaydi?Qoramol tasmasimon chuvalchangiga
Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi odam ichagida qachon parazilik qiladi?Voyaga yetgan davrida.
Cho`chqa tasmasimon chuvalchangining lichinkasi qaysi hayvon muskilida uchraydi? Cho`chqalarda.
Cho`chqa tasmasimon chuvalchangi odamga qaysi yo`llar orqali yuqadi?Yaxshi pishirilmagan cho`chqa go`shini istemol qilib,parazit finnani yuqtiradi.
Bolalar gijjasi qaysi tipga mansub? To`garak chuvalchanglar.
Gijja qayerlarda parazitlik qiladi?Odamlarning,ayniqsa kichik yoshdagi bolalar ichagida.
Bolalar gijjasining rangi va uzunligi? Oqish rangli, juda mayda (5-10mm).
Bolalar gijjasining urg`ochi urug`langandan keyin qayerda yashaydi va tuxum qo`yadi? Orqa chiqaruv teshigida yashaydi va techasi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi teriga tuxum qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |