Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet54/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Yomg’ir chuvalchangi tanasining qaysi qismiga ta’sir qilinsa, qanday jarayon kuzatiladi?O’sha tomoni ta’sirlanib, har xil harakatlar qiladi.

Yomg’ir chuvalchangi reflex yordamida nima topadi va qanday jarayonlardan yashirinadi?O’z oziqini, dushmanlardan, kuchli yorug’lik va issiqlikdan.

Yomg’ir chuvalchangi qanday hayvon(ko’payish jihatdan)?Germafradit.

Yomg’ir chuvalchangi germafradit bo’lishiga qaramasdan urug’lanish qanday kechadi?Ikki chuvalchang bir-birini urug’lantiradi.

Yomg’ir chuvalchangi tuxum qo’yish davrida belbog’chasidan qanday modda ajraladi?Shilimshiq modda.

Yomg’ir chuvalchangining shilimshiq moddasidan nima hosil bo’ladi?Pilla.

Yomg’ir chuvalchangi pilla ichiga qanchadan-qanchagacha tuxum qo’yadi?2 – 3 ta ba’zan 6- 20 ta gacha.

Yomg’ir chuvalchangining pillasi tanasidan qanday qilib tuproqqa tushadi?Sirg’alib.

Yomg’ir chuvalchangining pilladagi tuxumlaridan necha oydan keyin chuvalchanglar chiqadi?1 oydan keyin.

Yomg’ir chuvalchangi necha yil yashaydi?Bir necha yil.

Yomg’ir chuvalchangida ham gidra yoki oq planariya singari qanday jarayon kuzatiladi?Regeneratsiya.

Yomg’ir chuvalchangi tanasining uzilib qolgan qismidan nima hosil bo’ladi?Yangi yomg’ir chuvalchangi.

Yomg’ir chuvalchangining og’iz teshigi tanasining qaysi qismida joylashgan?Tanasining oldingi uchida 1-tana bo’g’imi ostida.

Yomg’ir chuvalchangining og’iz teshigi qaysi organiga ochilgan?Qisqa halqumga.

Yomg’ir chuvalchangining qisqa halqumi qayerga tutashgan?Qizil o’ngachga.

Yomg’ir chuvalchangining qizilo’ngachining keyingi kengaygan qismi nima deyiladi?Jig’ildon.

Yomg’ir chuvalchangining jig’ildoni qayerga ochilgan?Kichikroq oshqozonga.

Yomg’ir chuvalchangining oshqozonidan tananing keyingi tomoniga qanday organ ketgan?Ichak.

Yomg’ir chuvalchangi nima bilan oziqlanadi va oziq nima bilan birgalikda uning ichagidan o’tadi?Chiriyotgan o’simlik qoldiqlari va tuproq bilan.

Yomg’ir chuvalchangining oziq ichagida nima yordamida o’zlashtiriladi?Hazm shirasi ta’sirida.

Yomg’ir chuvalchangining oziq tarkibidagi moddalari nimaga so’riladi?Qonga.

Yomg’ir chuvalchangida oziqning hazm bo’lmagan qismi tashqariga qanday yo’l bilan chiqadi?Anal teshigi orqali.

Yomg’ir chuvalchangining ovqat hazm qilish sistemasini navbat bilan sanang?Og’iz teshigi – qisqa halqum – qizilo’ngach – jig’ildon – kichikroq oshqozon – ichak – anal teshigi.

Qon aylanish sistemasi dastlab qaysi hayvonlarda paydo bo’lgan? Halqali chuvalchanglarda.

Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi nechta qon aylanish sistemsidan tashkil topgan?Yirik orqa va qorin qon tomirlaridan.

Yomg’ir chuvalchangining qon tomirlari nima orqali bir – biriga o’zaro tutashgan?Halqa tomirlari orqali.

Yomg’ir chuvalchangi qizilo’ngachining atrofida joylashgan nechta halqa devorlari bor va ular qanday to’qimalar bilan ta’minlangan?5 -6 ta yo’g’on halqa va muskullar bilan.

Yomg’ir chuvalchangining halqa tomirlari qisqarish xususiyatiga ega bo’lganligi tufayli nima deb ataladi?Yurak.

Yomg’ir chuvalchangining halqa va yirik qon tomirlaridan tanadagi turli organlarga qanday tomirlar tarqalgan?Mayda qon tomirlar.

Yomg’ir chuvalchangining mayda qon tomirlari nima deyiladi?Kapillarlar.

Yomg’ir chuvalchangining qaysi qismidan kapillar qon tomirlar ko’p bo’ladi?Teri va ichak devoridan.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling