Monografiya Имомов. Б
ustunlikni kim qo‘lga kiritsa albatta geosiyosiy va iqtisodiy yutuqni qo‘lga
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
ustunlikni kim qo‘lga kiritsa albatta geosiyosiy va iqtisodiy yutuqni qo‘lga
kiritadi” degan iborasini bildirish o‘rinlidir. 1991 yilda Turkiya Prezidenti Turgut O‘zal (1989-1993)ning SSSRga diplomatik tashrifi nafaqat Rossiyani, balki Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa ittifoq mamlakatlarini ham qamrab oldi. Ushbu tashriflar sobiq Sovet Ittifoqi janubida yangi paydo bo‘lgan davlatlarga nisbatan Turkiyani qiziqishi ortib borayotganligini ko‘rsatdi va yangi tashkil topgan MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi) mustaqil mamlakatlarini tan olgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida Markaziy Osiyo davlatlarini Turkiya orqali Yevropa mamlakatlari bilan aloqalar o‘rnatishi uchun imkoniyatlar eshigini ochdi. Darhaqiqat, Turkiya Markaziy Osiyo geosiyosiy jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Turkiya Markaziy Osiyoda bir vaqtning o‘zida beshta mustaqil respublika paydo bo‘lishi hodisasiga befarq qarashi mumkin emas edi. Qolaversa, bu respublikalarning to‘rttasi turkiy tilli xalqlardan tashkil topgan bo‘lib, tarixan til, din va madaniy jihatdan qardoshlik munosabatlariga ega edi. Bu respublikalarning, dunyo siyosatining to‘la huquqli sub’ektlariga aylanishi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 12 Turkiyaga mintaqaviy kuch maqomiga erishish imkoniyatini berardi. Bu esa Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga asoslangan yangi tashqi siyosiy strategiyasini ishlab chiqishni taqozo qildi. Turkiyaning 90-yillar boshidagi bu sa’y-harakatlari uning o‘zi uchun ham Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham birdek manfaatli edi. Mazkur mintaqaning Turkiya uchun yana bir jihati, u o‘z mahsulotlarini sotish uchun bozor sifatida qarash bilan birga to‘qimachilik sanoati uchun noyob xom-ashyo paxtaning ishonchli manbai sifatida muhim ahamiyatga ega edi. Markaziy Osiyodan uglevodorodli xom ashyo olib kelish Turkiyaga nafaqat o‘zining o‘sib borayotgan sanoatini energiya manbalari bilan ta’minlash, balki neft va gazning boshqa manbalari Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Rossiyaga qaramlikdan ozod bo‘lish imkonini ham berar edi. Eng muhimi, Turkiya quvur yo‘llari marshrutlarini o‘z hududida tutashtirib, jahonning asosiy iqtisodiy markazlariga muhim strategik resurs yetkazib beruvchi tranzit davlati sifatidagi rolini yanada kuchaytirish imkonini berar edi. Jahon geosiyosatidagi bu o‘zgarishlar bilan bir qatorda, Turkiya “Sovuq urushdan keyingi davrda boshqa barcha post-kommunistik davlatlarga qaraganda” tashqi siyosati borasida o‘z qiyofasini butunlay o‘zgartirdi. Shunday qilib, Turkiya tashqi siyosatida qo‘shni mintaqalarni aniqlashda o‘zgarishlar yuz berdi. 1990 yillarga qadar Turkiyaning qo‘shnisi Bolqon, shimoliy-sharqiy O‘rta yer dengizi va Yaqin Sharqni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, 90-yillardan so‘ng u Kavkaz va Markaziy Osiyoni o‘z ichiga qamrab oldi. Bu o‘z navbatida Turkiyaning Markaziy Osiyodagi rivojlanayotgan mustaqil davlatlar bilan integratsiya jarayonlarini tezlashtirdi va o‘zaro hamkorlikni dastlabki kunlaridan boshlab tashqi o‘yinchilarning bosimi ostida o‘z tashqi siyosatini shakllantira boshladi. Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining NATO tashkiloti ham Turkiyaga ittifoq maqsadlarini Markaziy Osiyoda targ‘ib qilish vazifasini topshirgan edi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 13 AQSh siyosatchilarining fikricha, O‘zbekiston Turkmaniston yoki Qozog‘iston kabi energiya resurslarining katta zaxiralariga ega bo‘lmasa ham, uning mintaqadagi mavqeini oshiradigan bir qancha strategik omillar mavjud. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi va obro‘li davlat sifatida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni faollashtirish, mintaqadagi mojarolarni tartibga solish, narkobiznes va terrorizmga qarshi kurash olib borishga qaratilgan izchil tashqi siyosati energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo savdo yo‘llari chorrahasi sifatidagi o‘zining tarixiy ahamiyatini qayta tiklamoqda edi. To‘g‘ri, an’anaviy savdoda dengiz transporti hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Lekin, ayni paytda Markaziy Osiyoda temir yo‘l va avtomobil transporti samaradorligining oshishi, natijasida iqtisodiy aloqalarda telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalarni rivojlanishi bilan bir qatorda aviatsiya aloqalarining taraqqiy etishi transport marshrutlari tizimida mintaqaning raqobatbardoshligi oshishiga olib kelar edi. Demak, ular muhim iqtisodiy markazlar - Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasini birlashtirib, Markaziy Osiyo mintaqasi orqali o‘tmoqda. AQShning transport va energetik xarakterdagi asosiy aktor bo‘lish imkoniyati Markaziy Osiyo davlatlariga ta’sir ko‘rsatish imkonini berar edi. Tarixan olib qaraganda, Turkiyaning NATOga a’zoligi kapitalistik mamlakatlar uchun “Sovuq urush” davrida SSSRning janubiy sarhadlarida ishonchli ittifoqdoshga ega bo‘lishini nazarda tutar edi. Keyinchalik, 1979 yilda Eronda shoh hokimiyati ag‘darilgach, Yaqin Sharqda Turkiya NATOning “funksional ittifoqchisi”ga aylanishi bilan birga, manfaatli maqsadlarini Markaziy Osiyodagi davlatlariga faol siyosatini targ‘ibotchisiga aylantirgan edi. S.Hantington yozganidek, G‘arb Markaziy Osiyo masalasida Turkiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Turkiy til davlatlarini birlashtirish siyosati sabab, G‘arb PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 14 davlatlari Turkiyaga nisbatan o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqa boshladi. Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlariga “vasiylik” qilishi, NATO ittifoqchilari nazarida uning geostrategik jozibadorligini oshiradi. G‘arb Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni o‘rnatishda Turkiyani ishonchli vositachi sifatida ko‘ra boshladi. G‘arb davlatlarining Turkiya-Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlashining asosiy sababi, ushbu yaqinlashuv mintaqa davlatlarini ma’lum darajada Rossiya ta’sirini kamaytirishiga olib kelsa, yana bir tomondan mintaqadagi Xitoy va Eron kabi davlatlarni ta’sirini kamaytirishga yordam berar edi. Shuningdek, G‘arb ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda hamda davlatchilik nuqtai nazaridan katta muvaffaqiyat qozongan deb hisoblaniladigan “turk modeli”ning Markaziy Osiyo mintaqada tadbiq qilinishidan ham manfaatdor edi. Ular fikricha, Turkiyaning ushbu rivojlanish modeli Markaziy Osiyo davlatlari taraqqiyoti uchun juda ham mos hisoblanar edi. Darhaqiqat, Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan xalqaro maydonda mustaqil huquqiy sub’ekt sifatida aholisining aksariyatini turkiy tilli xalqlar tashkil etadigan respublikalar paydo bo‘ldi. Turkiyaning mustaqil Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida turkiy tilli davlatlar alyansini tuzishida namoyon bo‘ldi. 1992 yilda Turkiy tilli davlatlar rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston hukumatlari tomonidan til va madaniy mushtaraklik asosidagi bir necha kelishuvlarni imzolanishi orqali o‘zaro yaqinlashuvga erishildi. 1995 yilgi TTDHK (Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi)ning yig‘ilishi Bishkek shahrida “Manas eposining 1000 yilligi”ga to‘g‘ri keldi. Keyingi kengash yig‘ilishi 1996 yil Toshkent shahrida “Amir Temurning 660 yilligi”ga atalgan tantanalari doirasida davlat rahbarlari to‘plandilar. 1998 yilgi o‘tkazilgan sammit O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirokining oxirgisi bo‘lgani bilan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 15 tarixda qoldi. 2001 yildagi sammitda O‘zbekiston xukumati nomidan bosh vazir ishtirok etgan bo‘lsa, 2006 yilda Kengash sammitiga O‘zbekistondan biron bir rasmiy vakili qatnashmadi. Zero, TTDHK doirasida o‘tqaziladigan sammitlarning ko‘zlangan maqsad turkiy davlatlar orasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, energetika va yoqilg‘i masalalari, xalqlararo do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, mintaqadagi hududiy muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish, a’zo davlatlarning dunyo siyosiy maydonidagi mavqeyini oshirish va jahon geosiyosiy jarayonlariga Kengashning ta’sirini oshirishdan iborat edi. Endi O‘zbekistonning TTDHKda ishtiroki tarixiga nazar solsak, a’zo davlatlar o‘rtasida hali yechimini topmagan muammolar ko‘plab bor edi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda mavjud qonuniy konstitutsiyaviy tuzumga qarshi “Birlik” va “Erk” harakati muxolifatchi a’zolarini Turkiyadan siyosiy boshpana topganligi va ularni qo‘llab quvvatlanishi o‘zaro hamkorlikka nisbatan hurmatsizlik deb baholandi. 1999 yilgi 16 fevral terrorchilik voqealarida O‘zbekiston hukumatiga muholifatda bo‘lganlar voqea-hodisalarga hayrixohligi hamda javobgarlikdan qochganlarning Turkiyada siyosiy boshpana topganligi ikki davlat orasiga sovuqchilik tushirganligi kabi ob’ektiv va sub’ektiv sabablar tufayli O‘zbekistonning TTDHK tarkibidan chiqib ketishiga olib keldi. Bundan tashqari Fathullax Gyulenga tegishli deyilgan o‘zbek-turk litseylari faoliyati to‘xtatildi, turk ishbilarmon va tadbirkorlariga nisbatan ishonchsizlik bildirildi. Shu kabi omillar tufayli o‘zaro salbiy munosabatlar ham yuzaga keldi. Yuqoridagi omillar qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zbekistonni TTDHKda o‘rni muhim ekanligini barcha a’zo davlatlar doim takror ta’kidlab, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekiston bilan konstruktiv hamkorlik muhim ahamiyatga ega hisoblanardi. 2016 yilda O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining ilk kunlaridanoq, mintaqadagi davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash alohida e’tibor qaratgani hamda olib borayotgan tashqi siyosati PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 16 jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof bilan qabul qilindi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2018 yilning 29- aprel – 1 may kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a’zo bo‘lish va navbatdagi sammitda ishtirok etishni taklif qilgan edi. 2018 yilning 3 sentabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda Prezident Shavkat Mirziyoev birinchi marta O‘zbekiston nomidan faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 2019 yil 15 oktabrdagi Bishkek yig‘ilishida O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ilk bor to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etdi hamda sammitda O‘zbekiston tomoni amaliy va konstruktiv muloqotga tayyorligini, har qanday masalani muhokama qilishga ochiqligini namoyish etdi. O‘zbekistonning mazkur tashkilot faoliyatida qatnashishi ushbu tuzilmani xalqaro maydonda turk dunyosi manfaatlarini ilgari suradigan to‘laqonli tashkilotga aylantiradi. Ikkinchidan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiq va vazmin tashqi siyosati nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlariga xizmat qiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligini birinchilardan tan olgan Turkiyaga o‘zining bu xalqlar bilan har jihatdan yaqin munosabatlari bilan faol tashqi siyosatni olib borishiga hamda “Yangi Katta o‘yin” ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi. Dastlabki yillarda Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlikni faollashtirishga harakat qidi. Lekin, yo‘l qo‘ygan bir necha xatolari, ya’ni “katta og‘a” rolini o‘ynashga harakat qilishi mintaqa davlatlarining antipatiyasiga sabab bo‘ldi. Ushbu jarayonlarda Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyadek yana bir “katta og‘a” rolini bajaradigan davlatni kelishini istamasligini Turkiya anglab yetdi. Mintaqada o‘z ta’sir doirasini ushlab turish maqsadida Turkiya “yumshoq kuch” (soft power) siyosatidan faol foydalandi. Ana shu maqsad yo‘lida “TIKA”, “TURKSOY” kabi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 17 turk tili va madaniyatini targ‘ib qiluvchi tashkilotlarning mintaqadagi rolini oshirib keldi. Umuman olganda Turkiya Markaziy Osiyoga davlatlari bilan hamkorlikning dastlabki yillarida o‘zaro manfaatli tashqi siyosat olib borib, ushbu mamlakatlarda o‘z diplomatik vakolatxonalarini tashkil etdi, ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan turk diplomatlari Markaziy Osiyolik diplomat kadrlari o‘z faoliyatini yo‘lga ko‘yishlarida yetakchi rolni o‘ynadilar. Turkiyzabon dunyo bilan aloqalarni jadal rivojlantirish Turkiyaning nafaqat tashqi, balki ichki siyosatining ham muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Chunki Turkiya Turksoy madaniy hamkorlik dasturi tashabbusi bilan chiqdi va turkiyzabon davlatlar sammitini muntazam ravishda o‘tkazish g‘oyasini ilgari surib keldi. Yevropa Ittifoqiga a’zolik masalasida Turkiya oldinga siljishlar bo‘lmaganidan so‘ng, mintaqaviy umumiy bozorga ega turk dunyosini shakllantirishga harakat qilmoqda. 2009 yil shakllantirilgan Turk Kengashi (Turkiy tilli davlatlar xamkorlik kengashi) ham ana shu maqsadlarda xizmat qilishi nazarda tutilgan edi. Shuningdek, keyingi o‘n yil ichida Turkiyaning tashqi siyosatida muayyan geosiyosiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi olib borgan tashqi siyosatidan keyin Turkiya dunyoda va Markaziy Osiyo mintaqasida oldingidan farqli ravishda mustaqil geosiyosiy yo‘lni tanlashga harakat qila boshladi hamda o‘z milliy manfaatlarini ta’minlashda xalqaro geosiyosiy faktorlar bilan o‘zaro munosabatlarini o‘zining u yoki bu siyosiy maqsadlarini “AQShning intizomli va itoatkor hamkori” sifatida emas, balki yangicha “mustaqil dunyo davlati” maqomida amalga oshirishga bo‘lgan intilishida ko‘rish mumkin. Xulosa qiladigan bo‘lsak, Turkiyaning tarixan mushtarak bo‘lgan turkiy tilli xalqlar bilan xususan, O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishiga ahamiyat qaratishi hamda uni mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 18 olishi ikki davlat hamkorligida yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Bu esa o‘z navbatida, Turkiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi integratsion jarayonlarda ishtirokini ta’minlashga hamda siyosiy nufuzini ortishiga xizmat qildi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling