Monografiya Имомов. Б
Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganini
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari diplomatik munosabatlari
Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganini”
1 ham e’tirof etish maqsadga muvofiq. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, xalqaro munosabatlar tizimida munosib o‘rin egallashi, o‘z manfaatlarini siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy sohalarda samarali amalga oshirishi bilan belgilanadi. Shunga asosan, O‘zbekiston va Turkiya davlatlari hamkorligida yangi bosqich yuzaga keldi. Amalga oshirilgan o‘zaro munosabatlardagi ratsional yondashuvlar har ikki mamlakatlar tashqi siyosatida yangi sahifa ochilishiga zamin yaratdi. Zero, Turkiya ayni vaqtda yirik imkoniyatlarga ega, dunyo miqyosida yuksak mavqeiga ega davlat sifatida, o‘zbek va turk xalqlari dini, tili, tarixi va madaniy jihatdan bir-birlariga juda yaqin millatlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 oktabrdagi Anqaraga rasmiy tashrifi Turkiyaning O‘zbekiston bilan munosabatlarida yangi sahifa ochdi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya hukumati o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to‘g‘risida bitim, savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalaridagi o‘zaro hamkorlik haqida protokollar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar imzolandi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni ilmiy tadqiq etish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. 1 Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B. 390. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 4 O‘zbekistonda mustaqillik yillarida xalqaro munosabatlar tarixi bo‘yicha ko‘plab tadqiqot ishlari olib borildi. O‘zbekiston–Turkiya munosabatlari tarixchilar, siyosatchilar diqqat markazida turgan dolzarb mavzulardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati, tashqi iqtisodiy aloqalari, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalasi, jumladan, O‘zbekiston va Turkiya davlatlari hamkorligining turli jihatlari haqida ma’lumot beruvchi ilmiy maqolalar, monografiyalar, tadqiqot ishlari yaratildi. Monografiyadan O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati va jahon hamjamiyati bilan yanada integratsiyalashuviga oid istiqbolli dasturlarni ishlab chiqishda, respublikaning tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatini olib boruvchi davlat muassasalarini mazkur muammoga oid metodologik-uslubiy yondashuvlar va nazariy xulosalarni mukammallashtirishda foydalanish mumkin. Shu bilan birga O‘zbekiston va Turkiya davlatlari tashqi siyosati va hamkorlik aloqalari tarixini tadqiq etishga bag‘ishlangan maqsadli davlat dasturlarini bajarilishiga, shuningdek, tarixiy bilimlarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu monografiya O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi to‘g‘risida”gi (2012) Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, 2018 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5400-sonli Farmonlari hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi. ***** Mazkur monografiya so‘z boshi, 3 bob 9 paragraf va xulosadan iborat bo‘lib, uning “O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari diplomatik munosabatlari Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling