Monografiya Имомов. Б


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/42
Sana15.01.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1094078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Monografiya Имомов.Б.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



§1. Turkiya Respublikasining O‘zbekiston geosiyosiy jarayonlaridagi 
o‘rni va roli
 
Tarixiy taraqqiyotning qaysi davriga yuzlanmaylik, deyarli barcha asrlarda 
davlatlararo o‘zaro munosabatlar asosan majburlash, ta’sir o‘tkazish hamda kuch 
ishlatish kabi usul va vositalarga asoslanganini ko‘rishimiz mumkin. Bugun, 
davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan XX asr ikki qutbli dunyo tartiboti kabi 
kuchlar muvozanatiga emas, balki umuminsoniy milliy manfaatlarga asoslangan 
kelishuvlar muvozanatiga asoslanishi lozim. Zero, o‘z manfaatlarini boshqa 
mamlakatlarlar hisobiga qondirishga intilish tuzatib bo‘lmas salbiy oqibatlarga olib 
keladi.
XX asr insoniyat misli ko‘rilmagan falokatlar solgan ikkita jahon urushlarini 
boshidan kechirdi va bu urushlar dunyo siyosiy tartibotida ko‘plab o‘zgarishlarga 
olib keldi. AQSh va SSSR davlatlari urushdan jiddiy zarar ko‘rishiga qaramay, 
o‘zini tez tiklay oldi hamda xalqaro masalalarda yetakchilikni o‘z qo‘liga olishga 
bo‘lgan intilishi natijada “Sovuq urush” siyosati yuzaga keldi.
Bunda dunyo 
davlatlarini o‘z tomoniga og‘dirishda 
G‘arb davlatlari ko‘proq o‘z moddiy 
ta’sir kuchiga suyangan bo‘lsa, Sovet 
tuzumi esa kuch ishlatish siyosatiga 
tayanishi natijasida tarix sahnasida 69 yil 
yashab, parchalanib ketdi. XX asrning 90 
yillariga kelib, nafaqat ittifoqdosh respublikalar, balki ularning tarkibida bo‘lgan 
avtonom hududlarning aksariyati ham birin-ketin o‘z mustaqilliklarini qo‘lga kirita 
boshladilar. Ana shunday vaziyatda xalqaro munosabatlar maydonida Sovet 
tuzumining parchalanishi dunyoning siyosiy tizimi va dunyo xaritasini tubdan 
o‘zgarishiga, tabiiy resurslarni qayta taqsimotiga olib keldi. Mazkur holatda 
yuzaga kelgan geosiyosiy jarayonlar O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatiga 
integratsiyalashish jarayonlarini hamda jahon tarixida mutlaqo yangi davrni 
boshlab berdi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi tashqi siyosiy faoliyatidagi 
cheklanishlarning barham topishiga va dunyo hamjamiyatidagi ko‘plab iqtisodiy 
taraqqiyot sari dadil borayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga 
qo‘yish imkonini berdi.
Sobiq tuzumning parchalanishi Markaziy Osiyo davlatlari shu jumladan 
O‘zbekiston oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator muammolarni yuzaga 
keltirdi. Birinchidan, O‘zbekistonning jahon bozoridan olisligi va ajralib qolganlik 
bo‘lsa, ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va diplomatik 
aloqalarning hali yo‘lga qo‘yilmaganligi edi.
Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki 
yillaridanoq yuqori iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan davlatlar bilan 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yishiga to‘g‘ri keldi. Buning uchun O‘zbekiston boshqa 
taraqqiy etgan mamlakatlar bilan tengma-teng diplomatik munosabatlar olib bora 
oladigan darajaga yetishi talab qilinar edi

Zero, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatini 
olib borishda asosan barqaror tinchlikni ta’minlash hamda harbiy kuch ishlatishga 
yo‘l qo‘ymaslik, insoniyatning global muammolarini hal etishda davlatlararo 
hamkorlik va xalqlar birdamligini yanada mustahkamlash, shuningdek, barcha 
hamkor davlatlar bilan bevosita teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar tuzish 
uchun o‘zini ochiq tashqi siyosatini olib borish strategiyasini belgiladi. Chunki, 
bunday jarayonlarda bir tomondan iqtisodiy zaiflik ikkinchi tomondan esa 
Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy vaziyat batamom barqarorlashmagan 
murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan diplomatik munosabatlarni yo‘lga 
qo‘yish orqali mavjud muammolarni hal etish eng to‘g‘ri yo‘l edi.
O‘zbekiston eng avvalo aholi ehtiyojlarini qondira oladigan zarur 
mahsulotlar ishlab chiqarishni jadallashtirishga xizmat qiladigan ko‘plab 
korxonalarni ishga tushirishi bilan birga ilg‘or mamlakatlarning tajribalaridan kelib 
chiqib, mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari faoliyatini takomillashtirish va 
zamonaviy texnika-texnologiyalarini ham keng jalb qilish ham zarur edi. Bu esa, 
xorijiy kompaniya va investorlarni mamlakatga faoliyat yuritishi uchun keng 
imkoniyatlar yaratdi. Natijada bir qator qo‘shma korxonalar va banklar tashkil 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



etildi. O‘zaro savdo-sotiq aloqalarini jadal sur’atlarda yo‘lga qo‘yish harakatlari 
boshlandi. O‘zbekistonning turli davlatlar bilan hamkorlik aloqalari faqat iqtisodiy 
sohadagi islohotlar bilan cheklanib qolmasdan fan, ta’lim, madaniyat kabi 
sohalarda ham muayyan ijobiy o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda 
muhim ahamiyat kasb etdi. 
Ushbu jarayonlarda O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining me’yoriy-
huquqiy bazasini shakllantirish, tashqi siyosiy faoliyatga doir qonunlar qabul qilish 
muhim ahamiyatga ega edi. Darhaqiqat, Sovet Ittifoq tarkibidagi O‘zbekistonda 
tashqi siyosiy faoliyat yuritish uchun hech qanday maxsus institutsional 
muassasalar bo‘lmagan. Endilikda, xalqaro faoliyat borasida hech qanday tajriba 
va malakali diplomat kadrlarga ham ega bo‘lmagan mamlakatimiz oldida o‘zining 
mustaqil tashqi siyosatini amalga oshirishdek muhim masala turardi. O‘zbekiston 
mustaqilligining ilk kunlaridanoq o‘zining milliy davlatchilik manfaatlariga mos 
keluvchi, har tomonlama chuqur o‘ylangan tashqi siyosatini yo‘lga qo‘ya boshladi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston xalqaro aloqalarida muhim 
burilish nuqtasi bo‘ldi va jahon hamjamiyatidagi 120 ta davlat tomonidan 
mamlakat mustaqilligini tan olindi va 45 ta xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik 
munosabatlar o‘rnatildi. O‘zbekiston davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan 
Gruziya, Turkiya, AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston kabi 12 ta 
mamlakatda bo‘ldi, shu bilan bir qatorda 4 ta boshqa davlat delegatsiyalari 
O‘zbekistonga ham tashrif buyurishdi. Birinchi bo‘lib, 1991 yil 10 oktabrda 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini yosh mustaqil davlat Gruziya tomonidan 
tan olinishi hali rasman tarqatilmagan Sovet Ittifoqi mavjud bir sharoitda katta 
jasorat edi. Chunki hali dunyoning qudratli davlatlari voqealarni borishiga jim 
qarab turardi. Ushbu vaziyatda xalqaro maydonda katta obro‘ga ega bo‘lgan 
Turkiya Respublikasi ham O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan oldi 
va o‘zaro diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan dastlabki davlatlardan biri 
bo‘ldi.
Tarixan qardosh bo‘lgan Turkiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgani, ikki 
davlatning bir-biriga bo‘lgan hayrihohligi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



oldida o‘z mavqeini tiklashi va mustaqilligini mustahkamlashi yo‘lida qo‘yilgan 
muhim qadam bo‘ldi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Turkiya bilan yaqin aloqalar 
o‘rnatishining muhim tarixiy jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ayrim 
fikrlarni bildirish maqsadga muvofiqdir. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling