Monografiya Имомов. Б
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Monografiya Имомов.Б.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
Birinchidan, Turkiya dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lidan
borgan, geostrategik jihatdan yirik imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan birga qadim ildizlari mushtarak bo‘lgan o‘zbek va turk xalqlari dini, tili, tarixi va madaniy jihatdan bir-birlariga juda yaqin millatlardir. Ikkinchidan, Turkiyaning dunyo miqyosidagi taraqqiyot uchun ahamiyatida uning Osiyo va Yevropani, ikki qit’a, ikki sivilizatsiyani bog‘lovchi ko‘prik sifatidagi strategik o‘ringa ega. Turkiya jamiyati tomirida g‘arb va islom sivilizatsiyalari shakllanishida ulkan rol o‘ynagan madaniyatlar qoni oqmoqda. Boshqacha aytganda, u o‘z tarixiy ildizlari bilan Markaziy Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq bilan chambarchas bog‘langan. Sovet tuzumi hukmronligi yillarida O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar olib borishiga imkon berilmadi. Xususan, Turkiya bilan savdo-iqtisodiy munosabatlari ham cheklanganligi sababli, ushbu aloqalar Rossiya tashqi savdo tashkilotlari orqali amalga oshirilardi. Hattoki, ushbu davrda ikki davlat fuqarolari garchi tijorat yoki tadbirkorlik maqsadlari bilan bordi-keldi qilganliklari ham turli xildagi tazyiqlarga uchradi. Mustabit sovet tuzumi Turkiyaga borgan ziyolilarni pan-turkizm targ‘ibotchilari sifatida ta’qib ostiga olgani o‘zaro aloqalarni batamom to‘xtatib qo‘ygan edi. Zero, O‘zbekiston Respublikasini 1991 yilda 31 avgustda mustaqillikka erishishi Turkiya bilan nafaqat iqtisodiy balki siyosiy, madaniy aloqalarni tiklanishiga hamda ushbu munosabatlarni o‘zaro hamkorlik bosqichiga ko‘tarilishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 10 Turkiya ham dunyo hamjamiyatida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan, XX asr so‘ngi choragida demokratik tamoyillar asosida o‘zining tashqi siyosiy faoliyatini yo‘lga qo‘ygan davlatdir. O‘tgan asr davomida Turkiyada demokratiya qaror topishi oson bo‘lgani yo‘q. Mamlakat bir necha harbiy to‘ntarishlarni boshdan kechirdi. Nihoyat, 80-yillarda Prezident Turgut O‘zal rahbarligida iqtisodiy erkinlashtirish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi va bu Turkiya jamiyatining rivojlanishiga yangi turtki berdi. Turkiya o‘zining “Turk modeli”ni bozor iqtisodiyoti sharoitida mohirona qo‘llab, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqdi. Natijada Turkiyada iqtisodiy islohotlar o‘z samarasini berib, dunyodagi taraqqiy etgan davlatlar qatoridan joy oldi. Yevroosiyoning kuchli davlatlaridan biri bo‘lgan Turkiyada mafkuraviy qarama-qarshiliklar barham topib, Sovet davlati tarkibidagi sotsialistik mamlakatlar bilan hamkorlik qilish borasidagi taqiqlar olib tashlanganidan foydalanib, yangi sharoitda o‘z geosiyosatini yana qayta ko‘rib chiqa boshladi. O‘tgan davr mobaynida Turkiyaning geosiyosiy faoliyatida va hokimiyat tepasiga kelgan siyosiy kuchlar hamda ilmiy-ijtimoiy fikr vakillari qarashlarida mamlakatning kelgusidagi tashqi siyosatidagi yondashuvlari ancha rang-barang ekanini ko‘rsatdi. Ularning ba’zilari Turkiyaning G‘arb dunyosi bilan munosabatlarini yaxshilash va Yevropaga qo‘shilish yo‘lini talab qilgan bo‘lsalar, boshqa guruhi esa, Turkiyani Yevropadan Yevroosiyo tomonga yuz burib, Rossiya, Xitoy kabi boshqa katta davlatlar bilan dunyoning yangi kuchini tashkil etishni va ular bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni taklif etmoqdalar. Turkiya jamiyatidagi millatchi kuchlar “Turkiyaning Adriatika dengizidan Xitoyga qadar bo‘lgan barcha turkiy-musulmon xalqlarni o‘z atrofida birlashtirish g‘oyasini ilgari surib kelmoqdalar. Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo geosiyosiy jarayonlaridagi tashqi ishtirokchilarini ikki guruhga bo‘lish mumkin, birinchi guruhga global darajadagi aktorlar Rossiya, Xitoy, AQSh hamda Yevropa Ittifoqi bo‘lsa, ikkinchi guruhdan Turkiya, Eron, Isroil, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar joy olgan. Ushbu davlatlarning umumiy maqsad-muddaolari bo‘lishi bilan birga, ularning o‘z tashqi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 11 siyosatidan kelib chiqib har birida alohida maqsad va vazifalar bor ekanligini ham e’tibor qaratish lozim. Markaziy Osiyo o‘zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral-xom ashyo resurslarining ulkan zaxiralari mavjudligi tufayli kuchli e’tibor ob’ektiga hamda jahondagi eng yirik davlatlarning strategik manfaatlari to‘qnashadigan hududga aylangan edi. Dunyodagi va mintaqaviy yirik davlatlarning Markaziy Osiyo hamda qo‘shni mintaqalardagi tabiiy resurslardan foydalanishi va bu resurslarni tashish yo‘nalishlarini nazorat qilish uchun kurash borgan sari murakkab tus ola boshladi. Markaziy Osiyo atrofida kechayotgan geosiyosiy jarayonlar mazkur mintaqaning yuksak geosiyosiy ahamiyatga ega makon ekanligidan dalolat beradi. Shu o‘rinda Z.Bzejinskiyning “ushbu mintaqaga yaqinlashish masalasida Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling