Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet11/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4

Anlar olmoshi Lutfiy, «Nusratnoma», Abulg‘ozi Bahodirxon, Gulxaniy, Furqat asarlarida iste’molda bо‘lgan: anlar ashyani; Anlardin өtүb havuzga sharbatlar tөkүlүr. Anlar kөp yillargacha bu aytilg‘an nimәrsәlәrni berүrlәr (SH.tar.).
III shaxs kо‘pligi tarixiy taraqqiyotida quyidagilar kо‘zga tashlanadi: XIII-XIV asrlarda ular, anlar varianti keng qо‘llangan bо‘lsa, XV asrdan boshlab alar varianti faollashadi. XIX asr oxirlarida yana ular, anlar varianti faollasha boshlaydi hamda keyinchalik ular varianti III shaxs kо‘pligida yagona bо‘lib qoladi.
XIII-XIV asrlarda, XIX asrdan keyingi yodgorliklarda ham chiqish kelishigining –dәn/-dan, ba’zan –dүn/-dun varianti qо‘llangan.
О‘zlik olmoshi. Eski о‘zbek tilida өz olmoshi faol qо‘llangan. Өz olmoshi dastlab ot turkumiga oid sо‘z bо‘lgan va о‘zlik, vujud, jon, ruh kabi ma’nolarni bildirgan. Eski о‘zbek tilida ham өz olmoshining bu ma’nolari ayrim о‘rinlarda saqlanib qolgan: Өzүmdin hayat baray (Navoiy). Yey sanam, өzni (vujud) bizgә naāshna tākәy (Uvaysiy).Өz sо‘zi eski о‘zbek tilida olmoshga о‘tish jarayoni tugallangan, shaxsga taalluqliligini, xosligini, uning tarkibiy qismi ekanligini ma’nolarini anglatgan: Өziniң shәkli birlә (Navoiy, HA). Meni өz huzurig‘a talab qildi (F.). Өz qilichinboynuma yetkүrsә (Navoiy, LT).
Өz olmoshi takror qо‘llanishi mumkin. Bunda ish-harakat subyektiga qaytganlikni, ya’ni ish-harakat subyektning о‘zi uchun tegishli ekanligi ma’nosi anglashiladi: Tolg‘anmag‘i өz өzinә girdāb (Navoiy), Qilur өzigә өzi ishtibāh (Muq.).
Өz olmoshi egalik va kelishik affikslarini qabul qiladi. Bunda dastlab egalik affiksi, sо‘ng kelishik affiksi qо‘llanadi: Өzүmniң ikki yaxshi kishimni chaqirdim (SH. tar.). Өzidә hushi bar ādam yeshitsүn (Furqat).
Tushum, о‘rin-payt va chiqish kelishigi affikslari өz olmoshiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qushilgan: Өzdә yoqerdim (Navoiy). Өzni nechә kүn nākām tut (Nodira). Өzdin tavba aysa (Navoiy). Bunday qо‘llanishda uning olmoshlik funksiyasi kо‘proq namoyon bо‘ladi.
Qadimgi turkiy yozma manbalarda va eski о‘zbek tilining dastlabki davrlarida kentү(kentү) olmoshi qо‘llangan hamda bu olmosh өz olmoshiga ekvivalent bо‘lgan: Kerәk bolsam aңa men, kendya kelsүn (Xisrav va Shirin).
Kendү olmoshi өz olmoshi bilan ham qо‘llanadi: Өzi kendү yekrәk (yomonroq) bilүr yerdi (Tafsir).
Kendү olmoshi eski о‘zbek tilidayoq iste’moldan chiqqan va bu olmosh kәndi (kendi) shaklida hozirgi turk tilida saklanib qolgan.
Eski о‘zbek tilida өz olmoshi bilan birga, fors tilidan о‘zlashgan xud olmoshi ham iste’molda bо‘lgan: Teңri taālā xud kәrәm bilә gunāhiңizdin өtti (Navoiy). Mirzāxān xud shāhbegimniң tuqqan nabirasi (Bobur).
Kо‘rsatish olmoshlari. Eski о‘zbek tili yozma manbalarida bu, bul, ul, oshal, oshul, shul, ushbu, hamul, ba’zan u, ush, shu, shubu, hamun, hamin kabi kо‘rsatish olmoshlari tuzilishi jihatidan sodda hamda murakkab formalardan tashkil topgan. Sodda kо‘rsatish olmoshlari: bu, ul(u), ush formalaridan iborat. bul, shul, (shu), ushbu, shubu, oshal, oshul, oshu, hamul sо‘zlari kо‘rsatish olmoshlarining murakkab formalarini tashkil qiladi. Hamun, hamin, hamiyn kо‘rsatish olmoshlari fors tillaridan о‘zlashgan. Kо‘rsatilgan davrlarga oid yozma manbalarda har qaysi kо‘rsatish olmoshining iste’mol doirasi, leksik-semantik hamda grammatik xususiyatlari turlicha bо‘lgan.
Bu kо‘rsatish olmoshi keng kо‘lamda qо‘llangan, nutq paytida mavjud bо‘lgan yaqin masofadagi kishi, narsa, hodisalarni kо‘rsatadi: bu benava (Lutfiy), b u rasadni (BN).
Olmoshlar uch xil semantik vazifa bajargan:

  1. Deyktik vazifa, ya’ni sof kо‘rsatish ma’nosini anglatgan: Bu baytni oqubdur (Navoiy, MN).

  2. Anaforik vazifa, ya’ni oldin tilga olingan shaxs, predmetni kо‘rsatadi: Bu ham yaxshi bardi (Boburnoma).

  3. Preprativ vazifa, ya’nikeyin tilga olinadigan predmet va shaxslarni kо‘rsatadi: Meni tanimaydur, sөrүptүrkim, bular qaysi sultāndur (Boburnoma).

Bu kо‘rsatish olmoshi kelishiklar bilan turlanganda va kо‘plik affiksini olganda, uning tuzilishida turli fonetik о‘zgarishlar yuz beradi. Bosh kelishikdan boshqa kelishiklar bilan turlanganda, sо‘z boshidagi b undoshi m ga о‘tadi: buni-muni, bunuң-munuң va h.k. Shuningdek, jо‘nalish, о‘rin-payt, chiqish kelishiklarida negiz va kelishik hamda kо‘plik affiksi о‘rtasida interkalyar «n» undoshi orttirilishi mumkin. Kelishiklar bilan turlanganda «n» undoshining orttirilishi doimiy (statik) bо‘lsa, kо‘plik shaklida u doimiy emas. Misollar: Bular dag‘i Sayyidgә kirmish (Shayb.). Og‘lanlarniң atlari munlar turur (SH.tar.). Mundin artuq qilma zār (Lutfiy).
Sо‘z boshida «b»ning «m»ga о‘tishi ham doimiy emas: Barcha xalq buni eshitib...(SH.tar.).

Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling