Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet13/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4

Sо‘roq olmoshlari. Eski о‘zbek tilida kim, ne, qay sо‘roq olmoshlari mustaqil qо‘llangan, boshqa sо‘roq olmoshlari ne va qay olmoshlariga tarixan yuklama, sо‘z yasovchi va sо‘z о‘zgartuvchi qо‘shimchalar qо‘shilgan shakllarda qо‘llangan, lekin bunday sо‘z va qо‘shimchalar о‘zining morfematik ma’nolarini yо‘qotgan hamda sо‘roq olmoshlarining turli modal shakllarini hosil qilgan xolos, aslida olmosh yasash uchun xizmat qilgan emas.
Kim sо‘roq olmoshi kishilarga nisbatan qо‘llangan: Ulүsh alg‘an kim va ul ulushni tog‘rag‘an kim (SH tar.).
Kim sо‘roq olmoshi otlar kabi kо‘plik affiksining –lәr variantini qabul qilgan: Arz qilali kimlәr vaqe’dur (Navoiy MQ). Kimlәr bilәn bazm әylәb (Muqimiy).
Ne olmoshi eski о‘zbek tilida keng qо‘llangan va uning semantik qirralari ham kо‘p bо‘lgan:

  • belgining miqdorini aniqlash ma’nosida qо‘llangan:Ne imkānkim qarar olg‘ay kөңlүmә (Navoiy). Ul shāh bashida ne balā fitna bar yerdi (Lutfiy).

  • sof belgini bildiradi: Xān dedi: bu ne hikāyat bolg‘ay// Ne hikāyat, ne rivāyat bolg‘ay? (SHN).

  • ritorik sо‘roq gaplarda sо‘z ma’nosini kuchaytiradi: Bu ne kөzdүr, bu ne kirpүk, bu ne qash// Ki chiqti din va imāndin xalāyiq (Atoiy).

  • sabab-sо‘roq ma’nosini bildiradi: Kөzүң ne balā qarā bolubtur (Navoiy). Bilmәn ne jarima bilә Hiriydin ixrāj qildi (Bobur).

Ne olmoshi tо‘liqsiz fe’llar birga qо‘llana olgan va fe’l tarkibiga о‘tgan: Yүz salām aydim ne bolg‘ay (Nodira). Biziң sari kelmes-sәn ne boldi (Navoiy).
Ne olmoshi kо‘plik affiksini, tushum, chiqish kelishigi affikslarini olgan va ularda kelishik affikslari funksional bо‘lgan, jо‘nalish kelishigi affiksi esa olmosh tarkibida kristallashib qolgan. Qaratqich va о‘rin-payt kelishigida qо‘llanishi masalasi ochiq qoladi.
Ne olmoshi negizida shakllangan sо‘roq olmoshlari:
Nemә. Bu sо‘z tarkibidagi mә sо‘zi qadimgi turkiy tilga oid yuklamadir (lekin uni E.Fozilov bog‘lovchi deb qaraydi. Qarang: Fozilov E. О‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi. – T.,1965,146-bet). Eski о‘zbek tilida bu sо‘z narsa sо‘zi ma’nosida qо‘llangan, ya’ni hali olmosh turkumiga tо‘la о‘tmagan: Dag‘dag‘a boldikim, bir nimә bag‘lag‘ay-men (Bobur). Bu sо‘z nima variantida XIX asrning 2-yarmidan sо‘roq olmoshi sifatida mustaqil qо‘llangan.
Nechүn//nevchүn. °chүn kо‘makchisi ishtirokida shakllangan va sabab ma’noli sо‘roq olmoshidir: Mirzā sorubturki, nechүn өltүrdүң (Navoiy). Sen nevchүn өzүңni bu riyāzat va ranjg‘a saldiң (Navoiy).
Nechүk. Bu olmosh qadimgi turkiy tilda bir necha taraqqiyot davrlarini boshidan kechirgan: ne+chә-ne+chә+kә-ne+chә+k-nechүk. Ikkinchi taxmin (versiya): ne+chag‘//ne+chaq// ne+chәk-nechүk.
Nechүk olmoshi ham sabab ma’nosini ifodalaydi: Nechүk bolg‘ay azmi-miz (Navoiy). Bu olmoshning ba’zan nүchүk fonetik varianti ham qо‘llangan: Men nүchүk majnun kәbi rasvāi ālam bolmayin (Uvaysiy).
Nelүk. lik affiksining –lүk varianti orqali shakllangan va u ham sabab ma’nolidir: Nelүk bashimg‘a tupraq qoymag‘ayim (Xisr. va Shir.).
Netәk. –dek affiksining –tәk varianti orqali shakllangan va bu olmoshbelgi ma’nolidir: Qanlari yergә netәk tөkүlmүsh (SHN).

Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling