Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet16/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4

Kimәrsә gumon olmoshi eski о‘zbek tilining ilk davrlarida qо‘llangan, keyingi davrlarda kam qо‘llangan:Kimәrsә kim seңә egri kөңүl tutar bu qadar(Sakkokiy).
Nemәrsә gumon olmoshi nimә sо‘roq olmoshiga ersә sо‘zining qо‘shilishi bilan hosil bо‘lgan: Uch-tөrt nemәr s ә asilib erdi (BN). Kөp nemәrsә bergәn turur (SH turk).
Birәv gumon olmoshi kimsa olmoshi ma’nosida qо‘llangan: B ir ә v kөz birlә bolg‘ay qatliң (Navoiy LT). Birәv ishq ichrә qildi qumri (Ogahiy).
Falān gumon olmoshi arab tilidan о‘zlashgan: Falān kishigә, ya’ni faqir qashig‘a eltib (Navoiy MN). Falān vaqtda falān mәlikiңiz mundag‘ xiyanat qildi (SH tar.).
Bо‘lishsizlik olmoshlari. Eski о‘zbek tilida ham bо‘lishsizlik olmoshini fors tilidan о‘zlashgan hech sо‘zi ifoda qilgan. Hech bо‘lishsizlik olmoshi kishi, narsa, hodisalarga nisbatan qо‘llangan.
Bо‘lishsizlik olmoshining murakkab formasi esa boshqa olmosh turlari bilan yonma-yon kelishi orqali hosil qilingan: hech kim, hech kimsә, hech kimәrsә shaxsga nisbatan; hech ne, hech nemә, hech nemәrsә, hech qayda olmoshlari narsa va hodisalarga nisbatan qо‘llangan. hech qaysi, hech qayusi kishi va narsalar uchun aralash istifoda qilingan.
Hech olmoshi mutlaq inkor ma’nosini ifodalagan: Qalmasa hech nāmu nishānim (Lutfiy). Ki biz kөrdүk, amma bilmәdүk hech (Navoiy FSH). H e ch parvāyi qilmadilar (BN).
Hech kim bо‘lishsizlik olmoshi: yosrүklәr ichrә kөzүңә h e ch kim harif yoq (Lutfiy). Hech kim өz kөңligә g‘am tilәmәs (Navoiy MQ).H e ch kim bilmәs alarniң ishini (SHN). H e ch kim eshitkәn va kөrgәn yoq turur (SH.tar.).
Hech kimsә (hech kimәrsә) olmoshi ham hech kim olmoshiga ekvivalent bо‘lgan: Tүshmәsүn gul mavsumi hech kimsә janandin (Lutfiy). Qilmas aniң tәkәllүmini hech kimsә rad (Nodira).
Hech kimәrsә bо‘lishsizlik olmoshi siyrak qо‘llangan, ma’no jihatidan hech kim, hech kimsә olmoshlariga о‘xshaydi: Hech kimәrsә kelmәgәy (Lutfiy). Hech kimәrsә qol yapmasunlar (SH tar.).
Hech nemә (hech+ne+mә) bо‘lishsizlik olmoshi: Meni tegәn kishigә hech n e m ә yoq (Amiriy). Aңa hech nemә marham yerin tutmas (Navoiy MQ).
Hech nemәrsә olmoshi kam uchraydi: H e ch nemәrsә aңa majhul erdi (Navoiy MN). Hech nemәrsә oqug‘an emәs (BN)).
Hech qaysi bо‘lishsizlik olmoshi bо‘lishsiz atributiv holat ma’nosini anglatgan: H e ch q a y s i matla’ni ayta almadilar (Navoiy MN).Hech q a y s i turk tili bilә tәkәllүm qila almaslar (Navoiy ML).



1 Мана, ана сœзлари ќозирги кунда кœрсатув ундовлари деб юритилмоšда.

Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling