Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari
Download 96.78 Kb.
|
4-ma`ruza 4
Nechә. Bu olmosh ne+chag‘ sо‘zlaridan soddalashgan. Miqdorni sо‘rash uchun qо‘llanadi: Nechә yil ranju mehnat sendin artuq (Navoiy). Bu olmosh III shaxs egalik affiksini va barcha kelishik affikslarini qabul qilgan.
Negә. Jо‘nalish kelishigi affiksi orqali shakllangan va sabab ma’nosiga ega: Bir kishi jāni үchүn yүz miң jān negә āzurda qilur (SHN). Bu olmoshning neyә, nәgү, nag‘u variantlari ham qо‘llangan: yemdi biz keңәsh qilalim, nәgү savāb kelүr, kөrәlim (Taf.). Nag‘u barur-sen (Lutfiy). Nechә olmoshining nәtә varianti ham qо‘llangan: Netә mahram ayladiң (Muqimiy). Qa(y) olmoshi (qadimgi turkiy tilda qan) mustaqil qо‘llangan va belgi ma’nosiga ega bо‘lgan: Qay birikim bar erdi (Navoiy). Qa(y) olmoshi negizida quyidagi sо‘roq olmoshlarining modal ma’nolari hosil qilinadi: QaY. Bu olmosh tarkibidagi –u formanti –i/-i egalik affiksining variantidir: Qayu xushdil, qayu mahzun boldi// Qayu Laylā, qayu Majnun boldi (SHN). Qaysi. –si formanti III shaxs egalik affiksidir: Qaysi nāmurad yeliң sabr yetәgigә urdakim murād tapmay (Navoiy). Bu olmosh kо‘plik, egalik affikslarini qabul qilgan. Qayu, qaysi olmoshlari belgini ajratib, ta’kidlab sо‘rash ma’nosini anglatadi. Qayda (qanda), qaydin, qayan, qani. Bu olmoshlar о‘rin bilan bog‘liq bо‘lgan sо‘roqni bildirgan. Qayda, qaydin tarkibidagi kelishik affikslari negizda kristallashgan. Qayan sо‘zidagi yan о‘rin oti, qani sо‘zidagi –i esa egalik affiksidir: Desәңkim, qayda-sen, oyo Atāiy (Atoiy). Men dedimkim, sizlәr qaydin kelә-siz (Boburnoma). Yana darug‘adin qayan qachib barg‘anim kishi bilmәs (Boburnoma). Qancha. Bu olmosh qay(n)+cha(chag‘,cha) qismlardan iborat bо‘lib, dastlab payt ma’nosini, keyinchalik miqdor ma’nosiga kо‘chgan: Qancha sәksәn shuncha yilqim...(Muqimiy). Bu sо‘roq olmoshi о‘rnida chand, chandān sо‘zlari ham qо‘llangan. Qachan. Bu sо‘roq olmoshi qay+chag‘+in (qay vaqt bilan) sо‘zidan soddalashgan va payt ma’nosiga ega: Qachan bolg‘ayki tapqay-men xabar yār-u diyārimdin (Furqat). Qancha, qachan olmoshlari ba’zan kelishiklar bilan turlangan. Belgilash olmoshlari. Aksariyat adabiyotlarda bunday olmoshlar birgaolik, birgalik-belgilash olmoshlari deb yuritilgan. Eski о‘zbek tilida ikki guruh belgilash olmoshlari qо‘llangan: Yakkalikni kо‘rsatuvchi belgilash olmoshlari. Tо‘dani, guruhni kо‘rsatuvchi belgilash olmoshlari. Yakkalikni ajratib kо‘rsatuvchi belgilashyolmoshlariga har va uning ishtirokida hosil qilinganolmoshlar hamda eski о‘zbek tilining dastlabki davrida faol qо‘llangan, lekin XV asrdan keyin passiv qatlamga о‘tib ketgan tekmә olmoshi taalluqlidir. Tо‘dani, jamlikni bildiruvchi belgilash olmoshlariga arxaik qamuq// qamug‘, turkiy qatlamga xos bо‘lgan barcha, bari, barliq, fors va arab tillariga xos bо‘lgan ba’zi, hama (hamma), tamām, jumla, jam’, majmu’ olmoshlari taalluqlidir. Har olmoshi fors tilidan о‘zlashgan va eski turkiy tilda XI-XII asrlardan boshlab qо‘llana boshlagan hamda eski о‘zbek tilida uning keng qо‘llanishi boshlangan: Har yil ani xazāna qilg‘aylar (Navoiy). Sо‘roq olmoshlari bilan birga kelib murakkab belgilash olmoshlarini hosil qilgan: har kim, har qayan, har nimә, har qaysi, har nechә, har nechүk, har qachan, har qayda, har ne. Download 96.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling