Motivation xati (Motivationsschreiben) yozish asosiy qoidalari


Download 346.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.03.2023
Hajmi346.95 Kb.
#1272111
1   2   3   4
Bog'liq
Motivationsschreiben yozishning asosiy qoidalari

Mazmuni (Inhalt) 
1. Kirish so’zi: Sehr geehrte Damen und Herren, 
2. Motivation xatni qisqacha asosi, ya’ni siz qayerga va nima maqsadda ariza tashlayotganingiz 
3. Hayot faoliyatingiz, o’qish va karyera, ya’ni shu paytgacha o’qigan, ishlagan yoki praktika 
o’tagan joylar, har xil kurslarda yoki seminarlarda qatnashganligi yoki qandaydir malaka va 
tajribalari haqida qisqacha ma’lumot.
Eslatma! Hayot faoliyati degani bu Lebesnlauf (Tarjimai hol) dagi ma’lumotlarni sanalari bilan 
ko’chirib chiqish kerak degani emas. Faqat asosiy va kerakli ma’lumotlarni ixchamlab yozilishi 
kerak. 


4. Maqsadlaringiz va kelajakdagi kasbingiz haqida qisqacha gapirib o’ting 
5. Matnni asosiy qismi: motivatsiya. Ya’ni bu ariza topshirayotgan dasturga bo’lgan qiziqishingiz 
va qay darajada motivatsiyangiz borligi haqida. Qisqa qilib aytganda nima uchun ular aynan 
sizni tanlab olishlari kerak yoki nima uchun aynan sizga viza berishlari kerak. 
Eslatma! Motivation xatni tekshirayotgan odam aynan mana shu qismini e’tibor bilan o’qiydi va 
maslahatim yozishda ham ko’proq shu qismiga e’tibor bering. 
6. Tanlangan kasb yoki o’qishni asosi, ya’ni nima uchun aynan shifokorlik kasbini tanlagansiz
yoki nima uchun aynan shu dasturda (ariza topshirilayotgan joy) qatnashmoqchisiz, yoki nima 
uchun aynan shu universitetda o’qimoqchisiz va.b. va bu dasturdan nimalarni kutyapsiz, yoki bu 
kasbni egallaganingizdan so’ng nimalar qila olasiz va bu kasb/ dastur/ o’qish yordamida qanday 
maqsadlaringizni amalga oshira olasiz.
Eslatma! Viza olish uchun yozayotganlar bu qismda ehtiyotkorroq bo’lishingizni so’rayman. 
Tepadagilarga qo’shimcha sifatida Germaniyada olgan bilim va malakalaringizni qaytgandan so’ng 
qanday qilib uni amalda qo’llashingiz haqida yozing. Lekin ASLO men keyinchalik u yerda ishlab, 
o’qib qolmoqchiman, yoki buning teskarisi, albatta qaytib kelaman deb yozmang, chunki bu gaplar 
bilan siz huddi qaytib kelmasligingizni aniq aytib qoyishingiz yoki yashirgandek tuyulib qolasiz. Va 
tabiiyki viza ola olmaysiz. Va qaytib kelish sababini ko’rsatayotganingizda aniq va haqiqatga yaqin 
sabab ko’rsating. Masalan, men qaytganimdan so’ng davlatga katta hissa qo’shaman, u yoki bu 
o’zgartirishlarni kiritaman, yoki shaxsiy sabablar (oilada yolg’iz farzandman, qaytib turmush 
qurishim kerak va.h. Qo’pol qilib aytganda ularga sizni shaxsiy hayotda nimalar qilishingiz zarracha 
bo’lsa ham qiziq emas) kabi sabablar noo’rin. 
7. O’zingizga qisqacha ta’rif bering, ya’ni xarakteringiz, jamoa bilan qay darajada ishlay olishingiz, 
sizning kuchli tarafingiz va albatta ba’zi kamchiligingizni ham, lekin o’zingizga baland baho 
berib, ko’p maqtab yubormang. Hamma yozgan gaplaringiz rost va samimiy bo’lsin.

Download 346.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling