Ushbu sxemada ta’minlash tizimining quyidagi asosiy qismlari
ko‘rsatilgan: yonilg‘i baki 1, yonilg‘i tindirgich 3, mayin filtr 4,
yonilg‘i nasosi 5, karbyurator 7, havo tozalagich 6,
kiritish kollek-
tori 8, dvigatel 9, chiqarish kollektori 10, uchqun so‘ndirgich 11.
Dvigatelning ishlash paytida yonilgi nasosi 5 bezinni 0,2 MPa
bosimda bak 1 dan yonilgi tindirgich 3 va mayin filtr 4 orqali
karbyuratorga yetkazib beradi. Bir vaqtning o‘zida karbyurator 7 ga
havo filtridan tozalangan havo ham beriladi va benzin-havoning
aralashuvi amalga oshadi va u kiritish kollektori orqali dvigatel 9
ning silindrlariga tushadi. Demak, karbyurator bir vaqtning o‘zida
ham yonilg‘ini o‘tkazuvchi, ham aralashma hosil qiluvchi vazifasini
o‘tamoqda.
Silindrga kiritilgan benzin-havo aralashmasi
uchqun yordamida
yondiriladi va yonib boigan gazlar chiqarish kollektori 10 va
uchqun so‘ndirgich 11 orqali atmosferaga beriladi.
Bu sxemada yonilgi karbyuratoming qalqovichli kamerasiga
tushadi. Bu kameraga kerakli yonilgi tushadi, ortiqchasining y o ii
to‘siladi va yonilgining kelishi to‘xtaydi. Bu vaqtda yonilgi nasosi
ham benzinni haydashdan to‘xtaydi. Natijada yonilgi o‘tkaz-
gichlarda paming tirbandligi hosil boiib, dvigatelni muqim yonilgi
bilan ta’minlash yomonlashadi.
Shuning uchun zamonaviy dvigatellaming ta’minlash
tizimida
yonilgi doimiy harakatda b o iib turadi (7.2-rasm), ya’ni yonilgi
baki 1 bilan karbyurator 7 orasida berk kontur bo‘yicha harakatda
bo iib turadi. Karbyuratorda yonilgi to ia boisa, yonilgi nasosidan
chiqqan
yonilgi karbyuratorga emas, balki shtrix punktir bilan
ko‘rsatilgan yo‘nalish bilan yonilgi bakiga kelib tushadi. Berk
konturdagi yonilgining bosimi 0,15...0,17 MPa atrofida boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: