Мт фанидан 2-он учун тест варианти №3


Download 56 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi56 Kb.
#1167972
Bog'liq
вариант 3


MT fanidan 2-ON uchun test varianti №3
1. Oddiy sozlangan ma’lumotlar turlari (“atomlar”)ga quyidagilar kiradi:
A) bool, butun, xaqiqiy, belgili, ko’rsatkichli tur
B) Daraxtlar, binar daraxtlar. graf
C) Jadval, stek, navbat, ro’yxat, dek
D) massiv, yozuv, rekursiv turlar, to’plam
2. Qidiruvni vazifasi nimadan iborat?
A) berilgan argumentga mos keluvchi ma’lumotlarni massiv ichidan topish
B) massivda ma’lumot yo‘qligini aniqlash
C) ma’lumotlar yordamida argumentni topish
D) ma’lumot yordamida eng kichik elementni topish
3. Qaysi tuzilma bog‘lanmagan?
A) ro‘yxat
B) daraxt
C) graf
D) massiv
4. C++ da struct kalit so‘zi yordamida qanday tuzilma hosil qilish mumkin?
A) standart toifa yaratish mumkin
B) birlashma
C) matritsa
D) yozuv
5. Vektor ko‘rinishidagi ma’lumotlar tuzilmasi uchun quyidagilarni qaysi biri o‘rinli?
A) vektor faqatgina bitta turdagi ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning soni qat’iy aniqlanmagan
B) vektor turli turdagi ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning soni qat’iy aniqlangan
C) vektor turli turdagi ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning soni qat’iy aniqlanmagan
D) vektor mutlaqo bitta turdagi ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning soni qat’iy aniqlangan
6. Hosil qilingan chiziqsiz MTga quyidagilar kiradi:
A) massiv, yozuv, rekursiv turlar, to’plam
B) bul, butun, xakikiy, belgili, ko‘rsatkichli tur
C) jadval, stek, navbat, ro’yxat, dek
D) Daraxtlar, binar daraxtlar, graf
7. Kolliziya nima?
A) Bunda bitta elementga bir nechta kalit mos kelib qoladi
B) Xeshlashtirishda bunday tushuncha yo‘q
C) Bitta elementga bitta kalit qiymat mos keladi
D) Bunda bir nechta elementga bir xil kalit mos kelib qoladi
8. Dinamik ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat?
A) dastur bajarilishidan oldin bevosita vujudga keladi
B) dastur bajarilishi mobaynida vujudga keladi
C) dastur bajarilishi mobaynida beriladi
D) dastur bajarilishi elementlar soni o‘zgarmaydi
9. Bir bog‘lamli halqasimon ro‘yxatda qancha ko‘rsatkichdan foydalaniladi?
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4
10. Chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasiga tegishli xususiyatni aniqlang.
A) Faqat birinchi va oxirgi elementda murojaat maydoni bo‘ladi
B) tuzilmaning berilgan elementiga faqat 1ta element murojaat qilishi mumkin
C) tuzilmaning har bir elementi boshqa ixtiyoriy sondagi elementga murojaat qilish mumkin, ya’ni ixtiyoriy sondagi ko‘rsatkichlar maydoniga ega bo‘lishi mumkin
D) Tuzilmaning xar bir elementi faqat o‘zidan oldingi va keyingi elementlargagina murojaat qila oladi
11. Jadval – bu …
A) ma’lumotlarning chekli majmuasi
B) yozuvlar majmuasi
C) vektorning chekli majmuasi
D) yozuvning chekli majmuasi
12. Saralash usuli turg‘un deyiladi, agar saralash jarayonida …
A) elementlarni nisbiy joylashuvi farqsiz bo‘lsa
B) bir hil kalitli elementlar nisbiy joylashuvi o‘zgarmasa
C) elementlar nisbiy joylashuvi aniqlanmagan
D) bir hil kalitli elementlarning nisbiy joylashuvi o‘zgarsa
13. Chiziqli ikki bog‘lamli ro‘yxatda ko‘rsatkichlar …
A) xar ikkala ko‘rsatkich ham ixtiyoriy elementni ko‘rsatadi
B) bittasi o‘zidan bitta oldingi elementni, boshqasi esa ixtiyoriy elementni ko‘rsatadi
C) bittasi ixtiyoriy elementni, boshqasi esa navbatdagi elementni ko‘rsatadi
D) bittasi o‘zidan bitta oldingi elementni, boshqasi esa navbatdagi elementni ko‘rsatadi
14. Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasida uning ildizlari soni nechta bo‘ladi?
A) bir nechta
B) faqat bitta
C) ixtiyoriy
D) faqat ikkita
15. Ro‘yxat ko‘rinishidagi tuzilmada elementlar orasidagi bog‘liqlikni oshkor shaklda ifodalash uchun ....dan foydalaniladi?
A) jadvallardan
B) fayllardan
C) ko‘rsatkichlardan
D) massivlardan
16. Turli tipdagi ma’lumotlardan qanday tuzilma hosil qilinadi?
A) yozuv
B) bunday tuzilma bo‘lmaydi
C) matritsa
D) to‘plam
17. Chiziqli qidiruv g‘oyasi nimadan iborat?
A) elementlarni ko‘rib chiqish ketma-ket ravishda boshidan oxirigacha va aksincha, 2 ta element tashlab qaraladi
B) har bir element ketma-ket ko‘rib chiqiladi
C) elementlar ketma-ket jadval o‘rtasidan boshlab ko‘rib chiqiladi
D) binar daraxt barcha tugunlari ko‘rib chiqiladi
18. Daraxt balandligi nima?
A) Bu daraxt bosqichi soni
B) Bu daraxt oraliq tugunlari soni
C) Bu tugunlar soni
D) Bu terminal tugunlar qiymatlari yig’indisi
19. Daraxt to‘la m-o‘lchovli deyiladi, agar unda tugun chiqish darajasi ...
A) 0 yoki m ga teng bo‘lsa
B) maksimum m ga teng bo‘lsa
C) minimum m ga teng bo‘lsa
D) noma’lum bo‘lsa
20. Binar qidiruvda massiv elementlari qanday joylashgan?
A) kamayish tartibida
B) kalit qiymatlarining kamayishi tartibida
C) tartibsiz
D) o‘sish tartibida


F.I.SH. _______________________________
_______________________________________
Gurux № ______________________________
To‘g‘ri javob: ______________ ta
Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling