Mtmda bolalarni ma’naviy estetik tarbiyalashda musiqaning o’rni


Download 0.8 Mb.
bet24/26
Sana18.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1211004
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
vvvvvvvvvvvvvvvvvvvKichik yoshdag19 mavzui

Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini ifodalab, «Quyosh bobo» ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon» mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr muruvvatini, «Kuzjon» ning to‘kin sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok etishlariga erishish lozim. Bu bayramni katta, o‘rta va kichik guruh tarzida o‘tkazish mumkin. Bayram tantanalarida iloji boricha o‘zbek milliy asboblarini (karnay, sunray, nog‘ora) jalb qilish tavsiya etiladi. Imkoniyat bo‘lmasa, fonogrammadan foydalanish lozim. Askiyalar va kichik sahnalashtirilgan ertaklar ham bo‘lishi tavsiya etiladi. Qo‘shiq, lapar (aytishuv) va askiyalar mazmuni bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak.
Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul qilingan bo‘lib, jahon bolalarining eng sevimli bayramidir. Unda chiroyli bezatilgan archa, quvnoq kuy, qo‘shiq va o‘yinlar Qorbobo, Qorqiz va turli ertak qahramonlari, o‘rmon hayvonlari ishtirok etib, bolalar bilan xursandchilik qiladilar.
Navro‘z bayramida uyg‘onayotgan borliq, tabiat ulug‘lanadi. Qadriyat, urf-odat udumlarini aks ettiruvchi mazkur bayram, tabiat uyg‘onishi, yangi mehnat mavsumining boshlanishi, tabiat go‘zalligidan zavqlanish va uni asray bilish, ko‘kalamzorlashtirish, mehnatni ulug‘lash kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etadi. Qo‘shiq-yallalar kuylanadi, o‘lanaytishuvlar va turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘tkaziladi. Bu bayramni bog‘cha sharoitidan kelib chiqqan holda, zalda yoki hovlida o‘tkazish mumkin.
Qadimda sharq xalqlari o‘z sayllariga odamlarni karnay-surnay orqali chorlaganlar. Shuning uchun bayramning tantanali qismida milliy cholg‘u asboblardan yoki fonogrammadan foydalanish lozim. Badiiy qismda quvnoq qo‘shiqlar yangraydi.
8 mart bayramida bolalar onalari, buvilari, opalari, tarbiyachilariga bo‘lgan mehrlari va ulkan muhabbatlarini qo‘shiq, she’r, raqs, o‘yinlarida ifodalaydilar. Ularning mehnatlarini e’zozlab, minnatdorchilik bildirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim etadilar. Ular uchun katta, o‘rta va kichik guruhlarda konsert uyushtiriladi. Bayram uchun to‘g‘ri tanlangan qo‘shiq, musiqa, sahna ko‘rinishlari bolalarda xushchaqchaq kayfiyat tug‘dirishda katta ahamiyatga ega. Ular bayramning umumiy xarakteriga, mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Agar bog‘chada xalq cholg‘u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‘lsa, uni ham bayram dasturiga kiritish kerak.
Buyuk siymolar tavallud topgan kunlar uchun badiiy musiqiy nafosat soatlarini tashkil etish, bolalarda milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirib boradi. Ularning rasmlarini ko‘rsatib, buyuk xizmatlari haqida ma’lumotlar berish, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish esa bolalar ma’naviyatini oshiradi. Shuningdek, bayramlar bolalarni Respublikamizda yashaydigan barcha millat va xalqlarning urf-odatlari, qo‘shiq va o‘yinlari bilan tanishtirish hamda ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda kata o‘rin egallaydi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling