Muallif: M. B. Dusmuratov f I z I k a (oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar uchun qoilanma)
Download 460.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Do`smurotov reforget
Muallif: M.B.Dusmuratov F I Z I K A (oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar uchun qoilanma) Taqrizchilar: X.Maxmudova - pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Nurillaev - pedagogika fanlari nomzodi, katta o ‘qituvchi A.Xudoyberganov - ToshTYMI qoshidagi “Mirodobod” akademik litseyi bosh o'qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nizomiy nomidagi TDPU O'quv-uslubiy kengashining 2016-yil 23-iyundagi 12-sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan Adadi 100 nusxa. Hajmi 32,5 b/t. Bichimi 60x84 Vi6 «Times New Roman» garniturasi. Ofset usulida bosildi. Nizomiy nomidagi TDPU bosmaxonasida nashr qilindi. Toshkent, Yusuf Xos Hojib 103. Fizika deb, tabiat hodisalarini, modda va maydon xossalari, ulaming sabab va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fanga aytiladi. Fizika yunoncha “phusis” - tabiat degan so‘zdan olingan bo`lib, tabiatshunoslik degan ma’noni anglatadi. Fizika fanini birincbi bo`lib qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (e.a. 384-322y.) o‘zining 8 tomlik kitobida bayon etgan. Texnika va tabiatdagi yangidan-yangi hodisalarning kashf qilinishi ulaming amalda qoilanilishi natijasida fizikadan fizik-kimyo, astrofizika, geofizika, biofizika va boshqa mustaqil fanlar ajralib chiqdi. Tabiat haqidagi fanlar orasida fizika alohida o‘rin egallab, u materiya harakatining barcha shakllarini o‘rganadi. Materiyaning turli ko'rinishlari va xususiyatlari bizning sezgi organlarimizga ta’sir etish natijasida ongimizda bu ta’sirlar ob’ektiv borliq haqidagi tasvvurini hosil qiladi. Shuning uchun tabiatni o‘rganish kuzatishdan boshlanadi. Ba’zan fizik hodisalami kuzatish uchun sezgi organlari yetarli bolmaydi. Bu holda inson o‘zi ixtiro qilgan o`lchash asboblari, ya’ni turli xil nihoyatda aniq asboblar yordamida kuzatishlar olib boradi. Kuzatish natijalari - faktlarni sistemalashtirish, ba’zan maxsus tajribalar amalga oshirish yo‘li bilan materiyaning u yoki bu xususiyatlari orasida mavjud bo`lgan umumiylik va o‘zaro bog'liqlik aniqlanadi. Biror alohida hodisaga taalluqli bo`lgan faktlar orasida bog`lanish formula yoki qonun ko‘rinishida aniqlanadi. Lekin fizika qonun va faktlardan iborat, deyish mumkin emas. Haqiqatan, faktlar va qonunlar orasida bog‘lanish mavjudligini va bu bog`lanish sabablarini qidirish yo`lida turli farazlar yoki gipotezalar ilgari suriladi. Mazkur gipotezalarni tekshirish uchun yangidan-yangi tajribalar amalga oshiriladi. Tajribada tasdiqlangan gipoteza fizik nazariyaga aylanadi. Zamonaviy fizika insonning tabiiy sezgi organlari umuman qayd qilmaydigan yoki qayd qila olmaydigan sohalarga (atomlar, yadrolar, elementar zarralar, turli maydonlar) kirib boryapti. Bu yo‘nalishdagi ba’zi tushunchalarni idrok qilish juda qiyin, chunki ular bizning ongimizda shakllangan klassik tasavvurlardan farq qiladi. Bunday hollarda tabiat hodisalarini soddalashtirishga imkon beradigan modellardan foydalaniladi. Masalan, “ideal gaz”, “absalyut qora jism”, “atomning planetar modeli” kabi modellar bunga misol bo`ladi. Har qanday model ob’ektiv tabiatning birinchi yaqinlashuvdagi ifodasi bo`lsada, modellardan fizikani o'rganish jarayonida keng foydalaniladi, chunki ular fizik hodisani tushunish va tasavvur qilishda bizga ko'maklashadi. Ushbu qo`llanma 6 ta bo`lim, 16 ta bob va 169 ta mavzu hamda ilovalardan iborat bo`lib, mavzularni yoritishda esa 1200 dan ortiq formulalar isbotlari bilan, 900 dan ortiq rangli grafik va tasvirlar hamda 20 dan ortiq jadvallar keltirilgan. Ushbu qoilanmani tayyorlashda 30 ga yaqin fizikaga oid adabiyotlar, test savollari va variantlar ishlanmalari, turli spravochniklar hamda chet el adabiyotlaridan foydalanilgan. Ushbu qo`ilanma asosan oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar uchun mo`ljallangan bo`lib, undan tashqari bu kitobdan litsey, kasb- hunar kollejlari o‘quvchilari va o'qituvchilari hamda fizikaga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. Ko‘pchilik test savollari birnchi yaqinlashishda juda murakkabdek, ko‘p vaqt talab qiladigandek ko‘ringani bois berilgan vaqt kamlik qiladigandek tuyuladi. Ushbu holat abiturientda ikkilanish va ishonchsizlik uyg‘otadi. Aslida to‘g‘ri fahmlay oladigan, sermulohaza hamda sinchkov abiturientdan esa juda kam vaqt talab etiladi. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo`lgan abiturientlarda hatto berilgan vaqt ortib qolgan holatlar ham bo`lgan. Mazkur qo`llanmani yaxshi o‘zlashtirgan abiturientlarning Oliy o‘quv yurtlariga kirishlari birmuncha oson kechadi hamda oliy o‘quv yurtlarida fizika fanini yaxshi o‘zlasbtirishlari uchun mustahkam zamin vazifasini o'taydi. Qoilanma mavzularining 15-20% qismi oily ta`lim muassasalari materiallari bo`lib, ushbu malumotlarni o‘rganuvchilarda atroflicha, to`laqonli bilim shakllanishiga, tabiat qonunlarini puxta va oson o‘zlashtirishga hamda tabiat va olam haqida tasavvurlarni kengayishiga xizmat qiladi. Fizika taraqqiyoti davrida bir qancha tushunchalar sistemasi vujudga kelib, ularning yig‘indisi o‘ziga xos fizika tilini tashkil qiladi. Fizik tushunchalar orqali barcha fizik hodisalar, fikrlar, qonunlar va boshqalarni ta’riflash mumkin bo'Iadi. Ana shunday tushunchalardan fizik jismlar, fizik sitema, fizik hodisa va fizik muhit deb ataluvchi tushunchalaridir. Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlarga aytiladi. Masalan, Quyosh, Yer, sayyoralar, yulduzlar, bino, daraxt, havo molekulalari, dengizdagi suv va hokozalar. Fizik sistema yoki jismlar sistemasi deb, ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi. Fizik sistema tarkibiga kiradigan jismlar ichki jismlar , sistemaga kirmagan jismlar esa tashqi jismlar deyiladi. Fizik hodislar deb, modda zarrachalari, atom yoki zarrachalari o'zgarmas qolgan holda sodir bo`ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, toshning ko'chishi, suvning qaynashi yoki muzlashi, poyezd va samolyotning harakati va hokoza hodisalardir. Modda molekulalari o‘zgaradigan hodisalar kimiyoviy hodisalar deyiladi. Masalan, yoqilg'ining yonishi, plastmassalar tayyorlash, rudalardan metallar olish va hokozalar. Fizik muhit deb, fizik hodisa va protsesslar sodir bo'ladigan Moddiy fazo yoki muhitga aytiladi. Hamma joyda moddaning tarkibi va xossalari bir xil bo`lgan muhit bir jinsli muhit deyladi, va aksincha bo`lsa bir jinsli bo‘lmagan muhit deyiladi. Fizikaning falsafiy tushunchalaridan biri materiya va harakatdir . Tabiatni bilish jarayonida kishilarda materiya va uning harakati to'g‘risida tasavvurlar hosil bo‘ladi. Tabiatda sodir bo'ladigan har qanday o‘zgarishi materiyaning harakati tufaylidir. Harakat materiyaning yashash formasidir. Materiya o‘z ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin, lekin u hech qachon yo'qolmaydi va yo‘qdan bor bo'lmaydi va har doim mavjudligicha qoladi. Materiya modda va maydon ko‘rinishlarida namoyon bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga o‘tib, aylanib turadi. Lekin so'nggi o‘n yilliklarda astronomiyada kosmologik izlanishlar Shuni ko‘rsatdiki, olam paydo bo`lgandan keyingi butun massaning faqat 4% gina modda va maydon ko'rinishida saqlanib qolgan ekan. Qolgan 96% massa esa materiyaning hali insoniyatga noma’lum ko'rinishida bo'lib, hech bir o`lchov asboblariga sezilmas, o'zini namoyon qilmas ekan. Shuning uchun ham ushbu materiyani hozircha qorong'u materiya deb nomlashmoqda. Zamonaviy fizika materiya harakatining turli fizik shakllarini, ularning o‘zaro bir-biriga aylanishini, shuningdek modda va maydon hamda ularning xossalarini o‘rgatadi. Texnikada va tabiatda hamda atrofimizda sodir boiayotgan hodisalar va ob’ektlaming holati miqdor jihatdan fizik kattaliklar bilan xarakterlanadi. Fizik kattaliklar deb, fizik hodisalarni, materiyaning harakat shakllari va xususiyatlarini miqdoriy xarakterlovchi kattaliklarga aytiladi. Fizik qonun deb, hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi aniq miqdoriy bog'lanishdan iborat bo`lgan ifodaga aytiladi. Fizikada kuzatish, o'lchash va tajribalar yordamida turli hodisalar bo'ysunadigan qonunlarni yaratish mumkin. Fizikada 7 ta (uzunlik, vaqt, massa, temperatura, modda miqdori, Download 460.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling