Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

nazariy bilish (evristik)1 funksiyasi, ya'ni davlat va huquqning mohiyatini, 
mazmunini o’rganish funksiyasi hisoblanadi; 
b) 
metodologik funksiya, ya’ni davlat va huquq nazariyasi fani boshqa maxsus va 
amaliy yuridik fanlar uchun dastlabki tushunchalarni o’rgatadi; 
c) 
amaliy tajriba funksiyasi, ya’ni davlat va huquq nazariyasi fani davlat va 
huquqning amaliyotda rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi; 
d) 
mafkuraviy-tarbiyaviy funksiya, ya’ni davlat va huquq nazariyasi fani 
kishilarda huquqiy ong va ma’daniyatni rivojlantirib, ularga huquqiy tarbiya beradi. 
Davlat va huquqning vujudga kelishi. 
Jamiyat – muayyan maqsad va manfaatlarning uyg’unligi asosida birlashgan 
kishilarning ixtiyori jamoasi hisoblanadi. 
Jamiyat rivojlanishiga ko’ra quyidagi jamiyatlar bo’lgan: 

ibtidoiy jamiyat; 

quldorlik jamiyati; 

feodal jamiyat; 

kapitalistik jamiyat (indisturial jamiyat); 

sotsiolistik jamiyat; 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 5 

postindisturial jamiyat (fuqarolik jamiyati). 
Ibtidoiy jamiyat bu – insoniyat tarixidagi insonlarning manfaatlari uyg’unligi asosida 
birlashgan ilk jamiyati hisoblanadi. 
Ibtidoiy jamiyat uch xil bosqichni bosib o’tgan. Ular quyidagilar: 
1- 
yovvoyilik bosqichi; 
2- 
vaxshiylik (varvarlik) bosqichi; 
3- 
sivilizatsiya bosqichi. 
Yovvoyilik bosqichi ham uchta bosqichdan iborat. Bular: 

yovvoyilikning quyi bosqichi; 

yovvoyilikning o’rta bosqichi; 

yovvoyilikning yuqori bosqichi
Vaxshilik bosqichi ham uchta bosqichdan iborat. Bular: 

vaxshilikning quyi bosqichi; 

vaxshilikning o’rta bosqichi; 

vaxshilikning yuqori bosqichi
Sivilizatsiya bosqichi ham uchta bosqichdan iborat. Bular: 

dehqonchikdan chorvachilik ajralib chiqish bosqichi

dehqonchikdan hunarmandchilik ajralib chiqish bosqichi; 

savdo-sotiqning paydo bo’lishi. 
Undan so’ng xususiy mulk paydo bo’ladi, so’ng mulkiy tabaqalanish vujudga keladi, ya’ni 
boylar va kambag’allar sinfi vujudga keladi hamda tabaqalar o’rtasida kurashda boylar 
hokimiyatni qo’lga kiritadi va o’z davlatlarini tuzadi (Yunon klassik nazariyasi). 
Ibtidoiy jamiyatning tuzilishi, ya’ni ibtidoiy jamiyat qanday guruhlardan tashkil topgan. 
Bular: 
To’da – mehnat qurollari va turmush umumiyligi asosida birlashgan kishilarning 
jamoasi hisoblanadi; 
Urug’ – qon-qarindoshlik asosida birlashgan odamlar jamoasi hisoblanadi. 
Urug’ o’zi ham ikkiga bo’linadi. Bular: 
1) matriarxat (ona urug’i) 
2) patriarxat (ota urug’i) 
Matriarxatning dastlabki davrida poligam oila shakli mavjud bo’lgan, ya’ni bu guruhiy 
oila hisoblangan. 
Keyingi davlarda endogam, punalual, egzogam va monogam oila shakllari mavjud 
bo’lgan. 
o
endogam oila – bu qarindoshlar o’rtasidagi guruhiy oila hisoblanadi; 
o
punalual oila – bu qarindoshlar o’rtasidagi guruhiy oila hisoblanadi
o
egzogam oila– bu faqat onaning qarindoshlari o’rtasidagi guruhiy oila hisoblanadi; 
o
bronza davriga kelib urug’ ichida nikoh taqiqlanayapti va juft oilalar paydo bo’lyapti. 
Bu esa monagam oila shakli hisoblanadi. 
III.Qabila – hudud va til uyg’unligi asosida birlashgan urug’lar qabilani tashkil qilgan. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 6 
IV.Qabilalar ittifoqi – hudud va til uyg’unligi asosida birlashgan qabilalar qabilalar ittifoqini 
hosil qiladi. 
V.Undan keyin ular birlashib davlatni hosil qilgan. 
Davlatning kelib chiqishiga doir bir qancha nazariyalar mavjud. Xususan: teoligik, 
patriarxal, shartnomaviy, zo’ravonlik, psixolgik, materialistik, organik nazariyalar shular 
jumlasidandir. 
Diniy (teologik) nazariya. 
Namoyondalari: Foma Akvinskiy, Sharq mutafakkirlaridan Al-Mavardi (X–XI asrlar), Ibn 
Rushd (1126-1198), Ibn Xaldun (1332-1406) va boshqalar. 
Mohiyati – davlat Xudo tomonidan yaratilgan. 
Patriarxal nazariya. 
Namoyondalari: Xitoyda – Konfutsiy (er.av. VI–V asrlar), Qadimgi Yunonistonda Aflotun, 
Arastu (er.av. 384–322-y.y.) va boshqalar. 
Mohiyati – davlat kattalashib ketgan oilalardan tashkil topgan. Hokimiyat otadan o’g’ilga 
meros bo’lib o’tgan.
Bu nazariyaga ingliz olimi Filmer katta hissa qo’shgan. Uning «Patriarxiya, yoki 
qirollarning tabiiy hukmdorlik huquqini himoyalash» nomli asari mavjud. Ushbu asarda 
yozilishicha, Xudo Odam Atoga hokimiyatni bergan, Odam Ato esa hokimiyatni o’z o’g’liga 
qoldirgan va shu zayilda hokimiyat otadan o’gilga o’tgan va oilalar kattalashib davlat paydo 
bo’lgan. 
Shartnoma nazariyasi.  
Namoyondalari:Gugo Grotsiy va Spinoza (Gollandiya), Lokk va Gobbs (Angliya), Jan Jak 
Russo (Fransiya), Radishchev (Rossiya) bo‘lgan. 
Mohiyati – xalq kelishib hokimiyatni monarxga topshiradi va xalq hamda monarx o’rtasida 
shartnoma tuziladi. Agarda monarx shartnomani buzsa, xalq uni hokimiyatdan ag’darib 
tashlab, o’rniga boshqasini tayinlaydi. 
Zo‘ravonlik (bosqinchilik) nazariyasi. 
Namoyondalari: K. Kautskiy, L. Gumplovich, Е. Dyuring va boshqalardir. 
Mohiyati – bir qabilaning boshqa qabilalarni zo’rlik, bosqinchilik yo’li bilan bosib olish 
natijasida davlat paydo bo’lgan. 
Psixologik nazariyasi. 
Namoyondalari: sotsiolog Gabriel Gard, rus olimi Korkunov, professor Petrajitskiy
Zigmund Freyd, Tardu kabilar. 
Mohiyati – insonlar psixologik jihatdan boshqaruvchi va boshqaruluvchilarga bo’linadilar 
hamda boshqaruvchilar ( liderlar ) hokimiyatni qo’lga oladilar va davlatni tuzadilar.
Tarixiy – materialistik nazariya. 
Namoyondalari: L. Morgan, K. Marks, F. Engels va boshqalar. 
Mohiyati – xususiy mulk paydo bo’ladi, so’ng mulkiy tabaqalanish vujudga keladi, ya’ni 
boylar va kambag’allar sinfi vujudga keladi hamda tabaqalar o’rtasida kurashda boylar 
hokimiyatni qo’lga kiritadi va o’z davlatlarini tuzadi. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 7 
Organik nazariya. 
Namoyondalari: G. Spenser, shveysariyalik huquqshunos I. Blyunchli, fransiyalik 
jamiyatshunos M. Forms va boshqalar. 
Mohiyati – davlat ham bir tirik organizm, u insonlarning birlashuvi natijasida vujudga 
kelgan. Odamlar paydo bo’lishi bilan davlat ham vujudga kelgan. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling