Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Avtoritar siyosiy rejimning belgilari quyidadilar:
Insonlarning huquq va erkinliklari cheklanadi yoki yo’q qilinadi; Hokimiyat bo’linmaydi; Vakillik organlari tugatiladi yoki faoliyati cheklanadi; Davlat hokimiyati ustidan xalq nazorati yo’q qilinadi; Ko’ppartiyaviylik taqiqlanadi yoki cheklanadi; Siyosiy plyuralizmga yo’l qo’yilmaydi; Siyosiy monizm, ya’ni yakka mafkuraning ustunligi o’rnatiladi; Hokimiyatni amalga oshirishda ma’muriy buyruqbozlik yoki terrorchilik usullaridan foydalanadi. 2.Tiraniya rejimi deganda,hokimiyat yakka shaxs, ya’ni tiran tomonidan zo’ravonlik, bosib olish yoki qonuniy hokimiyatni ag’darib tashlash yo’li bilan egallanadigan hamda Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 15 hokimiyat tiran tomonidan zo’rlik, terrorizm, genotsit yo’li asosida amalga oshiriladigan avtokratik siyosiy rejim tushuniladi. 3.Despotya rejimi deganda, hokimiyat yakka shaxs monarx qo’lida to’planib, uning xohish-irodasiga ko’ra hokimiyat hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladigan avtokratik siyosiy rejim tushuniladi. Demokratik siyosiy rejim deganda, davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyat yuritishida xalq bevosita yoki vakillari orqali ishtirok etadigan siyosiy rejim tushuniladi. Demokrati siyosiy rejim ikki xil shaklda amalga oshiriladi. Bular: a) vakillik demokratiyasida, xalq saylagan vakillar, ya’ni deputatlar orqali davlat ahamiyatiga molik bo’lgan iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni muhokama va hal etishda qatnashadi (Konstitutsiya (K) 10-m); b) bevosita demokratiyasida, davlat ahamiyatiga molik bo’lgan siyosiy, huquqiy masalalarni umumiy ovozga (referendumga) qo’yiladi va ushbu masalalarni xalq bevosita hal qiladi (K 9-m). Demokratik siyosiy rejimning asosiy belgi va xususiyatlari quyidagilar: Fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanganligi (K 43-m. 93-m. 1-band) ; Davlat hokimiyatining birdan bir manbayi xalq ekanligi (K 7-m); Vakillik hokimiyati organlarining to’laqonli faoliyat ko’rsatishi (K 18-bob 78-88-m); Davlat ahamiyatiga molik qarorlar qabul qilish ustidan xalq nazoratining o’rnatilishi (K 32-m); Hokimiyat taqsimlanganligi hamda ularning bir biridan mustaqilligi (K 11-m. 5- bo’lim); Davlat fuqarolik jamiyati faoliyatiga qonunda belgilanmagan holda aralashmasligi (K 58-m); Muxolifat huquqlari va manfaatlari himoya qilinganligi (K 34-m); Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning to’liq qonunga asosida tuzilganligi hamda ularning qonunlar asosida o’z faoliyatlarini amalga oshirishligi (K 15-m); Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning mustaqil hamda samarali faoliyat yuritishi (K 105-m. 13-bob 56-62-m); Ko’ppartiyaviylikning mavjudligi hamda siyosiy partiyalarning muxolifatda bo’lish huquqi ta’minlanganligi (K 60-m, 34-m); Siyosiy plyuralizm kafolatlanganligi (K 12,29-m); Fuqarolik jamiyatining shakllanganligi. Demokratik siyosiy rejimning ikki turi mavjud. Bular: 1. Liberal (erkinlik) rejimda, davlat hokimiyati saylovlar yo’li bilan shakllantiriladi, ham markaziy ham mahalliy ko’rinishda taqsimlanadi hamda shaxs bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarda shaxs ustun turadi; 2. Liberal demokratik rejimda, barcha odamlarning erkinligi, tengligi e’tirof etilib davlatni boshqarishda xalqning keng ishtiroki ta’minlanadi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 16 Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling