Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
1 – davlat mexanizmining yagonaligi deganda, davlat hokimiyati va hokimiyat idorasining
yagonaligi hamda davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari faoliyatining prinsiplari, vazifalari, maqsadlarining yagonaligi tushuniladi; 2 – maqsad va vazifalarning umumiyligi deganda, barcha davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari umumiy maqsad va vazifalarni bajarishi tushuniladi. Asosiy maqsad esa, jamiyat va xalq farovonligini hamda xalq manfaatlarini qondirish; 3 – iyerarxik tizimga asoslanganligi deganda, quyi turuvchi organlarga nisbatan, yuqori turuvchi organlarning ko’proq huquqiy vakolatlarga ega bo’lishi va yuqori turuvchi organlarning qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilgan normativ huquqiy hujjatlarning quyi turuvchi organlar tomonidan bajarilishining majburiy ekanligi tushuniladi; 4 – majburlov apparatining mavjudligi deganda, davlat organlarining, xususan, vakillik organinining qonun qabul qilish va uni kuchga kiritish usuli bilan, ijroiya organlarining boshqaruv, majburlov va rag’batlantirish usullari bilan, sud va prokatura organlarining ishontirish va majburlov usullari bilan huquqiy normalarni ijtimoiy hayotga tadbiq etishi tushuniladi; 5 – hokimiyat vakolatlariga ega bo’lgan davlat organlarining ichkli tarkibiy tuzilishi mavjudligi deganda, davlat organlarining o’z ichki strukruraviy tuzilishiga ega ekanligi va organlarining ichki tarkibiy tuzilishiga ko’ra bir biridan farqlanishi tushuniladi; Davlat mexanizmini davlat organlari, davlat tashkilotlari hamda davlat muassasalarining yig’indisi hisoblanadi. Davlat organlari deganda, davlat funksiyalarini amalga oshirishda hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan davlat mexanizmining asosiy bo’g’ini tushuniladi (M: vakillik organlari). Davlat tashkilotlari deganda, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va ta’minot bilan shug’ullanuvchi davlatning iqtisodiy funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat idoralari tushuniladi (M: UzAvtoSanoat). Davlat muassalari deganda, davlatning ijtimoiy funksiyalarini amalga oshiruvchi, hokimiyat vakolatiga ega bo’lmagan davlat idoralari tushuniladi (M: davlat maktablari). Davlat mexanizmi va davlat apparati bir xil ma’noga ega, lekin davlat mexanizmi nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Davlat apparati deganda, faqatgina davlat organlarining tizimi tushuniladi. Davlat mexanizmining faoliyati hamda uni tashkil etishning asosiy prinsiplari quyidagilar: Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Bunda hokimiyat vakolatlari uchga bo’linadi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 20 Bular qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi va bu hokimiyatni amalga oshiruvchi organlar bir biridan mustaqil holda o’z faoliyatini amalga oshiradi; Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarining ustuvorligi prinsipi. Demak, davlat mexanizmi o’z faoliyatini inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarining ustunligi asosida amalga oshirilishi kerak; Demokratizm prinsipi deganda, davlat mexanizminingtashkil etilishi va faoliyati demokratiya asosida amalga oshirilishi tushuniladi. Demak, davlat mexanizmini tashkil etishda ham bevosita xalq o’zi yoki vakillari orqali ishtirok etishi kerak. Davlat mexanizmining faoliyat yuritishida ham, uni nazorat qilishda ham xalq bevosita yoki vakillari orqali ishtirok etishi kerak; Iyerarxiya prinsipi, ya’ni pog’onama pog’ona bo’ysinish prinsipi; Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling