Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Oshkoralik prinsipi, ya’ni bunda davlat mexanizmi o’z faoliyatini ochiq va
oshkora tarzda amalga oshirishi kerak; Qonuniylik prinsipi deganda, davlat mexanizmining tashkil etilishi va faoliyati faqat konstitutsiya va qonunlarda belgilangan shaklda va tarzda amalga oshirilishi tushuniladi; Professionalizm prinsipi deganda, davlat appparati barcha xizmatchilarining o’z sohasining yetuk mutaxassis ekanligi, maxsus malaka va bilimga hamda yetarli amaliy tajribaga ega xodim ekanligi tushuniladi; Kollegialllik va yakkaboshchilikning birgalikdagi prinsipi. Bunda davlat organlari o’z faoliyatini kollegiallik (jamoaviy) asosida ham yakkaboshchilik asosida ham amalga oshiradi; Saylanish va tayinlanishning uyg’unligi prinsipi. Bunda davlat mexanizmining tashkil etilishi ham saylanish orqali ham tayinlanish orqali amalga oshiriladi. Davlat organlarining belgilari quyidagilar: Operativ boshqaruvda bo’lgan mol-mulkka ega hamda budjet tomonidan moliyalashtiriladi; Davlat nomidan muayyan sohada davlatning funksiyalarini amalga oshiradi; Hokimiyat vakolatlariga egaligi, ya’ni davlat organlari ishontirish va majburlash usullaridan foydalangan holda davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshiradi; Tarkibiy ruzilishga egaligi, ya’ni davlat organlari xizmat tulari va tarkibiy miqdoriga ko’ra muayyan strukturaviy tuzilishga ega va shu tarkibiy tuzilishiga ko’ra organlar bir-biridan farq qiladi; Hududiy faoliyat miqyosiga egaligi. Bunda masalan, markaziy davlat organlari faoliyati ko’lami butun O’zbekiston hududini qamrab oladi, mahalliy davlat organlari faoliyati esa faqatgina tegishli viloyat, shahar, tuman hududi miqyosida amalga oshiriladi; Qonun vositasida tashkil etiladi, ya’ni O’zbekiston Respublikasidagi barcha davlat organlari qonun yo’li bilan tashkil etiladi hamda tegishli qonunlarda belgilab qo’yilgan tartib va vakolatlar asosida faoliyat yuritadi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 21 Davlat organlari faoliyatining mazmuni va mezonlarga ko’ra bir necha turlarga tasniflanadi. Bular: I. Davlat faoliyatini amalga oshirish shakli bo‘yicha: vakillik, ijroiya, sud organlari va prokuratura organlariga ajratiladi. Vakillik organlari quyidagilar: Oliy Majlis: Qonuchilik palatasi va Senat, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, Toshkent shahar, viloyatlar, tuman va shaharlardagi Xalq deputatlari kengashlari; Ijroiya organlari quyidagilar: Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengesi, vazirliklar, davlat qo’mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlari ( davlat inspeksiyalari, agentliklar, qo’mitalar, markaziy muassasalar ), Toshkent shahar, viloyatlar, tuman va shaharlardagi hokimliklar hamda vazirliklar, davlat qo’mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlari Toshkent shahar, viloyatlar, tuman va shaharlardagi boshqarma va bo’limlari; Sud organlari uchta instansiyaga bo’linadi, bular quyidagilar: Konstitusiyaviy sud - Oliy instansiya sudi bu - O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi hisoblanadi; - Ikkinchi instansiya sudlari. Bular quyidagilar: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar jinoiy, ma’muriy, iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo’yicha sudlari hamda viloyat sudlariga tenglashtirilgan O’zbekiston Respublikasi harbiy sudi hisoblanadi; - Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling