Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Birinchi instansiya sudlari. Bular quyidagilar: jinoyat ishlar bo’yicha tuman va
shahar sudlari, ma’muriy, iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman va shahar sudlari hamda tuman sudlariga tenglashtirilgan hududiy harbiy sudlar; Prokuratura organlariquyidagilar: O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Prokuraturasi, Toshkent shahar, viloyatlar Prokuraturalari, O’zbekiston Respublikasi Transport Prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi Harbiy Prokuraturasi, tuman, shahar prokuraturalari, hududiy transport prokuraturalari, hududiy harbiy prokuraturalar hamda ixtisoslashtirilgan (tabiatni muhofaza qilish ) prokuraturalar; II. Yuqoridan quyiga qarab bo’ysinishiga ko’ra (iyerarxiyaga ko’ra) ikkiga bo’linadi. Bular: markaziy hamda mahalliy organlar hisoblanadi; III. Vakolat muddatiga ko’ra davlat organalari ikkiga bo’linadi. Bular: 1 – doimiy organlar deganda, faoliyat muddati cheklanmagan va doimiy faoliyat olib boruvchi davlat organlari tushuniladi; 2 – vaqtinchalik organlar deganda, jamiyat oldida turgan biror-bir muhim vazifani muayyan muddat davomida amalga oshiruvchi va ushbu vazifa tugashi bilan o’z faoliyatini to’xtatuvchi organlar tushuniladi; IV. Shakllanish manbayiga ko’ra davlat organlari ikkiga bo’linadi. Bular: 1 – birlamchi organlar deganda, xalq tomonidan to’g’ridan-to’g’ri saylash yo’li bilan tashkil etiladigan davlat organlari tushuniladi; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 22 2 – ikkilamchi organlar deganda, xalq tomonidan saylangan shaxslar yoki xalq tomonidan tashkil etilgan organlar tomonidan shakllantiriladigan davlat organlari tushuniladi; V. Vakolatini amalga oshirish tartibiga ko’ra davlat organlari ikkiga bo’linadi. Bular: 1 – kollegial organlar deganda, o’z ish faoliyatini jamoaviy tarzda tashkil etiladigan organlar tushuniladi. Ushbu organlarda qarorlar jamoaviy tarzda muhokama va umumiy ovoz asosida qabul qilinadi; 2 – yakka tartibda faoliyat yurituvchi organlar deganda, muayyan bir rahbarlar tomonidan boshqariladigan va qarorlar rahbarning yakka o’zi tomonidan qabul qilinadigan organlar tushuniladi. Hokimiyatning taqsimlanishi prinsipi Hokimiyatning taqsimlanishi deganda, davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi tushuniladi. Hokimiyatning taqsimlanishi demokratik huquqiy davlatning zaruriy sharti hisoblanadi. Hokimiyat taqsimlanishi haqidagi nazariyalar XVII – XVIII asrlarda Yevropada burjua inqiloblari davrida vujudga keladi. Dastlabki tushunchalarni esa Platon, Aristotel, Polibiy, Likurg kabi olim-u, faylasuflar tomonidan ilgari surilgan. XVII asrda ingliz olimi Jon Lokk ilk marotaba hokimiyat taqsimlanishi nazariyasini ilgari surgan. Uning fikricha, hokimiyat ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatga bo’linishi kerak. Bunda barcha qonun chiqaruvchi organga bo’ysunishi kerak, ijro etuvchi hokimiyatni qirol boshqarishi kerak. Ammo Lokk sud hokimiyatini ajratmagan, sud hokimiyatini ijro etuvchi hokimiyat tarkibida deb hisoblagan. XVIII asrda Sharl Lui Monteskye hokimiyatning taqsimlanishi haqida o’z nazariyasini yaratadi. Uning fikricha, hokimiyat bir-biriga tobe bo’lmagan uchta hokimiyatga bo’linishi kerak. Bular: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati hisoblanadi hamda bu uchta hokimiyat bitta shaxs qo’lida to’planishi kerak emas. Monteskye nazariyasi asosi hokimiyat teng bo’lishi kerak, ular shunday mustaqil ish olib borishi kerakki, bir-birini muvozanatda ushlab turishi kerak va bu esa uzurpatsiyaning oldini oladi. !Uzurpatsiya deganda, hokimiyat vakolatlarining bir muassasa tomonidan qonunsiz tortib olinishi tushuniladi. Monteskyening yana bir fikricha, parlamentning hukumat ustidan hokimlik o’rnatishning oldini olish uchun ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i qonunlarni imzolashda veto, ya’ni vaqtincha rad etish huquqiga hamda qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo’lishi kerak va o’z navbatida hukumat qonunlarni qanday bajarayotgani to’g’risida parlamentga hisob berishi kerak. Fransuz olimi J.J. Russo o’zining “Ijtimoiy shartnoma” asarida hokimiyatning taqsimlanishi haqida o’z fikrlarini ilgari surgan. U Monteskyening g’oyalarini tanqid qilgan. Russoning fikricha, qonun chiqaruvchi hokimiyat xalq xohish-irodasining ifodachisi Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 23 bo’lganligi uchun, butun jamiyatga taaluqli masalalarni hal qilishi kerak, ya’ni qonun chiqaruvchi hokimiyatning vakolatlari keng bo’lishi kerak. Ijro etuvchi hokimiyat esa xalqning xizmatkori bo’lishi kerak, ya’ni qonun chiqaruvchi hokimiyat chiqargan qonunlarni ijro etuvchi hokimiyat to’liq bajarishi kerak. Qonun chiqaruvchi hokimiyat va ijro etuvchi hokimiyat aloqasida ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyat tiyib turishi kerak. Russoning fikricha, sud hokimiyati boshqa hokimiyatlardan mustaqil holda o’z vakolatlari doirasida o’z faoliyatini amalga oshirishi kerak. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat va ijro etuvchi hokimiyat o’rtasida hakamlik faoliyatini amalga oshirishi kerak. Jamiyatning siyosiy tizimi Jamiyat – muayyan maqsad va manfaatlarning uyg’unligi asosida birlashgan kishilarning ixtiyori jamoasi hisoblanadi. Siyosat bu – jamiyatni boshqarishda davlat hokimiyatini amalga oshirishning usul va vositalarining yig’indisi hisoblanadi. Tizim deganda, biror-bir narsaning ichki tarkibiy qismlarga egaligi va ushbu qismlarning mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirilganligi tushuniladi. ! Davlat jamiyatni siyosat orqali boshqaradi. Davlat qanday siyosiy rejim bilan jamiyatni boshqarayotgan bo’lsa, jamiyatda ham xuddi shunday tizim o’rnatiladi. Siyosiy tizim haqidagi ta’limotlar ham huquqshunoslik fanida XX asrning 60-70- yillarda paydo bo’lgan. Siyosiy tizim bu – xalq irodasiga muvofiq siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga xizmat qiluvchi siyosiy tashkilotlar, ya’ni davlat, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari hamda siyosiy prinsiplar va siyosiy jarayonlar, harakatlar va usullarning yig’indisi hisoblanadi. Turli jamiyatlardagi siyosiy hayot shakllarining rivojiga ko’ra siyosiy tizim uch turga bo’linadi. Bular: 1 – demokratik siyosiy tizim; 2 – avtoritar siyosiy tizim; 3 – totalitar siyosiy tizim. Davlatlarning siyosiy tizimlarini turlarga ajratishda uchta mezon inobatga olinadi. Bular quyidagilar: i. Shaxsning jamiyatdagi mavqei, uning huquq va erkinliklari darajasi hamda shaxs manfaatlarini amalga oshish darajasi; ii. Fuqarolarning siyosatga jalb etilish darajasi; iii. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining hokimiyatni amalga oshirishdagi ishtirok etish darajasi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling