Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Damokratik siyosiy tizimning asosiy xususiyatlari quyidagilar


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 24 
 Hukmron va muxolif siyosiy partiyalarning mavjudligi; 
 Hukmron va muxolif siyosiy partiyalarning oshkora kurashi sharoitida 
shakllantiriladigan Oliy Vakillik organi - Parlamentning mavjudligi; 
 Hukmron va muxolif siyosiy partiyalarning oshkora kurashi natijasida 
shakllantiriladigan Hukumatning mavjudligi; 
 Hokimiyat vakolatlarining markaziy va mahalliy miqyosda to’liq taqsimlanganligi va 
hakozo. 
Avtoritar siyosiy tizimning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 
 Muxolif siyosiy partiyalar yoki muxolif ijtimoiy tashkilotlar to’liq yoki qisman 
taqiqlanadi; 
 Fuqarolarning huquq va erkinliklari tugatiladi yoki cheklanadi
 Hukmron partiya davlat apparati bilan qo’shilib ketadi; 
 Davlat organlarida saylovning cheklanishi va parlamentning ikkinchi darajali organga 
aylanib qolishi; 
 Muxolif matbuotning taqiqlanishi; 
 Hokimiyat vakolatlarini taqsimlanishi buziladi yoki umuman amalga oshirilmaydi; 
Totalitar siyosiy tizimning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 
 Hokimiyatni amalga oshiruvchi barcha organlar markaziy va mahalliy darajalarda ham 
yopiq tarzda shakllantiriladi; 
 Fuqarolarning huquq va erkinliklari buziladi; 
 Hokimiyatning bo’linish prinsipi amalda bekor qilinadi; 
 Yagona hukmron partiya yoki rahbarlar guruhi mavjud bo’ladi; 
 Yagona mafkura butun xalq ongiga singdiriladi va unga qarshi bo’lish taqiqlanadi. 
Ayrim 
siyosatchilar 
siyosiy 
tizimlarni 
plyuralizm 
va 
siyosiy 
hayotning 
demokratlashganligi darajasiga qarab besh turga ajratadi. Bular quyidagilar: 
1 – Marksistik siyosiy tizimlar; 
2 – Demokratik siyosiy tizimlar; 
3 – Modernizatsiyalashgan siyosiy tizimlar; 
4 – An’anaviy siyosiy tizimlar; 
5 – O’tish davridagi siyosiy tizimlar. 
Siyosiy tizimning tarkibiy tuzulishi quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
1. Tashkiliy qism. Bular quyidagilar: davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, 
jamoat birlashmalari, nodavlat va notijorat tashkilotlar; 
2. Me’yoriy qism (huquqiy qism). Bular quyidagilar: huquq, siyosiy normalar, siyosiy 
hayotdagi axloqiy normalar, ma’daniyat qoidalari, odat normalari
3. Aloqa qismi (kommunikativ jihat). Bular quyidagilar: saylovlar, referendumlar, 
ommaviy muhokamalar, davlat va siyosiy partiyalarning xalqqa murojati, OAV 
faoliyati; 
4. Mafkuraviy qism. Bular quyidagilar: siyosiy ong, siyosiy mafkura kabilar. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 25 
Siyosiy tizimni yuqoridagilarni umumlashtirib beshta asosiy tarkibiy qismga ajratish 
mumkin. Bular quyidagilar: 
1) Siyosiy va huquqiy normalar. Bular konstitusiya, qonun, kodeks, nizomlarda, partiya 
hujjatlarida mustahkamlangan qoidalar bo’lib, ular siyosiy munosabatlarni tartibga 
soladi; 
2) Siyosiy tuzilmalar (institutlar). Bular davlat va siyosiy tashkilotlar va ular 
o’rtasidagi munosabatlar yig’indisi hioblanadi; 
3) Siyosiy faoliyat deganda, jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirishni 
rivojlantirishga, siyosiy hokimiyatni ta’minlashga qaratilgan faoliyat tushuniladi; 
4) Siyosiy ong bu – kishilarning siyosiy munosabatlardagi xulq-atvorini yo’naltiruvchi 
tafakkurning namoyon bo’lishi hisoblanadi, ya’ni siyosiy ong siyosiy munosabatlarga 
yo’naltiradi; 
5) Siyosiy ma’daniyat bu – siyosiy munosabatlarning subyektlari bo’lgan davlat, 
qatlamlar, sinflar, siyosiy partiyalar hamda jamoat birlashmalarining davlat 
hokimiyatini amalga oshirishdagi faol ishtiroki siyosiy munobatlarni tashkil etishda 
qo’llaydigan siyosiy g’oyalar, fikrlar, qadriyatlar, e’tiqodlar tizimi hisoblanadi. 
Siyosiy tizimning asosiy funksiyalari quyidagilar: 
1 – xalqning siyosiy irodasini aniqlash, ifodalash va amalga oshirish kerak; 
2 – xalqni jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarni sitqidildan bajarishga safarbar etish; 
3 – jamiyatni uyushtirish va boshqarish. 
Jamiyatning siyosiy tizimida davlat markaziy o’rinni egallaydi, chunki siyosiy hokimiyatni 
davlat amalga oshiradi. 
Muxolifat deganda, amaldagi hukumat hukmron siyosiy partiya olib borayotgan siyosatga 
xayrixoh bo’lmay, ular bilan kelishmay boshqacha siyosiy yo’l tutib faoliyat yuritishi 
tushuniladi. 
Muxolifatning mavjudligi demokratik siyosiy tizim va fuqarolik jamiyati mavjud 
bo’lishining zaruriy sharti hisoblanadi. 
Huquqning mohiyati 
Huquq deganda, davlat tomonidan rasmiylashtiriladigan va davlat tomonidan muhofaza 
etiladigan, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, shaxslarning yurish-
turishi, xulq-atvori hamda asosiy hayotiy faoliyatini belgilab beruvchi qoidalar tizimi 
hisoblanadi. 
Xulq-atvor qoidasi deganda, davlat tomonidan rasmiylashtiriladigan va insonlarning asosiy 
hayot faoliyatini belgilaydigan, ya’ni shaxsning jamiyatda qanday harakatlarni bajarishi
hamda qanday harakatlarni amalga oshirmasligani belgilovchi yurish-turishi tushuniladi. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 26 
Huquq sof yuridik ma’noda ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi hamda ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi, davlat tomonidan o’rnatilgan, umummajburiy yuridik 
normalar tizimi hisoblanadi. 
Huquq haqidagi ilk nazariyalarni rim huquqshunoslari tomonidan o’ylab topilgan. Ulardan
biri 
Pavel 
huquq 
bir 
necha 
ma’noda 
qo’llanishini 
keltirib 
o’tgan:
birinchisi – har doim adolatli va oliy bo’lgan huquq, ya’ni tabiiy huquq;
ikkinchisi – huquq muayyan davlatda o’rnatilgan huquq, ya’ni fuqarolik (sivil) huquqi. 
Yana bir rim huquqshunoslaridan biri Ulpian fikricha huquq so’zi jus so’zidan kelib 
chiqqanini, justitsiya so’zini haqiqat , adolat so’zidan olinganligini yodda tutish kerak deb 
aytib o’tgan. 
Yunon faylasufi Aristotelning fikricha huquq ijtimoiy va siyosiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi adolat mezoni bo’lishi kerak deb aytib o’tgan. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling