Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Salbiy jihati: 
1- Tabiiy huquqni rad etadi
2- Huquqiy odatlarini qonundan ustun qo’yadi. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 29 
Huquqni tushunishga doir integrativ yondashuv, ya’ni huquqni tushunish haqidagi 
turli yondashuvlarning ijobiy jihatlarini birlashtiramiz hamda bitta ideal huquq nazariyasini 
shakllantiramiz. 
 
Huquq prinsiplari 
Huquq prinsiplari deganda, huquqning mohiyatini, uning asosiy jihatlarini ifodalovchi, 
huquqning asl oʻzagini tashkil etuvchi asosiy, oʻzgarmas rahbariy qoidalar tushuniladi. 
Huquqshunoslik fanida huquq prinsiplari toʻrtta guruhga ajratiladi. Bular quyidagilar: 
I. Umumiy huquqiy prinsiplar
II. Maxsus huquqiy prinsiplar; 
III. Sohaviy huquqiy prinsiplar; 
IV. 
Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar. 
Umumiy huquqiy prinsiplar deganda, butun huquqiy tizimiga taalluqli bo’lgan asosiy 
rahbariy qoidalar tushuniladi, ya’ni umumiy huquqiy prinsiplar butun huquqiy tizimning 
asosini, oʻzagini tashkil qiladi. Umumiy huquqiy prinsiplar quyidagilar: 
 
demokratizm prinsipi. Huquq ijodkorligida xalqning bevosita yoki xalq vakillari 
orqali ishtirok etishi hamda fuqarolarning, jamoat birlashmalarining, nodavlat notijorat 
tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning huquqiy siyosatni shakllantirishda va qonunchilikni 
takomillashtirishda keng ishtirok etishida namoyon bo’ladi, ya’ni huquqni yaratishda ham
uni amalga oshirishda ham keng ishtirok etishi kerak; 
 
qonuniylik prinsipi deganda, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, 
muhokama qilish, qabul qilish, ularni nashr etish toʻliq konstitutsiya va qonunlarga 
asoslanganligi holda amalga oshirilishi kerak. Nafaqat huquq ijodkorligi jarayonida huquqni 
amalga oshirish, qoʻllash va sudlov jarayonlarida ham qonunlarga mos tarzda amalga 
oshirish kerak.Davlat organlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning xatti-harakatlari 
toʻliq qonunga asoslanish kerak; 
 
insonparvarlik prinsipi. Huquq tomonidan ijtimoiy munosabatlarning tartibga 
solinishi jarayonida inson, uning hayoti, shaʼni qadr-qimmati oliy oʻringa qoʻyilishi kerak. 
Huquqda adolat, insonni qadrlash, eʼzozlash, shaxsga munosib turmush sharoitlarini yaratib 
berishda aks etgan boʻlishi kerak. Huquqda insonni tahqirlovchi, qiynovchi, uning shaʼniga, 
qadr-qimmatiga tajovuzlar bo’lishi mumkin emas; 
 
fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi.Ushbu prinsip Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida ham oʻz aksini topgan. Ushbu prinsipning 
uchta jihati bor. Bular: 
1- barcha mamlakatdagi fuqarolar teng huquqiy maqomga ega
2- fuqarolarning huquqlari teng boʻladi; 
3- fuqarolar qonun oldida birdek masʼuldirlar. 
 
davlat va shaxsning o’zaro masʼulligi prinspi, yaʼni davlat bilan shaxs bir-biri 
bilan muayyan huquq va majburiyatlar bilan bog’langan. Bunda fuqaroning davlat oldida 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 30 
huquq va majburiyatlari bor hamda davlatning ham fuqarolar oldida huquq va majburiyatlari 
bor. 
Huquqshunoslikda umumiy huquqiy prinsiplarga: ijtimoiy adolat, teng voqealik prinsiplari, 
oshkoralik prinsipi kabilar ham kiradi. 
Maxsus prinsiplar deganda, yuridik tilda ifodalangan ijtimoiy prinsiplar tushuniladi, ya’ni 
ushbu prinsip butun huquqiy tizimga taaluqli. Faqat maxsus huquqiy tilda ifodalanadi. Ushbu 
prinsiplar quyidagilar: 
 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling