Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umummajburiyligi va
boshqa ijtimoiy normalardan ustunligi; amaldagi huquq normalarning ziddiyatsizligi va qonunning boshqa normativ– huquqiy hujjatlardan ustunligi; huquqning ommaviy va xususiy huquqqa hamda huquq sohalari va institutlarga boʻlinishi prinsipi; obyektiv va subyektiv huquq oʻrtasida, huquq normasi va huquqiy munosabat o’rtasida huquq bilan huquqni amalga oshishi oʻrtasida muvofiqlikning mavjudligi prinsipi; ijtimoiy erkinlik, qonun va sud oldida tenglik hamda teng huquqlilik prinsipi; qonunda mustahkamlangan huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi prinsipi; huquq normalari belgilangan qoidalarning adolatliligi hamda yuridik javobgarlikning sodir etilgan huquq buzilishiga mosligi; yuridik javobgarlikning faqat huquqqa xilof, aybli xatti-harakat uchungina qoʻllanishi hamda aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi.(Ushbu prinsip Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida ham bayon etilgan). yangi yoki nisbatan ogʻir javobgarlikni o’rnatuvchi qonunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligi, javobgarlikni bekor qiluvchi yoki nisbatan yengil yuridik javobgarlikni oʻrnatayotgan qonunning orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi prinspi; Sohaviy huquqiy prinsiplar deganda, faqat bitta muayyan huquq sohasida amal qiladigan prinsiplar tushuniladi.Misol uchun: yerga egalik qilish shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligi prinsipi.Ushbu prinsip yer huquqi sohasiga taalluqli, nikohning ixtiyoriyligi prinsipi oila huquqi sohasiga taalluqli hisoblanadi; Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar deganda, ikki yoki undan ortiq huquq tarmoqlari doirasida amal qiladigan prinsiplar tushuniladi. Masalan, moddiy javobgarlik prinsipi.Ushbu prinsip mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalariga ham taalluqli hisoblanadi. Ayb uchun javobgarlik prinsipi. Ushbu prinsip jinoyat huquqi, maʼmuriy huquq, fuqarolikhuquqi sohasiga ham taalluqli hisoblanadi.Aybsizlik prezumsiyasi prinsipi ham jinoyat huquqi sohasigaham maʼmuriy huquq sohasiga taalluqli hisoblanadi. Huquq funksiyalari Huquq funksiyalari deganda, huquqning mohiyati va uning jamiyat hayotidagi asosiy ijtimoiy vazifasini bajarishdan kelib chiqadigan va huquqning ijtimoiy munosabatlarga Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 31 yuridik taʼsir etishning asosiy yo’nalishlari tushuniladi, ya’ni ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ularga yuridik taʼsir etishning asosiy yo’nalishlari huquq funksiyalari hisoblanadi. Huquq funksiyalarning asosiy xususiyatlari quyidagilar: huquq funksiyalari huquqning mohiyatidan kelib chiqadi va jamiyatdagi asosiy ijtimoiy vazifasidan kelib chiqadi; ijtimoiy munosabatlarga taʼsir etish zaruratidan kelib chiqadi; doimiylik xususiyatiga ega boʻladi. Huquq funksiyalari ikkiga boʻlinadi. Bular quyidagilar: 1 – regulyativ funksiya, yaʼni tartibga soluvchi funksiya; 2 – negativ, ya’ni qo’riqlovchi funksiya. Huquqning regulyativ funksiyasi deganda, jamiyat aʼzolarining yurish-turishi va xulq- atvorining barchaga maʼqul boʻlgan ijobiy qoidalarini oʻrnatish tushuniladi, yaʼni shunday qoidalarni oʻrnatib ijtimoiy munosabatlar yuridik jihatdan tashkil etiladi hamda shaxslar o’rtasidagi munosabatlar uyg’unlashtiriladi, barqarorlashtiriladi va ideal huquqiy munosabatlar yaratiladi. Regulyativ funksiya ham oʻz navbatida ikkiga boʻlinadi.Bular quyidagilar: 1. Regulyativ statik funksiya; 2. Regulyativ dinamik funksiya. Regulyativ statik funksiya deganda, huquq ijtimoiy munosabatlarga, ushbu ijtimoiy munosabatlarning holati, erishilgan darajasini mustahkamlash va barqarorlashtirish maqsadida taʼsir etishi tushuniladi. Regulyativ statik funksiya inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlash, davlat organlari va mansabdor shaxslarning vakolatlarini aniq belgilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini belgilashda namoyon bo’ladi. Regulyativ statik funksiya vakolat beruvchi hamda man etuvchi huquq normalarni qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Regulyativ dinamik funksiya deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ularning kelajakdagi rivojlanishi, o’zgarishi va takomillashishini belgilab berish maqsadida taʼsir etish tushuniladi, yaʼni regulyativ dinamik funksiya amalga oshishi uchun huquq normalari qabul qilinadi va ushbu normalarda belgilangan qoidalar natijasida ijtimoiy munosabatlar rivojlanadi va takomillashadi. Ushbu funksiya majburiyat yuklovchi normalarni qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan, qonunlarda fuqarolarga bir qancha majburiyatlar yuklatilgan. Misol uchun: soliqlarni toʻlash, mehnat intizomiga rioya qilish, shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish kabilar. Huquqning regulyativ funksiyasi quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi: huquq normalarida fuqarolarning huquq va muomala layoqatlarini belgilab qoʻyish; fuqaroning huquqiy maqomini belgilash; davlat organlari va mansabdor shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va vakolatlarini belgilash; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 32 yuridik shaxslarning huquqiy holatini belgilash; huquq munosabatlarini vujudga keltiruvchi, oʻzgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlarni belgilash; huquq subyektlari o’rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilash; huquqiy tartibga soluvchi jihatlarni aniq belgilash; Huquqning negativ funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ularni muhofaza etish va daxlsizligini taʼminlash maqsadida hamda jamiyatga yot, zararli munosabatlarni chiqarib tashlash maqsadida taʼsir etish tushuniladi. Huquqning qoʻriqlovchi funksiyasining xususiyatlari quyidagilar: huquq bu funksiyada jamiyat aʼzolarini jazo qoʻllash va yuridik javobgarlikka tortish bilan ogohlantirib, ularning irodasiga va xulq-atvorga taʼsir oʻtkazadi; davlat huquq normalarida muayyan ijtimoiy qadriyatlarni oʻz himoyasiga oladi va shu orqali ushbu qadriyatlarni buzmaslik haqida kishilarga axborot beradi; huquq ushbu funksiya orqali jamiyatning huquqiy ma’daniyati darajasini belgilab qoʻyadi. Huquq shakli Huquq shakli deganda,huquqning tashqi ifodalanishi tushuniladi, yaʼni huquq shakli bu huquq mazmunining tuzilishi, uning namoyon bo’lishi ifodasidir.Demak, huquq – huquq shakli orqali namoyon boʻladi. Ayrim huquqshunoslar huquq shakli va huquq manbayini bitta narsa deb hisoblaganlar, lekin koʻpchilik huquqshunoslar ularni bir narsa emas deyishgan.Huquq manbayi deganda, huquqiy qoidalarni oʻzida ifodalovchi normativ huquqiy hujjatlar tushuniladi. Huquq shakli huquq manbayidan kengroq tushuncha hisoblanadi va huquq manbayini ham oʻz ichiga oladi.Demak, huquq manbayi ham huquq shakli ekan va huquqning huquq manbayidan ham boshqa shakllari ham bor ekan. Huquq shakllari quyidagilar: 1) huquqiy odat; 2) yuridik pretsedent; 3) normativ huquqiy hujjatlar; 4) normativ shartnomalar. Huquqiy odat ijtimoiy munosabatlarning tartibga solishning bir koʻrinishi bo’lgan. Odat deganda, doimiy takrorlanishi natijasida kishilarning ongida shakllangan xulq-atvor qoidasi tushuniladi. Jamiyatda huquqiy odatning shakllanishi uch bosqichda amalga oshgan.Ular quyidagilar: 1 – odatning mutlaq hukmronligi davri; 2 – odat va huquqning birgalikda amal qilgan davri; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 33 3 – huquqning mutlaq hukmronligi davri. Huquqiy odat – bu uzoq davr mobaynida amalda boʻlishi va takrorlanishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan maʼqullangan hamda barcha uchun umummajburiy boʻlgan yurish-turish qoidalari hisoblanadi.Masalan, Angliyada ingliz odat huquqi mavjud va ushbu odat davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Huquqiy odatning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 1) Huquqiy odat nisbatan mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan va u koʻp boʻlmagan odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi; 2) Huquqiy odat shakllanishiga koʻra diniy normalar bilan bog’liq bo’ladi. Huquqiy odat anglo-sakson huquq oilasiga kiradigan davlatlarda mavjud.Masalan, Angliya, Skandinaviya davlatlarida, Lotin Amerika davlatlarida hamda Afrika davlatlarida nisbatan mavjud. Yuridik pretsedent deganda, maʼmuriy yoki sud organining muayyan ish boʻyicha chiqargan ogʻzaki yoki yozma qarorini kelgusida xuddi shunga oʻxshash ishlarni koʻrib chiqishda yuridik asos sifatida qoʻllanilishi tushuniladi. Yuridik pretsedent oʻz navbatida ikkiga boʻlinadi.Bular: 1- maʼmuriy pretsedent; 2- sud pretsedenti. Sud pretsedenti ham oʻz navbatida ikki turga boʻlinadi.Bular quyidagilar: 1. Orginal president. Qonun va odat normalari bir-biriga to’g’ri kelmay qolgan taqdirda sud tomonidan yangi norma qabul qilinadi va endi ijtimoiy munosabatlar ushbu normalar bilan tartibga solinadi. Anglo-sakson huquqiy oilasiga kiruvchi davlatlarda ushbu qoida qoʻllaniladi, ya’ni sud huquq ijodkorligi vakolatiga ega. Roman-german huquqi oilasiga kiruvchi davlatlarda esa bu qoidalar mavjud emas, yaʼni sudyalar huquq ijodkorligi vakolatiga ega emas, ular faqat huquqni qoʻllash vakolatiga ega hisoblanadi; 2. deklaratoruo pretsedent. Bunda muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun sudning oldin qabul qilgan hukmi yoki qarori qoʻllaniladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling