Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Huquqning asosiy belgilari quyidagilar: 
1. Huquq normalari yoki xulq-atvor qoidalari tizimi hisoblanadi, ya’ni huquq bir tartibli, 
mantiqiy ketma-ketlikdagi o’zaro uzviy bog’langan qismlardan tashkil topgan. Masalan, 
normativ huquqiy hujjatlar; 
2.Huquq davlat tomonidan o’rnatilgan, rasmiylashtiriladigan yoki ma’qullangan normalar 
tizimi hisoblanadi; 
3.Huquq – umummajburiy xususiyatga ega normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi 
hisoblanadi; 
4.Huquq – normativ xususiyatga ega rasmiy talab yig‘indisi hisoblanadi, ya’ni huquq 
normativ – qa’tiy, imperativ – buyruq xarakteriga ega hamda davlat hokimiyatining kuchiga 
tayanadi,ya’ni majburlov kuchiga tayanadi. 
5. Huquq davlat tomonidan muhofaza qilinadi va ta’minlanadi. 
Huquqni tushunish deganda, insonning huquqni anglashi va uni o’zi uchun baholashi 
hamda huquqqa o’z munosabatini bildirishi tushuniladi.
Huquqni tushunish haqidagi dastlabki tasavvurlar yunon va rim olimlari asarlarida 
uchraydi. Misol uchun, Arastu, Suqrot, Aflotun kabi olimlar asarlarida huquqni oliy haqiqat 
ma’nosida tushunganliklarini keltirib o’tganlar.  
Huquqni - haqiqat yo’lidagi irodaviy faoliyat degan tushuncha rim huquqshunosi Ulpian
asarlarida uchraydi. Uning fikricha, shaxslarning huquqiy faoliyati quyidagilarda namoyon 
bo’ladi: vijdonli, to’g’ri so’z bo’lish, boshqalarga zarar yetkazmaslik, har kimga o’ziga 
tegishli narsasini berishda namoyon bo’ladi. 
Huquqshunoslik fani rivojlanishi jarayonlarida huquning tushunishga doir bir qancha 
ta’limotlar, nazariyalar hamda yondashuvlar yaraldi. Xususan: legistik, tabbiy huquq
psixologik nazariyalari, libertar-yuridik, sotsiologik, tarixiy, integrativ yondashuvlar shular 
jumlasidandir. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 27 
 
Huquqni tushunishga oid legistik nazariya. Ushbu nazariya huquq va qonunni 
aynanlashtiradi. Bu nazariyani fanda yuridik pozitivizm hamda normativizm kabi nomlar 
bilan ham atashadi. 
Nazariya tarafdorlari: ingliz olimlari T. Gobbs, J. Ostin, nemis olimlari R. Iering, G. 
Kelzen,rus olimiShershenevich kabilar. 
Mohiyati – huquq – bu davlat hokimiyatining mahsuli hisoblanadi, ya’ni davlat tomonidan 
o’rnatilgan, qonun va talablarda, buyruqlarda, farmonlarda ifodalanadi. Davlat hokimiyati 
huquqdan ustun turadi, ya’ni davlat birlamchi, huquq esa ikkilamchi hisoblanadi. 
Ijobiy jihatlari – davlat tomonidan o’rnatilishi, tartibliligi hamda umummajburiyligi
Salbiy jihatlari – davlatning huquqdan ustunligi. Bunday vaziyatlarda inson huquqlari 
topdaladi. 
 
Tabiiy huquq nazariyasi.  
Nazariya tarafdorlari: yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun, Arastu, Sitseron, rim 
huquqshunoslari Ulpian, Pavel hamda yangi davr namoyondalaridan J.Lokk, T.Gobs, 
J.J.Russo, Spinoza, G.Grotsiy, Monteskye va shu kabi olimlar. 
Mohiyati – tabiiy huquq abadiy, o’zgarmas va azaldan mavjud hamda u haqiqiy, ijobiy 
huquqdir. 
Pozitiv huquq esa davlat hokimiyati inson irodasining mahsuli bo’lganligi uchun sun’iy 
huquqdir, shuning uchun ham tabiiy huquq pozitiv huquqdan ustun bo’lishi kerak va pozitiv 
huquq tabiiy huquqdan kelib chiqishi kerak. Demak, har qanday qonun ham huquqiy 
bo’lmasligi mumkin, qachonki bu qonun tabiiy huquqqa zid kelsa, ya’ni inson huquqlari 
manbayi qonunlar emas, balki tabiiy huquqdir. Uning asosini tenglik, haqiqat, ozodlik, 
erkinlik kabi axloqiy tushunchalar hosil qiladi. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling