Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

natijasida vujudga keladigan munosabat hisoblanadi; 
 Huquqiy munosabat – bu kishilarning o’zaro subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar 
vositasidagi aloqalari hisoblanadi;
 Huquqiy munosabat – bu irodaviy munosabat hisoblanadi;
 Huquqiy munosabat – bu davlat tomonidan qoʻriqlanadigan munosabat hisoblanadi. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 51 
Huquqiy munosabatlarni tasniflash deganda, huquqiy munosabatlarni turli belgi va 
xususiyatlariga ko’ra turlarga ajratish tushuniladi. Huquqiy munosabatlarni quyidagicha 
tasniflashimiz mumkin: 
I. Huquqiy munosabatlar huquq sohalariga koʻra: konstitutsiyaviy, maʼmuriy, jinoiy 
huquqiy munosabat va hakozo huquqiy munosabatlarga bo’linadi; 
II. Huquqiy munosabatlar mazmuniga ko’ra(huquq funksiyalariga ko’ra): 
o
regulyativ huquqiy munosabat – bu huquqiy munosabat subyektlarining huquqqa 
muvofiq xatti-harakatlari natijasida vujudga keladi; 
o
qo’riqlovchi, yaʼni negativ huquqiy munosabat – bu huquqiy munosabat 
subyektlarining huquqbuzarlik sodir etishi va ushbu huquqbuzarlikka nisbatan davlatning 
majburlov chorasini qoʻllanilishi natijasida vujudga keladi; 
III. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarining tengligi 
yoki boʻysunuv tarzdaligiga qarab:
o
avtonom huquqiy munosabat, yaʼni subyektlarning huquq va majburiyatlari tengligiga 
asoslanadi.Bu munosabatlarda subyektlarning huquq va majburiyatlari teng boʻladi; 
o
avtoritar huquqiy munosabat – bu hokimlik, boʻysinish tarzidagi munosabat, yaʼni 
iyerarxiyaga asoslangan munosabat hisoblanadi; 
IV. Ayrim huquqshunoslik adabiyotlarida kompleks huquqiy munosabatlar ham 
keltirilib oʻtilgan. Kompleks huquqiy munosabat deganda, uzoq davom etadigan, 
murakkab tarkibli, huquq va majburiyatlari koʻpqirrali boʻlgan munosabatlar tushuniladi. 
V. Huquqiy munosabatlarumumiy yoki aniqligiga qarab:
o
umumiy (abstrak) huquqiy munosabatlar deganda, shaxslarning asosiy huquq, erkinlik 
va majburiyatlaridan kelib chiquvchi munosabatlar tushuniladi.Bu munosabatlar, asosan, 
konstitutsiyaviy normalar asosida vujudga keladi; 
o
konkret (aniq) huquqiy munosabatlar esa umumiy huquqiy munosabatlardan kelib 
chiqadigan, huquq normalarning maxsus qismidagi normalar qoʻllanishi asosida vujudga 
keladigan munosabatlar hisoblanadi. 
VI. Huquqiy munosabatlar – huquq va majburiyatning taqsimlanishiga qarab:
o
mutlaq huquqiy munosabatlar. Bunda bir taraf huquq egasi boʻladi, ikkinchi taraf esa 
majburiyat o’tovchi taraf boʻladi va ikkinchi taraf majburiyat o’tovchi taraf, birinchi taraf 
huquqiy 
egasiga 
qarshilik 
koʻrsatmaydi.Masalan, 
qarz 
bilan 
bog’liq 
huquqiy 
munosabatlarda; 
o
nisbiy huquqiy munosabatda ikkala tarafda ham huquq va majburiyatlar 
boʻladi.Masalan, oldi-sotdi bilan bog’liq huquqiy munosabatlarda ikkala tarafda ham huquq 
va majburiyatlar mavjud. 
Huquqiy munosabatning strukturasi (ichki tarkibiy tuzilishi), yaʼni huquqiy munosabat 
qanday tarkibiy elementlardan tashkil topganligi tushuniladi. 
Huquqiy munosabat uchta elementdan tashkil topgan.Bular quyidagilar:
1. Huquqiy munosabatlarning subyekti; 
2. Huquqiy munosabatlarning obyekti;


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 52 
3. Huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etadigan subyektiv huquq va yuridik 
majburiyat hisoblanadi. 
Huquqiy munosabatlarning subyektlari deganda, huquq normalari bilan tartibga 
solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari, yaʼni subyektiv huquq va yuridik majburiyat 
egalari tushuniladi. 
Huquqiy munosabatlar subyektlari ikki xil toifaga boʻlinadi.Bular:
1) insonlar, yaʼni jismoniy shaxslar;
2) jamoaviy subyektlar (xalq, yuridik, shaxs, davlat va hakozo). 
Jismoniy shaxs deganda, Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va 
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tushuniladi (FK 16-m). 
Jamoaviy subyektlardeganda quyidagilar nazarda tutulishi mumkin: 
 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling