Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Yuridik shaxs deganda, xoʻjalik yuritish va operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka
ega boʻlgan hamda ushbu mol-mulk bilan oʻz majburiyatlari yuzasidan javob bera oladigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻladigan,huquqlarni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan hamda sudda daʼvogar va javobgar boʻla oladigan tashkilotlar, korxonalar, muassasalar tushuniladi (FK 39-m). Davlat ham huquqiy munosabatlarning subyekti boʻla oladi. Quyidagi hollarda davlat huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi mumkin: - xalqaro huquqiy munosabatlarda; - davlat huquqiy munosabatlarida, masalan, federal davlat bilan federatsiya subyektlari oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bo’ladi yoki davlat bir shaxsni fuqarolikka qabul qilayotganda yoki biror bir fuqaroga faxriy unvonlar berilganda; - fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, masalan, davlat mulkini sotganda, mulk sotib olganda, davlat merosxo’r bo’lganda ( FK 191,193-2-qism,1120,203,204-m); - jinoiy huquqiy munosabatlarda, masalan, jinoiy ish boʻyicha sud hukm qilganda va boshqa huquqiy munosabatlarda. Bundan tashqari, davlat idorasi ham huquqiy munosabatlar subyekti boʻla oladi. Alohida hollarda xalq, saylovchilar (elektorat), millatlar ham huquqiy munosabat subyekti boʻlishi mumkin. Huquqiy munosabat subyekti bo’lish uchun shaxsda huquq va muomala layoqati bo’lishi shart. Huquq layoqati deganda, shaxsning huquq normalariga muvofiq subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega boʻla olish qobiliyati tushuniladi. Jismoniy shaxslarda huquq layoqati ular tug’ilgan paytdan vujudga keladi hamda ular vafot etganda huquq layoqati barham topadi. ( FK 1118-moddasiga ko’ra insonda huquq layoqati tug’ilmasdan oldin ham vujudga kelishi mumkin). Huquqshunoslikda huquq layoqatining uchta turi mavjudligi belgilab qoʻyilgan.Bular: 1 –umumiy huquqiy layoqat, yaʼni har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsning barcha huquq sohasida huquq va majburiyatlarga ega boʻla olish qobiliyati tushunadi; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 53 2 – sohaviy huquqiy layoqat, ya’ni jismoniy yoki yuridik shaxsning qaysidir huquq sohasida subyekt boʻla olish qobiliyati tushuniladi.Masalan, moliya huquqida, soliq huquqida huquqlarga ega boʻlish uchun bir qancha talablar belgilangan; 3 –maxsus huquqiy layoqat deganda, muayyan lavozimni egallash munosabati bilan vujudga keladigan huquqiy munosabatlarning subyekti boʻla olish qobiliyati tushuniladi.Masalan, prezident, prokuror, sudya, tergovchi va boshqalar. Yuridik shaxslarning huquq layoqati va muomala layoqati bir vaqtda, ya’ni yuridik shaxsning tashkil etilishi bilan vujudga keladi hamda yuridik shaxs tugatilishi bilan ikkalasi ham barham topadi. Jismoniy shaxslarda huquq va muomala layoqati turli vaqtlarda vujudga keladi Muomala layoqati deganda,shaxslarning o’z subyektiv huquqlarini bevosita amalga oshirish va yuridik majburiyatlarini bevosita bajarish qobiliyati tushuniladi. Qoidaga koʻra hamma fuqaro huquq layoqatiga ega boʻladi, faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi mumkin (JK 45-m. OK 87-m), lekin muomala layoqatiga har bir fuqaro ega boʻlavermaydi. Shaxs voyaga yetganda, yaʼni o’n sakkiz yoshga toʻlganda uning muomala layoqati toʻla hajmda vujudga keladi. Shaxsning muomala layoqati turli huquq sohalarida turlicha vaqtda vujudga keladi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq sohasida muomala layoqati o’n sakkiz yoshdan boshlanadi (K 117-m), fuqarolik huquqi sohasida o’n sakkiz yoshda toʻla hajmda muomala layoqati vujudga keladi (FK 22-m), shuningdek ushbu huquq sohasida o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha ham muomala layoqati to’liqsiz hajmda mavjud boʻladi, mehnat huquqiy munosabatlarda muomala layoqati o’n olti yoshdan vujudga keladi, yaʼni shaxs o’n olti yoshdan mehnat shartnomasi tuzib ishlashi mumkin, oila-nikoh munosabatlarida muomala layoqati o’n sakkiz yoshdan boshlanadi (qonunda nazarda tutilgan hollarda bevosita tuman yoki shahar hokimlari qarori bilan muomala layoqati o’n yetti yoshdan ham vujudga kelishi mumkin), jinoiy huquqiy munosabatlarda muomala layoqati o’n olti yoshdan vujudga keladi, biroq ayrim hollarda shaxs og’ir jinoyat sodir etsa muomala layoqati o’n to’rt yoshdan vujudga keladi, maʼmuriy huquq sohasida muomala layoqati o’n oltiyoshdan vujudga keladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling