Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Komulyativ sanksiya. Agar normada asosiy jazolar bilan birga qoʻshimcha jazolar ham
nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu qoʻshimcha sanksiya kommulyativ sanksiya deyiladi (MJTK 210-m. Huquq normalarni turlarga ajratishda to’rtta me’zon bor. Bular: 1. Huquqiy tartibga solish predmetiga koʻra; 2. Huquqiy tartibga solish usuliga koʻra; 3. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyalariga koʻra; 4. Normani ifodalash shakliga ko’ra huquq normalarini turlarga ajratish mumkin. Huquqiy normalarning turlari quyidagilar: I. Huquq normalari - normaning mazmuniga ko’ra: o huquq va vakolat beruvchi normalar, yaʼni ushbu normalarda qanday harakatlarni sodir etish mumkinligini yoziladi; o majburiyat yuklovchi normalar, yaʼni ushbu normalarda qanday harakatlarni sodir etish lozimligi koʻrsatiladi; o man qiluvchi normalar, yaʼni ushbu normalarda qanday harakatlarni bajarishni taqiqlanganligi koʻrsatiladi; o ragʻbatlantiruvchi normalar, ya’ni davlat va jamiyat manfaatlariga foyda keltiradigan muayyan harakatlarni sodir etilganligi uchun rag’bat, imtiyoz belgilangan normalar hisoblanadi o tavsiya etuvchi normalarda xatti-harakat yoki xulq-atvorning davlat nuqtayi nazaridan eng maqsadga muvofiq varianti belgilangan bo’ladi; II. Huquqiy normalari – huquqiy tizimidagi oʻrni va ahamiyatigako’ra: o taʼsis etuvchi normalardadavlat tuzumining asosi – insonning asosiy huquq va erkinliklari, siyosiy va huquqiy tizimning asosi mustahkamlangan boʻladi; o deklarativ normalar – axborot berish, bayonot berish vazifasini bajaruvchi normalar hisoblanadi; Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 47 o operativ normalar, ya’ni tezkor normalar.Misol uchun,konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish; o kollizion normalar.Biror-bir holat bir necha huquqiy norma taʼsiriga tushib qolganda, bu holatni bartaraf etish uchun kollizion normalar qabul qilinadi; o definitiv, yaʼni taʼrif etuvchi normalarda biror-bir huquqiy tushunchaning taʼrifi, tavsifi keltirilgan bo’ladi; III. Huquq normalari– huquqiy tartibga solish funksiyalariga koʻra: o tartibga soluvchi normalarda ijtimoiy munosabat ishtirokchilari oʻrtasidagi munosabatlar huquqiy tartibga solingan boʻladi; o qoʻriqlovchi normalarda davlat va jamoat tartibi, jamiyatda oʻrnatilgan talablar buzilgan taqdirda tegishli javobgarlik qoʻllanishi keltirilgan boʻladi; IV. Huquq normalari – huquqiy tartibga solish predmetiga koʻra: konstitutsiyaviy huquq normalari, maʼmuriy huquq normalari kabilarga boʻlinadi V. Huquq normalari – moddiy va protsessualigiga koʻra: moddiy va protsessual huquqiy normalarga boʼlinadi. o moddiy huquqiy normalarda huquqiy munosabat subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilangan boʻladi; o protsessual huquqiy normalarda huquqiy munosabat subyektlarining huquqlarini amalga oshirishi va majburiyatlarini bajarishi, javobgarlikni belgilash tartibi va usullari keltirilgan boʻladi; VI. Huquq normalari – xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga ko’ra: o abstrakt (umumiy, mavhum) normalarda muayyan bir munosabat yaxlit holda umumiy tartibga solingan boʻladi; o kazuistik (konkret, aniq) normalarda muayyan ijtimoiy munosabatlarning bir qismi aniq tartibga solingan boʻladi; VII. Huquq normalari kelib chiqishiga koʻra: o asosiy normalar – bular qonun hujjatlari hisoblanadi; o hosila normalari – bular qonunosti hujjatlari hisoblanadi; VIII. Huquq normalari – amal qilish hududiga koʻra: o umumiy amal qiluvchi normalar, ya’ni mamlakatning butun hududida amal qiladigan normalar hisoblanadi; o mahalliy miqyosda amal qiluvchi normalar, yaʼni muayyan bir viloyat tuman-shahar hududlarda amal qiluvchi normalar hisoblanadi; o lokal normalar, yaʼni muayyan sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar hisoblanadi; IX. Huquq normalari –subyektlariga ko’ra: o umumiy normalar, yaʼni hamma subyektlar uchun taalluqli boʻlgan normalar; o maxsus normalar, yaʼni muayyan guruh yoki aniq belgilangan subyektlar uchun taalluqli boʻlgan normalar hisoblanadi; X. Huquqiy normalar – huquqiy tartibga solish usuliga ko’ra: Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 48 o imperativ normalar, yaʼni qatʼiy norma boʻlib, xatti-harakat huquq subyektiga belgilangan qoidadan chetga chiqishni man etadi; o dispozitiv normalarda huquqiy munosabat ishtirokchilariga oʻz xatti-harakatlarining variantlari, huquq va majburiyatlarning kelishib olish imkoniyati berilgan bo’ladi. Huquqiy ong va madaniyat Ong – bu insonning olam haqidagi munosabatlarini ifodalovchi bilimlar, axborotlar, tasavvurlar, tuygʻularning yig’indisi hisoblanadi.Demak,ong – bilim va tasavvurlarning in’ikosi (aksi) hisoblanadi. Axborotlarning ongda aks etish formulasi kazus (vOqe’a) Bilim tafakkuR huquqiy Ong = mafkuRa Ruhiyat Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 49 Huquqiy bilim – bu insonning huquq, davlat, jamiyat, qonunchilik, huquqiy munosabatlar, huquqiy hodisalar haqidagi axborotlarning yig’indisi hisoblanadi. Huquqiy bilim huquqiy tafakkur orqali inson ongida aks etadi, ya’ni anglanadi. Huquqiy tafakkur– bu insonning atrofdagi huquqiy kazuslarni huquqiy bilimlar vositasida ijodiy fikrlash va faol aqliy tahlil yuritish orqali tushunish, anglash qobiliyati hisoblanadi. Huquqiy ong deganda, kishilarning huquq haqidagi tushuncha va bilimlarga ega boʻlishi hamda huquqiy voqealiklar haqidagi tasavvurlarning tafakkur vositasida inson ongida aks etishi tushuniladi. Huquqiy ong nazariy jihatdan ikki qismga boʻlinadi.Bular: Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling