Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
Huquqiy mafkura– bu har xil huquqiy voqea-hodisalar haqidagi fikr, tushuncha,
gʻoya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimi hisoblanadi.Demak, huquqiy ongning huquqiy mafkura qismida biror-bir huquqiy hodisa va voqealar haqidagi huquqiy bilim va g’oyalar aks etadi. Huquqiy ruhiyat– bu har xil huquqiy voqea va hodisalar haqidagi inson ongida vujudga keladigan va ongga singib ketadigan his-tuygʻu va kechinmalar hisoblanadi. Huquqiy ongning darajasiga ko’ra uchta turi mavjud. Bular: Oddiy huquqiy ong, yaʼni insonlarda kundalik hayotda huquqiy tajribalar orqali vujudga keladigan oddiy kundalik tushunchalar chegarasidagi huquqiy ong hisoblanadi; Kasbiy huquqiy ong huquqshunoslik fanlarini oʻqishdan boshlanadi va huquqiy amaliyot jarayonida takomillashadi; Ilmiy huquqiy ong – bu huquqiy haqiqatni toʻgʻri aks ettiruvchi bilimlar tizimi hisoblanadi, yaʼni bu huquqshunos olimlar onggi hisoblanadi. Huquqiy ongning vazifasi shaxsning va jamiyatning huquqiy ongini shakllantirish, yuksaltirish hisoblanadi. Huquqiy ongning funksiyalari quyidagilar: axborot olish funksiyasi; baholash funksiyasi; tartibga solish funksiyasi; gnoseologik (ilmiy bilish) funksiyasi; o’zini o’zi boshqarish funksiyasi; tashkil etish, uyushtirish funksiyalar(kommunikativ funksiya) hisoblanadi. Huquqiy tarbiya – bu insonlar ongiga huquqiy bilimlarni singdiruvchi vosita hisoblanadi. Demak, huquqiy ong huquqiy tarbiya vositasida shakllantiriladi.Huquqiy tarbiya qanchalik mukammal boʻlsa, huquqiy ong ham shunchalik mukammal shakllanadi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 50 Huquqiy madaniyat deganda, mavjud huquq va qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquq normalariga soʻzsiz rioya qilishi va ularni bajarmaganlarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi tushuniladi. Huquqiy madaniyatning funksiyalari quyidagilar: regulyativ funksiya; huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi aksiologik (baholovchi) funksiya huquqiy voqealiklarni baholashda namoyon bo’ladi; huquqiy madaniyatning sotsiologik funksiyasi huquqiy tarbiyani tashkillashtirish, huquqiy taʼlimni shakllantirish va huquqiy yordam koʻrsatish jarayonini faollashtirishda namoyon bo’ladi; kommunikativ funksiya aholining va jamiyatning oʻzaro huquqiy aloqadorligida, muloqotida, fikr almashinishida namoyon bo’ladi; prognostik (bashorat) funksiyalari hisoblanadi. Huquqiy munosabat Munosabatlar deganda, aloqalar tushuniladi. Huquqiy munosabatlar deganda, o’zaro subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar bilan bogʻliq shaxslar o’rtasidagi muayyan yuridik faktlar asosida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan aloqalar tushuniladi. Munosabatni ikki guruhga ajratish mumkin. Bular: 1. Texnikaviy munosabat – bu inson va texnika oʻrtasiga munosabat; 2. Ijtimoiy munosabat – bu inson va inson oʻrtasidagi munosabat hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar ham mazmuniga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi.Masalan, urf- odat, odob, axloq, siyosiy munosabatlar, diniy munosabatlar, doʻstlik munosabatlari va shular bilan birgalikda huquqiy munosabatlarga bo’linadi. Demak, huquqiy munosabat – bu ijtimoiy munosabat hisoblanadi, lekin har qanday ijtimoiy munosabat ham huquqiy munosabat boʻlavermaydi. Huquqiy munosabatning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar: Huquqiy munosabat – bu ijtimoiy munosabat hisoblanadi; Huquqiy munosabat – bu huquq normalarining insonlar xulq-atvoriga taʼsiri Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling