Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Yuridik hodisalar deganda, insonning erki, irodasi, ongi va ehtiyojiga bog’liq bo’lmagan 
voqealar tushuniladi. Masalan, insonning tug’ilishi, o’lishi, tabiat hodisalari va boshqalar. 
Yuridik harakatlardeganda, huquqiy munosabat subyektlarining irodasi, erki, xohishi, 
ongi va ehtiyoji bilan bog’liq boʻlgan faktlar tushuniladi. 
Yuridik harakatlar ikki turga boʻlinadi. Bular:
 
huquqqa muvofiq harakatlar; 
 
huquqqa zid harakatlar. 
Amaldagi huquq normalari asosida vujudga keladigan hamda shu normalar bilan tartibga 
solinadigan harakatlar huquqqa muvofiq harakat hisoblanadi.
Huquqqa muvofiq harakatlar ham ikkiga boʻlinadi. Bular:
 yuridik aktlar. Bunda huquqqa muvofiq harakatlar muayyan oqibatni vujudga keltirishi 
nazarda tutilib sodir etiladi. Masalan, fuqarolik-huquqiy bitimlar; 
 yuridik xatti-xarakatlar. Bunda subyektlar tomonidan huquqiy oqibatlarga olib 
kelishini atayin nazarda tutilmagan holatda sodir etiladi, lekin oqibatlar qonunda nazarda 
tutilganligi uchun ham vujudga keladi. Masalan, yozuvchi asar yozgan vaqtda, unda 
mualliflik huquqi vujudga keladi. 
Huquq normalari talablariga zid va ularni buzadigan harakatlar huquqqa xilof harakatlar 
deyiladi. 
Huquqqa zid harakatlar mazmuni va xususiyatiga koʻra to’rtta turga boʻlinadi. Bular: 
1) jinoiy huquqqa zid harakatlar
2) maʼmuriy huquqqa zid harakatlar; 
3) fuqaroviy huquqqa zid harakatlar; 
4) intizomiy huquqqa zid harakatlar hisoblanadi. 
Huquq tizimi 
Huquq tizimi deganda, huquqning tuzilishi, uning ichki strukturasi tushuniladi, yaʼni 
huquqning qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligi hamda ushbu qismlar o’rtasidagi 
oʻzaro aloqadorlik tushuniladi. 
Huquq tizimi quyidagi tarkibiy elementlardan tashkil topgan. Bular: 
I. Huquq normasi; 
II. Huquq instituti; 
III. Huquq tarmogʻi (sohasi). 
Huquq normasi huquq tizimining birinchi tarkibiy elementi hisoblanadi. 
Huquq instituti deganda, ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladigan 
huquq normalarning yig’indisi tushuniladi. Demak, bir necha huquq normalari yig’ilib 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 56 
huquqiy institutini tashkil qiladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-
31-moddalari bir guruhga yig’iladi hamda bitta huquq instituti, yaʼni shaxsiy huquq va 
erkinliklar instituti tashkil topadi, maʼmuriy huquqda zaruriy mudofaa instituti, mansabdor 
shaxs instituti, fuqarolik huquqida bitimlar instituti, shartnomalar instituti, oldi-sotdi 
shartnomalari instituti, oila huquqida nikoh tuzish tartibi va shartlari instituti kabilar. 
Huquq institutlarini turlicha guruhlashtirish mumkin. Huquqshunoslikda huquq institutlari 
huquq tarmoqlari boʻyicha guruhlarga ajratiladi, yaʼni nechta huquq tarmogʻi bo’lsa, uning 
ichida bir nechta huquq institutlari mavjud boʻladi, shuningdek huquq institutlarini 
tarmoqlararo institutlarga ham ajratish mumkin. Masalan, aybsizlik prezumpsiyasi instituti – 
jinoyat, maʼmuriy, jinoyat protsessual huquqi sohalarida ham mavjud, sudlarning 
mustaqilligi instituti – konstitutsiyaviy huquq sohasida, jinoyat protsessual huquqi sohasida, 
fuqarolik protsessual huquq tarmoqlarida ham bu institut mavjud. 
Bitta huquq instituti bir nechta sub institutlarga ham boʻlinishi mumkin. Masalan, 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari 
erkinliklari va burchlari instituti mavjud. Ushbu institut fuqarolik, shaxsiy huquq va 
erkinliklar, iqtisodiy huquqlar institutiga, ijtimoiy huquqlar institutiga, siyosiy huquqlar 
institutiga, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, fuqarolarning burchlari deb 
nomlanuvchi sub institutlarga ajratiladi. 
Huquq tarmogʻi – bu bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy 
normalar va huquqiy institutlarning umumiy majmui hisoblanadi. Masalan, konstitutsiyaviy 
huquq tarmogʻi, oila huquq tarmogʻi, jinoyat huquq tarmogʻi va hakozo. 
Mustaqil huquq tarmogʻi tashkil topish uchun quyidagi shartlar boʻlishi kerak:
 
bir turdagi oʻziga xos ijtimoiy munosabat boʻlishi kerak; 
 
shu munosabatlarning hajmi va murakkabligi
 
bu munosabatlarni boshqa huquq tarmoqlari normalari bilan tartibga solishning imkoni 
yo’qligi
 
bu munosabatlarni tartibga solishning alohida usullari qoʻllanishining zarurligi. 
Huquq tizimini turli xususiyat va mezonlarga koʻra bir nechta tarkibiy qismlarga ajratish 
mumkin. Bular: 
I. Huquq tizimini ommaviy va xususiy huquqqa ajratish mumkin. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling