Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Birinchidan, O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari, uning butun hududida amal qilinishi 
va barcha normativ huquqiy hujjatlar qonun asosida qabul qilinib, unga zid bo’lmasligi 
kerak; 
Ikkinchidan, O’zbekiston qonunlari, uning ijtimoiy va davlat tuzumini hamda barcha millat 
va elatlarning manfaatlarini qo’riqlaydi; 
Uchinchidan, mamlakatning butun hududida qonunlar bir xilda qo’llaniladi; 
qonunning ustuvorligi va hamma uchun majburiyligi; 
qonuniylik va maqsadga muvofiqlik prinsipi; 
qonuniylikning aholi ma’daniy darajasi bilan bog’likligi prinsipi. 
Qonuniylik kafolatlari deganda, huquqlardan foydalanish va huquqiy majburiyatlarni 
amalga oshirish uchun hamda fuqarolik jamiyati institulari tomonidan maxsus ishlab 
chiqilgan turli-tuman usul va vositalar tushuniladi. Ushbu kafolatlar quyidagilar: 
Iqtisodiy kafolatlar quyidagilar: 
 
jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi;
 
samarali soliq tizimi; 
 
yuqori darajadagi ishlab chiqarish;
 
moddiy ne’matlarning adolatli taqsimoti tizimining mavjudligi;
 
iqtisodiyotning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganligi;
 
xilma-xil mulk shakllarining mavjudligi;
 
monopoliyaning cheklanganligi;
 
ijtimoiy inqirozning yo‘qligi;
 
fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy va moddiy ta’minlanganligi va h.k; 
Siyosiy kafolatlar quyidagilar:
 
davlat va uning faoliyati yuqori darajada tashkil qilinganligi;
 
hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining joriy etilganligi;
 
davlat organlarining Konstitutsiya asosida tuzilganligi;
 
demokratik siyosiy tartibning mavjudligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi; 
Mafkuraviy kafolatlar quyidagilar:
 
jamiyatda hurfikrlilik, so‘z va fikr, ma’naviy rivojlanish erkinligi;
 
diniy bag‘rikenglikning amal qilishi va insonlarning yuqori ma’naviyatga egaligida 
namoyon bo‘ladi 
Ijtimoiy kafolatlar quyidagilar: 
 
qonunlarni qabul qilishda aholining ijtimoiy himoya muhtoj bo’lgan qatlamlarining 
manfaatlari inobatga olinishi; 
 
qonunlarda jamiyatning barcha a’zolarga birdek talablar belgilanishi kerak; 
 
aholining bandlik darajasining yuqoriligi; 
 
ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanganligi; 
 
davlat tomonidan aholining kam ta’minlangan qismining ijtomoiy himoyalanganligi; 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 74 
Jamoatchilik 
kafolati 
deganda, 
qonunlarning 
ijrosini 
ta’minlashda 
keng 
jamoatchilikning, ya’ni siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, kasaba 
uyushmalari, mahalla, maktab, bog’cha va boshqa ta’lim muassasalarining faol ishtiroki 
tushuniladi; 
Yuridik kafolatlar quyidagilar: 
 
qonunchilik faoliyati va huquqiy tizimning mukammalligi
 
fuqarolarning yuqori darajada huquqiy ong va ma’daniyatga egaligi; 
 
yuridik ta’limning rivojlanganligi va bosh. 
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot ikki usulda ta’minlanadi. Bular: 
1- Ishontirish usuli. Bunda keng xalq ommasiga huquqiy normalar mazmuni 
tushuntiriladi, qonunlar xalqning onggiga huquqiy tarbiya vositasida singdiriladi; 
2- Majburlash usuli. Bunda huquqiy normalar buzilgan taqdirda vakolatli davlat 
organlari tomonidan majburiy choralar qo’llaniladi. 
Huquqiy tartibot 
deganda, ijtimoiy munosabatlarni huquq normalari bilan tartibga 
solinganligi tushuniladi, ya’ni qaysi davlatda qonuniylik to’liq ta’minlangan bo’lsa, o’sha 
davlatda huquqiy tartibot ham o’rnatilgan bo’ladi. 
Jamoat tartiboti deganda, huquqiy normalarni amalga oshirish hamda jamiyatda 
o’rnatilgan axloq, odob va huquqiy bo’lmagan yurish-turish qoidalarini hurmat qilish 
tushuniladi.
Huquqiy tartibotning prinsiplari quyidagilar: 
Qonuniylik prinsipi; 
Huquqiy tartibotning yagonaligi prinsipi, ya’ni mamlakatning butun hududida yagona 
huquqiy tartib o’rnatilishi kerak; 
Iyerarxiyaga asoslanganligi, ya’ni huquqiy tartibotni amalga oshirishda huquqiy 
munosabat subyektlari normativ huquqiy hujjatlarning pog’onama-pog’ona joylashuviga 
qa’tiy rioya qilishi kerak; 
Adolatlilik prinsipi; 
Huquqiy tartibotning kafolatlanganligi prinsipi, ya’ni huquqiy tartibot davlatning 
ishontirish va majburlash choralari bilan ta’minlanadi; 
Huquqiy 
tartibotning 
normativligi 
prinsipi, 
ya’ni 
ijtimoiy 
munosabatlar 
umummajburiy bo’lgan huquqiy normalar orqaligina tartibga solinishi kerak; 
Nazoratga olinganlik prinsipi, ya’ni huquqiy tartibotni amalga oshirilishi davlat va 
jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishi kerak. 
Huquqiy tartibotni bir necha xususiyatlarga ko’ra turlarga ajaratish mumkin. Bular: 
o
Hududiy miqyosiga ko’ra: mamlakat miqyosida, viloyat miqyosida va tuman, shahar 
miqyosida o’rnatilgan huquqiy tartibotlarga bo’linadi; 
o
Huquq sohasiga ko’ra; 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 75 
o
Huquqiy ta’siriga ko’ra: umumhuquqiy, sohaviy va alohida huquq normalari bilan 
o’rnatilgan huquqiy tartibot. 
Huquqiy tartibotga kuchli intizom orqali erishiladi. 
Intizom deganda, davlat organlari, tashkilot, muassasalarda hamda jamoat tashkilotlarida 
o’rnatilgan va amal qilinishi lozim bo’lgan ichki tartib qoidalari tushuniladi. 
Huquqshunoslikda intizom uch turga bo’linadi. Bular: 
1- Davlat intizomi deganda, davlat tomonidan o’rnatilgan va shu davlat hududida 
yashovchi barcha fuqarolarning bajarishi majburiy bo’lgan tartib qoidalarga rioya etishi 
tushuniladi; 
2- Harbiy intizom deganda, barcha harbiy xizmatchilarning harbiy nizomlar, ustavlar va 
boshliqlarining qonuniy buyruqlari bilan belgilangan tartib qoidalarga rioya etishi 
tushuniladi; 
3- Mehnat intizomi deganda, korxona, tashkilot, muassasalarda o’rnatilgan tartib 
qoidalarga barcha xodimlarning rioya etishi tushuniladi. 
!Intizom bu tartib qoida emas, balki ushbu tartib qoidaga aniq rioya qilish intizom 
hisoblanadi. 
Davlat, harbiy va mehnat intizomlar buzilganda, bunda tegishli intizomiy jazo choralari 
qo’llanishiga sabab bo’ladi. 
Yuridik ixtilof (kolliziya) 
Yuridik ixtilof (kolliziya) deganda, aynan bir yoki oʻxshash ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar oʻrtasidagi nomutanosiblik yoki qarama-
qarshilik, shuningdek huquqiy hujjatlar bilan huquqiy tartibot o’rtasidagi yoki huquqiy 
hujjatlarni o’zgartirish, e’tirof etish va rad etish bo’yicha harakatlar o’rtasidagi hamda 
mutasaddi davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini amalga 
oshirish jarayonida kelib chiqadigan qarama-qarshilik tushuniladi. 
Yuridik ixtiloflarni bartaraf etish uchun yangi huquq tarmog’i kollizion huquq tarmog’i 
vujudga kelmoqda. 
Yuridik nizo (konfilikt) deganda, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning 
o’zini o’zi boshqarish organlari va davlat organlari o’rtasidagi g’ayriqonuniy qarama-qarshi 
kurash tushuniladi. Yuridik nizolarni o’rganuvchi yuridik konfiliktologiya fani mavjud. 
Hozirgi kunda qonunchilikdagi yuridik ixtiloflarni bartaraf etish boʻyicha huquq normalarini 
unifikatsiya 
qilish 
(birlashtirish) 
differensiyatsiyalash 
(turkumlashtirish) 
hamda 
birlashtirish va alohidalash jarayoni kelib chiqmoqda. 
Kollizion normalar bilan raqobatlashuvchi normalarni bir-biridan farqlash lozim. 
Kollizion normalar bir-biriga qarama qarshi boʻlgan va bitta ijtimoiy munosabatni tartibga 
soladigan normalar hisoblanadi. 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 76 
Raqobatlashuvchi normalar deganda, oʼzaro qarama-qarshi boʻlmagan, faqat turlicha 
aniqlik darajasi va hajmi jihatidan farqlanuvchi bir necha normalarning bir turdagi ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solishi tushuniladi. 
Yuridik ixtiloflarni keltirib chiqaruvchi subyektiv va obyektiv sabablar mavjud. 
Yuridik ixtilofning subyektiv sabablari vakillik organlarining deputatlari, siyosatchilar, 
qonuniy yaratuvchilarning irodasi va huquqiy ongiga bogʼliq. 
Yuridik ixtilofning obyektiv sabablari deganda, huquq normalari bilan tartibga solinadigan 
ijtimoiy munosabatlarning ichki ziddiyati va oʻzgaruvchanligi tushuniladi. 
Yuridik ixtiloflarni quyidagi turlarga ajratib koʻrsatishimiz mumkin:
 
konstitutsiya bilan boshqa normativ hujjatlar oʼrtasidagi ixtilof;
 
qonunlar va qonunosti hujjatlar oʼrtasidagi ixtiloflar
 
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari 
oʻrtasidagi ixtiloflar; 
 
huquq ijodkorligi jarayonidagi ixtiloflar;
 
huquqiy tartibot va huquqni qoʻllash jarayonidagi ixtiloflar;
 
davlat organlari va mansabdor shaxslarning vakolatlarini amalga oshirishdagi 
ixtiloflar;
 
normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan maqsadlar oʻrtasidagi ixtiloflar;
 
milliy huquq normalari va xalqaro huquq normalari oʻrtasidagi ixtiloflar. 
Yuridik ixtiloflarni hal qilish usullari ikki guruhga ajratiladi. Bular: kelishuv tartibi 
(konsensus); sud tartibi. 
Kelishuv protsedurasi deganda, davlat organlari va boshqa subyektlar oʻrtasidagi yuridik 
ixtiloflarni kelishuv komissiyalarini tuzgan holatda ixtiyoriy kelishish bilan hal qilinishi 
tushuniladi. 
Kelishuv tartibining 3ta turi bor. Bular:
o
davlat organlari va boshqa subyektlar oʼrtasidagi yuridik ixtiloflarni koʻrib chiqib, 
bartaraf etish uchun tenglik asosida (paritet) kelishuv komissiyasi tuziladi va 
komissiyada nizoni hal qilish uchun qaror qabul qilinadi;
o
parlament palatalari oʻrtasidagi yuridik ixtiloflar boʻlganda palatalarda tenglik asosida 
kelishuv komissiyasi tuziladi;
o
tashkilotlar va muassasalar oʻrtasida ixtiloflar kelib chiqqanida hakamlik tartibida 
(arbitraj) koʻrib chiqib hal qilinadi. 
Sud tartibi (protsedurasi) deganda, yuridik ixtilof va nizolarni sudlarda koʻrib chiqilib 
hal etilishi tushuniladi. 
Yuridik ixtiloflarni hal etish usullari deganda, ziddiyat va nizolarni bartaraf etishning 
muayyan vositalari va uslublari tushuniladi. 
Yuridik ixtiloflarni hal etishning quyidagi usullari mavjud:
 
huquq normalarini sharhlash;
 
yangi huquqiy hujjatlarni qabul qilish;


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 77 
 
eski hujjatlarni bekor qilish;
 
amaldagi huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qo’shimchalar kiritish;
 
ixtiloflarni sud tartibida hal qilish;
 
normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;
 
kelishuv tartibi orqali;
 
konstitutsiyaviy sudlov orqali;
 
huquq normalari bilan amaliyot oʻrtasidagi bogʼliqlikni taʼminlash;
 
xalqaro kelishuv yoki sud tartibi orqali va hakozo. 
Huquqiy xulq-atvor va xatti-harakat. Huquqbuzarlik. 
Yuridik javobgarlik
.
Huquqiy xulq-atvor deganda, shaxsning huquq normalari mazmunini tushunib anglab
ushbu normalardagi qoidalarga nisbatan ijobiy munosabatda boʻlishi tushuniladi. Demak, 
huquqiy xulq-atvordan huquqiy xatti-harakat kelib chiqadi. 
Huquqiy xatti-harakat deganda, shaxsning huquq normalariga muvofiq ijtimoiy-foydali 
harakati va harakatsizligi tushuniladi. 
Huquqiy xulq atvorning oʻziga xos belgilari mavjud. Bular quyidagilar:
 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling