Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna
ijtimoiy xavflilik deganda, huquqbuzarning jamiyatdagi qadriyatlarga tajovuz qilishi,
shaxs va jamiyat manfaatlarini paymol qilishi tushuniladi, yaʼni huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavfliligi shundaki, u jamiyat hayotining maromi va huquqiy tartibotga zarar etkazadi; huquqqa xiloflilik, yaʼni huquqbuzarlik natijasida muayyan huquq normasining talabi buziladi. Bunda huquqbuzar huquq normasida belgilangan normalarni bajarmagan hisoblanadi; ayblilik deganda, huquqbuzarlikda ayblanayotgan shaxsning yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir boʻlishi hamda oʻz xatti-harakatlarini qasddan yoki ehtiyotsizlik orqali sodir etgan bo’lishi tushuniladi. huquqbuzarlikning jazoga sazovorligi, yaʼni huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishi tushuniladi; huquqbuzarlikka oid yana bir belgi huquqbuzarlik faqat shaxs tomonidan amalga oshiriladi. !Ayb deganda, bu shaxsning sodir etgan huquqqa zid harakat va harakatsizligiga hamda uning zararli oqibatlariga nisbatan qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi munosabati tushuniladi. Huquqbuzarlikning tarkibiy elementlari quyidagilar: Huquqbuzarlikning obyekti deganda, huquq normalari bilan tartibga solingan va qoʻriqlanadigan, huquqqa zid harakat yoki harakatsizlik natijasida zarar yetkazilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi; Huquqbuzarlikning subyekti deganda, huquqbuzarlikni sodir qilgan va oʻz qilmishlarining oqibati uchun yuridik javobgarlikni oʻtash qobiliyatiga (dilekt layoqatiga ega) yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Masalan, fuqarolik huquqbuzarligida subyekt ham jismoniy shaxs ham yuridik shaxs hisoblanadi, intizomiy, maʼmuriy huquqbuzarliklarda va jinoyatda subyekt jismoniy shaxslar hisoblanadi. Jinoyat subyektining uchta belgisi mavjud: jismoniy shaxslar, ya’ni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqoroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari hisoblanadi; aqli rasolik – bu huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini anglab oʻz xatti-harakatlarini tushunib yetishi hisoblanadi (mastlik, giyohvand va psixatrop moddalar taʼsirida jinoyat sodir etilsa, bu javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat hisoblanadi va shaxs ogʻirroq jazoga tortiladi); jinoiy javobgarlik qoʻllash yoshiga yetganlik. !Ruhiy kasallar va aqli norasolar jinoyat subyekti hisoblanmaydi, ammo ularga tibbiy yoʻsindagi taʼsir choralari qoʻllanishi mumkin; Huquqbuzarliklarning obyektiv tomoni deganda, shaxsning huquqqa zid harakat yoki harakatsizligi, ushbu harakat yoki harakatsizlik natijasida yetkazilgan zararli oqibatlar hamda huquqqa zid qilmish bilan zararli oqibat oʻrtasidagi sababli bogʼlanish tushuniladi. Obyektiv tomonning fakultativ belgisi huquqbuzarlik sodir etilgan joy, qurol, vositalar, usullar hisoblanadi. Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 80 Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni deganda, shaxsning sodir etgan huquqqa zid harakat yoki harakatsizligining oqibatlariga va ulardan kelib chiqadigan zararga boʻlgan ruhiy munosabati tushuniladi. Subyektiv tomonining asosiy belgisi ayb hisoblanadi. Fakultativ belgilari esa motiv, maqsad kabilar hisoblanadi. Ayb 2xil shaklda bo’ladi. Bular: !Qasd deganda, shaxsning huquqqa xilof harakatni sodir qilayotgan paytda oʻz harakatining huquqqa xilofligini, ijtimoiy xavfliligini va oqibatini tushungan, anglagan holda ushbu oqibat kelib chiqishini istab harakat qilganligi (toʼgʼri qasd) yoki ushbu oqibatni kelib chiqishiga ongli ravishda yoʻl qoʻyib berishi (egri qasd) tushuniladi (MJTK 11-m) (M: 40,41,52-2-qism-m JK 97,169,153). Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling