Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari quyidagilar:
 
jamiyat va shaxs oʻrtasidagi ehtiyojlar tizimida ijobiy mehnatning hal qiluvchi 
ahamiyatga egaligi;
 
fuqarolik jamiyatining asosiy mohiyati xususiy mulkchilik munosabatlari orqali 
belgilanadi;
 
xususiy mulkning qonun va davlat hokimiyati tomonidan toʻliq muhofaza qilinganligi;
 
fuqarolarning huquqiy jihatdan bir xil maqomga egaligi va qonun oldida tengligi; 
 
adolatli sud tizimining qaror topganligi sudning fuqarolarning huquqlarini himoya 
qiluvchi organga aylanganligi;
 
jamiyatning iqtisodiy faoliyati va shaxsning xususiy hayotiga davlat aralashuvining 
qonun doirasida cheklanganligi;
 
huquqiy davlatchilikning mavjudligi;
 
shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy mustaqilligi;
 
davlat, davlat organlari va fuqarolarning huquqning teng subyekti sifatida 
munosabatga kirishi;


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 85 
 
fuqarolar huquqlarini kafolatlash va ularning ustuvorligini taʼminlash mexanizmlarni 
tashkil qilish;
 
fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilmalari hisoblangan jamoat birlashmalari, nodavlat 
tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tashkil etilganligi;
 
jamiyatning yuksak madaniy axloqiy rivojlanganligi va insonlar oʼrtasidagi oʼzaro 
munosabatlar insof, iymon asosida bo’lishi va h.k. 
Fuqarolik jamiyatini namoyon qiluvchi asosiy belgilar quyidagilar:
o
koʻppartiyaviylik;
o
siyosiy plyuralizm;
o
oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining mavqei balandligi;
o
jamiyatni boshqarishda OAV roli kattaligi. 
Huquqiy davlat
deganda, insonning huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, bu 
jamiyatning barcha sohalarida huquqning ustuvorligi, qonunning ustunligi taʼminlangan, 
hokimiyatning boʻlinish prinsipiga asoslangan hamda hokimiyatni amalga oshirishda 
xalqning bevosita yoki vakillari orqali ishtirok etadigan demokratik davlat tushuniladi. 
Demak, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy shakli hisoblanib, davlat va jamiyat 
hayotida toʻliq huquqning hukmronligi taʼminlangan boʻladi.
Huquqiy davlat haqidagi ilk tushunchalar qadimgi yunon olimlari tomonidan ilgari 
surilgan, masalan, Suqrot, Platon kabi olimlar shular jumlasidandir.Platonning aytishicha, 
huquq hech kimning hukmronligi ostida boʻlmasligi kerak va hamma unga boʻysunishi 
kerak. 
Huquqiy davlat nazariyasining namoyondalari Gumbold, J.Lokk, T.Gobbs kabi 
olimlarning fikricha, davlat oʻzi birinchi navbatda huquqiy qonun qoidalarga amal qilishi 
lozim, soʻng ijtimoiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan talab qilinishi kerak. 
Huquqiy davlat etatik davlatdan juda katta farq qiladi. Ular oʻrtasidagi farqlar 
quyidagilar:
 
huquqiy davlatda huquqiy normalar nafaqat aholi uchun, balki davlat organlari va 
mansabdor shaxslar uchun ham bir xil boʻladi. Etatik davlatda esa, davlat organlari va 
mansabdor shaxslar huquqni ikkinchi darajali, uni bajarmasa ham boʻladi deb hisoblashadi;
 
huquqiy davlatda huquq va qonun bir biriga bogʻliq boʻladi va bir birida aks etadi;
 
huquqiy davlatda normativ huquqiy hujjatlar faqat qogʻozda emas, balki amaliyotda 
ham toʻliq aks etadi;
 
huquqiy davlatda normativ huquqiy hujjatlar iyerarxiyasiga asoslanadi;
 
huquqiy davlatda barchaning huquq va erkinliklari teng boʻladi, huquqlar bilan 
birgalikda majburiyatlar ham bo’ladi, huquqni amaliyotga tadbiq etilishi kafolatlangan 
boʻladi va huquqiy davlatda qaysidir subyektlarga imtiyoz berib boshqalarni imtiyozlardan 
cheklab qo’yilmaydi;
 
barcha davlat organlari va jamoat birlashmalari ligitim (xalqchil) boʻladi;
 
huquqiy davlat hokimiyat boʻlinish prinsipiga asoslanadi;


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 86 
 
huquqiy davlatda ichki qonunlar umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq normalariga 
muvofiq boʻladi;
 
huquqiy davlatda huquqiy tartibot buzilganda huquqiy himoya mexanizmlari amal 
qiladi va sud himoyachi boʻladi;
 
huquqiy davlatda davlat fuqarolar oldida masʼul va fuqarolar davlat oldida masʼul 
hisoblanadi. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling