Muallif Ustoz Javohir Halilov t me/ustoz javohir halilov +99833 543-00-01


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/44
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1012340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Davlat va Huquq Nazariyasi Namuna

Monarxiya boshqaruv shaklining belgilari quyidagilar: 
 Monarx davlatni shaxsiylashtiradi
 Monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig’i hisoblanadi; 
 Monarx davlatni yakka o’zi boshqaradi; 
 Monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi; 
 Hokimiyatni o’rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud bo’ladi; 
 Monarx o’z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik javobgar bo’lmaydi. 
Monarxiyaning uchta turi mavjud. Bular: 
a) mutlaq ( absolut ) monarxiya davlat hokimiyati yakka shaxs qo’lida to’planadigan 
va hokimiyat avloddan-avlodga meros tariqasida o’tadigan davlatning boshqaruv 
shakli tushuniladi. 
Mutlaq (absolut) monarxiya shaklining belgilari quyidagilar: 
 Monarx davlatni shaxsiylashtiradi; 
 Monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig’i hisonlanadi
 Monarx davlatni yakka o’zi boshqaradi; 
 Monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi; 
 Hokimiyatni o’rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud bo’ladi; 
 Monarx o’z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik javobgar bo’lmaydi. 
(Misol (M): Qadimgi Misr, Qadimgi Mesopatamiya, O’rta asrlarda Angliya
Amir Temur davlatlari) 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 11 
b) cheklangan monarxiyada, monarx vakolatlari qonun asosida yoki biror bir vakolatli 
davlat organi tomonidan cheklangan bo’ladi. Cheklangan monarxiya ham ikkiga bo’linadi. 
Bular: 
b)1. Dualistik monarxiyada, hokimiyat monarx va biror bir idora o’rtasida 
taqsimlanadi, lekin monarx vakolatlari ustun turadi. Masalan, parlament chiqargan qaror 
monarx tomonida tasdiqlanishi shart bo’ladi, agar tasdiqlamasa bu qaror kuchga kirmaydi. 
Ijro etuvchi hokimiyat esa to’liq monarx tominidan tuziladi. (M: Saudiya Arabistoni
Quvayt, Qatar) 
b)2.Parlamentar monarxiyada, hokimiyat monarx, parlament, hukumat yoki biror bir 
boshqa organlar o’rtasida taqsimlamgan bo’ladi va bunda parlamentning vakolati ustun 
bo’ladi. Parlament xalq tomonidan saylanadi. Hukumatni parlament tuzadi va u parlament 
oldida hisob beradi. Bunda monarx odatda urf-odat va an’ana, ramz sifatida saqlanib 
qolingan bo’ladi. (M: Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya) 
c) noan’anaviy monarxiyadaham monarxiya ham respublika elementlari uyg’unlashgan 
bo’ladi. Masalan, BAA yettita amirlikdan tashkil topgan, yettita amirlar amirlikni boshqaradi 
va ular o’zlarining orasidan 5 yil muddatga Oliy amirni saylaydi. Yettita amirlikning har 
birining boshqaruv shakli dualistik monarxiya hisoblanadi. 
Respublika deganda, davlat hokimiyati va boshqaruv oliy organlarining bevosita xalq 
tomonidan yoki xalq saylagan vakillar tomonidan muayyan vakolat muddatiga saylab 
qo’yilishi tushuniladi. 
Respublikaning uchta turi mavjud. Bular: 
1.Prezidentlik respublikasida:hukumatni prezident tuzadi; hukumat parlamentga hisobot 
beradi; prezident parlamentdan mustaqil holda faoliyat yuritadi; prezident normativ huquqiy 
hujjatlar qabul qiladi va prezident parlament qabul qilgan qarorlarga veto qo’yish huquqiga 
ega bo’ladi hamda ayrim holatlarda parlamentni tarqatib yuborish vakolatiga ham ega 
bo’ladi va asosan prezident xalq tomonidan saylanadi (M: Turkiya, AQSh, Rossiya); 
2.Parlamentar respublikada: hukumatni parlament tuzadi; hukumat parlament oldida 
hisobot beradi; parlament hukumatni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo’ladi; prezident 
parlament qabul qilingan qarorlarga veto qo’yolmaydi; prezidentni parlament saylaydi (M: 
Germaniya, Irlandiya, Hindiston); 
3.Aralash respublikada: hukumatni parlament tuzadi; prezidentni xalq saylaydi; hukumat 
parlament oldida ham prezident oldida ham hisobot beradi (M: Fransiya qisman) 
Davlatning tuzilish shakli deganda, davlatning siyosiy-ma’muriy-hududiy tuzilishi 
hamda davlatning oliy organlari bilan mahalliy organlari o’rtasidagi aloqasi tushuniladi. 
Davlat tuzilish shakli ikkiga bo’linadi. Bular: 
1) Oddiy (unitar); 
2) Murakkab (fedarativ va konfedarativ). 
Unitar davlat tuzilishida, mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga bo’linib (viloyat, 
tuman, shahar, okruk, shtat kabilar), ushbu birliklarda yagona oliy organ, yagona boshqaruv 


Muallif - Ustoz Javohir Halilov t.me/ustoz_javohir_halilov +99833 543-00-01 
HUQUQ O’qitish Markazi IIV Akademiyasi va Yuridik Universitetga tayyorlov t.me/huquq_markazi 12 
organlari tizimi, yagona qonunchilik tizimi, yagona fuqarolik, yagona hudud, yagona 
chegara, yagona armiya, yagona pul birligi mavjud bo’ladi (M: Indoneziya, Misr, Ukraina). 
Fedarativ davlat deganda, teng huquqli mustaqil davlatlar yoki boshqa hududiy birliklar 
(shtatlar, okruklar, kantonlar va h.k.) ixtiyoriy birlashuvi natijasida tashkil topgan murakkab 
ittifoqdosh davlat tushuniladi. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling