Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
Savol va topshiriqlar
1. Nega shoir «O'gut» she'rida o'z murojaatini aynan yigitlarga qaratganini izohlab bering. 2. O'zbek she'riyatida chaqiriq, murojaat shaklida bitilgan yana qanday asarlarni bilasiz? O'sha she'rlar bilan Fitrat asarining o'xshash va farqli jihatlarini topishga harakat qiling. 3. Sizningcha, she'riy chaqiriq, da'vatning odamga tez va samarali ta'sir ko'rsatishining asosiy sababi nimada? 4. «O'gut» she'ri lirik qahramonini nimalar umidlantiradi? 5. «Bu yurt uchun qutulishning borlig'in ko'rdim...» deganda ijodkor nimalarni nazarda tutadi? 6. She'riy asarda «Yel yoiini to'sib turgan eski bulutlar» shaklini olgan tarixiy hodisalar nimalar edi? («Mirrix yulduziga» she'ri tahlilida aytilgan faktlarni esga oling.) 7. «Bulutlarni yondirish», «yirtib tashlash», «barchasin yo'q etish», aslida, nimaning «vazifasi»? Shundan kelib chiqib, shoir yigitlami nimaga o'xshashlarini orzu qiladi? 8. Lirik qahramon talab etgan ishlarni qilolmaslik yigit uchun nega xo'rlik bo'lishi kerak? Bu xo'rlikning ortida nimalar turishini mulohaza qilib ko'ring-chi. 9. Ixtiyor Sizda bo'lganida, bu she'rga yana qanday sarlavhani taklif etgan bo'lardingiz? 10. Avvalgi sinflarda Fitratning yurtparvarlik rahida yozilgan qanday asarlarini o'rganganingizni eslang. Bu asarlar bilan «Mirrix yulduziga», «O'gut» she'rlari orasidagi o'xshash jihatlarni izohlashga urining. 11. «O'gut» she'ri bugungi yoshlar uchun ham da'vat boia oladimi? Fikringizni misollar bilan kengroq ifodalashga harakat qiling. 12. Shoir zamondoshlari uning o'gutiga to'liq quloq solib, amal qildilarmi? Natijasi nima boidi? «(iO'ZALIM, BEVAFCMXIJSTOMML.» Go'zalim, bevafo gulistonim, Bog'i umrimda toza rayhonim, G'am-u qayg'ularim hujumindan Sen eding mehribon nigahbonim. Meni behuda tashlading-ketding, Nega o'ldirmading-da, tark etding. Kel, gulim, kel, ayoqingg'a yiqilay, Bir zamon qo'y: to'lib-toshib yig'lay. Qo'y, biroz qo'yki, xoki poyingni Surmadek yoshli ko'zuma suray. Ketma, tur, tingla arzi holimni, Arz etay holi purmalolimni. Qani ul damki, sen eding yorim, Munisim, hamdamim, madadkorim. Sening og'ushi iltifotingda Rohat etmishdi jismi bemorim. Meni behuda tashlading- ketding, Nega o'ldirmading-da, tark etding. Kel, ayoqingg'a qon bo'lub to'kulay, Bir nafas dardi hajrdan qutulay. Kel, go'zal dilbarim, kel, sochingni Bir taray, bir o'pay-da, so'ngra... Meni behuda tashlading- ketding, Nega o'ldirmading-da, tark etding. Abdurauf Fitratning ko'p qirrali ijodkor ekanini ta'kidlagan edik. Uning lirik merosi ham she'riyatning turli janrlaridan tashkil topgani va bu asarlar mavzusi rang-barang insoniy his-larni o'zida mujassam etganini alohida ta'kidlamoq lozim. Avvalgi darslarda Siz bilan shoirning ijtimoiy-siyosiy mav-zusidagi she'rlariga to'xtalgan boisak, bugun uning ishqiy liri-kasiga oid ajoyib bir asar bilan tanishamiz. Bu she'rning yozilish tarixi alohida bir qissa bo'lib, hozir uni to'liq hikoya qilib berishning mavridi emas. Faqat bir nar-sani aytamizki, shoir hayotida chuqur iz qoldirgan iztirobli sevgi tarixi bu she'rning yozilishiga turtki bergan. Unda ko'nglining suygan do'stidan ayrilgan lirik qahramon iztiroblari quyuq ba-diiy bo'yoqlarda ta'sirli ifodalangan. Garchi, mazkur she'r bar- moq vaznida bitilgan bo'lsa-da, unda mumtoz lirikamizga xos bo'lgan badiiy o'xshatishlar, jonlantirish, istiora, qochirim sin-gari adabiy san'atlardan keng foydalanilgani diqqatni tortadi. Bu narsa shoir tarjimayi holida aytganimiz - Fitratning Sharq mumtoz adabiyotining katta bilimdoni bo'lgani ta'siridir. She'r lirik qahramoni uchun suyukli yor faqat ko'ngil quvon-chi, dildorlik ramzi emas. Uning rahiyatini tinimsiz qaqshatadi-gan g'am-u qayg'ulardan panoh, qalbini yupatib taskin beruvchi www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan mehribon ham u! U bilan o'tgan kunlar munis kunlar edi, dilga hamdam, ruh-ga madadkor bor edi. Dunyo va tiriklik tashvishlaridan zada bo'lib ketgan jism-u jon faqat yor og'ushidagina orom topar, bir muhlat hayot og'riqlarini unutardi. Ayriliq iztiroblari oshiq ko'ngilni mutlaqo abgor - xor qildi: u bunday ko'rgilikdan o'limni - barcha azoblardan birdaniga qutulmoqni afzal biladi. Agar yor qaytsa, u yana bir dildorlik ko'rsatsa, oshiq uning oyoqlariga nafaqat o'tli yosh, balki qon bo'lib to'kilishga - uning amri-la qurbon bo'lmoqqa rozi... Fitratning bu she'ri uning ijodkor do'sti Cho'lponning ishqiy mavzudagi asarlariga hamohang ekanini ham e'tiborga olaylik. Go'yo ikki buyuk qalb va qalam egalari bu borada ham ijodiy raqobatga kirishib, yangi vazn - barmoqda o'zbek she'riyatining nodir namunalarini yaratgandilar... Xulosa qilib aytganda, o'zbek milliy she'riyati, prozasi, mao-rifi, tilshunosligi, adabiyotshunosligi, jamiyatshunosligi singari o'nlab sohalar oyoqqa turishiga, rivojiga ulkan hissa qo'shgan Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiy yo'li barcha zamonlar uchun ibrat namunasi bo'lib qolishi shubhasizdir. Siz bilan biz bu alloma faoliyatidan Vatanni, Millatni, Xalq-ni qanday sevmoq lozim, uning taqdiriga daxldor masalalarga qanday yondashib, ularni qay taxlit yechish to'g'ri bo'lishini o'rganishimiz ham qarz, ham farzdir! O'tgan ajdodlarimiz merosidan faxrlanish, albatta, kerak. Bi-roq bu merosning mazmun- mohiyatini chuqur bilmay, his qil-may, u bilan og'izdagina maqtanib yurish durust ish emas. Qa- chonki, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy singari millatparvar bobolarimiz qalbida yongan yurt ishqi yuraklarimizga ko'chib o'tsa, biz bu olovni asrab-avaylab, u bilan kelgusi nasllar ko'nglini yoritsak, shundagina o'tmish ajdodlarimiz xotirasiga munosib avlod sanalamiz! Savol va topshiriqlar 1. Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi she'rlar va ishqiy mavzudagi asarlarga xos boigan xususiyatlarni sanab bering. Sizga qaysi mavzuni yoritgan she'riyat ko'proq yoqadi? 2. Yorga murojaatning mumtoz adabiyotimizdagi va «Go'zalim, bevafo gulistonim...» she'ridagi ko'rinishlarini o'zaro taqqoslashga harakat qiling. 3. Fitrat she'ridagi samimiyatni qaysi misralar yordamida isbotlash mumkin, deb o'ylaysiz? 4. Nega shoir o'z umrini «bog' umrim» deb atayapti? Kishi umri boshqacha atalishi ham mumkinmi? Fikringizni misollar bilan isbotlang. 5. «...Xoki poyingni surmadek yoshli ko'zuma suray» misrasini izohlang. Oshiqning ko'ziga surma surishi g'alati emasmi? Shoshilmay, tarixga, xususan, dinimiz tarixiga murojaat orqali javob topishga harakat qiling. 6. «Kel, ayoqingg'a qon bo'lub to'kulay» misrasida qanday badiiy san'at ishlatilgan? 7. Fitratning hayoti va ijodiy faoliyati qaysi jihatlari bilan bizga ibrat bo'la oladi? 8. Fitrat she'rlaridan olgan eng katta taassurotingiz, eng muhim xulosalaringiz nimalardan iborat boidi? 9. Adabiy merosimizga tengdoshlaringizning munosabati Sizni qoniqtiradimi? Javobingizni aniq misollar bilan asoslashga urining. Bu masalada Siz nimalarni taklif qilgan boiur edingiz? Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling