Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
Savol va topshiriqlar
1. G'afur G'ulomning bolalik va o'smirlik yillari qanday sharoitda kechgan? 2. Adibning qaysi asarlarida bolalik davri voqealari yoritilganini eslang va hikoya qilib bering. 3. «Sen yetim emassan» she'ridagi: «Yetimlik nimadir, bizlardan so'ra, O'ninchi yillarning sargardonligi, Isitma aralash qo'rqinch tush kabi Xayol ko'zgusidan o'chmaydi sira...» - kabi satrlarda shoir qanday armonlarini ifodalagan edi? 4. Shoirning dastlabki she'riy to'plamlaridagi yutuq va kamchiliklar nimalardan iborat boiganini o'qituvchingizdan so'rab bilib oling. 5. Insoniyat urushni nima uchun qoralashini mulohaza qilib ко'ring. Fikringizni misollar bilan asoslashga harakat qiling. 6. G'afur G'ulomning urushga, fashizmga bo'lgan nafrati qaysi she'rlarida, ayniqsa, kuchli namoyon bo'lgandi? 7. G'afur G'ulom asarlari asosida qanday spektakllar, kino va videofilmlar yaratilganini bilasizmi? 8. Adib va uning zamondoshlari boshidan o'tkazgan davr sinovlarini qanday misollarda ko'rsatish mumkin? 9. G'afur G'ulom xotirasi va adabiy merosiga bugungi munosabat to'g'risida sinfdoshlaringizga gapirib bering. 10. Maktabingizda G'afur G'ulomga bag'ishlangan qanday tadbirlar o'tkazilgan? Bu tadbirlarda Siz ham ishtirok etganmisiz? Ularning yuqori saviyada o'tishiga nima bilan hissa qo'shgansiz? S OG ’ INISH Zo'r karvon yo'lida yetim bo'tadek, Intizor ko'zlarda halqa-halqa yosh. Eng kichik zarradan Yupitergacha O'zing murabbiysan, xabar ber, quyosh. Uzilgan bir kiprik abad yo'qolmas, Shunchalar mustahkam xonayi xurshid, Bugun sabza bo'ldi qishdagi nafas, Hozir qonda kezar ertagi umid. Xoki anjir tugab, qovun g'arq pishgan, Baxtli tongotar chog' uni kuzatdim, Bir mal'un gulshanga qadam qo'ymishkan, Joni bir jondoshlar qolarmidi jim. Unda yetuk edi meros mard g'urur, Ostonani o'pib, qasamyod qildi. Ukalarin erkalab o'zimday mag'rur, Ya'ni obod uyimni u dilshod qildi. Iblisning g'arazi bo'lgan bu urush Albatta, yetadi o'zin boshiga. O'g'lim omon keladi, g'olib, muzaffar, Gard ham qo'ndirmasdan qora qoshiga. Ne qilsa otaman, meros hissiyot... Jondan sog'inishga uning haqqi bor, Kutaman uzoqdan ko'rinsa bir ot, Kelayapti, deyman ko'rinsa g'ubor. ...Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo'msayman birovni - allakimimni. Doimo umidim bardam bo'lsa ham, Ba'zan vasvasalar bosar dilimni. Balki bir g'alat o'q yo xavf-u xatar Xazinai umrimdan yo'qotdi olmos... Yo'q, u o'lraas, qadami olam yaratar, Hayotiy bu olam siz-u bizga xos. Tong otar chog'ida juda sog'inib, Bedil o'qir edim, chiqdi oftob. Loyqa xayolotlar chashmaday tindi, Pok-pokiza yurak bir qatra simob. www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan O'rog'-u gulqaychi, istak ko'tarib, Hovrimni bosishga boqqa jo'nadim. Hasharchi qo'shni qiz - uning sevgani, Ma'yus bosar edi orqamdan odim. ...Dur bo'lib taqilar yoring bo'yniga, Sadafday ko'zimda behuda bu yosh, Ikkoving ikki yosh, labing labiga Qo'yar. Vasvasamdan kuladi quyosh. ...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni О'zing to'qib ketgan katta savatda To'latib shaftoli uzib chiqaman, G'alaba kunlari yaqin albatta. Yayov, ko'ksim ochiq, boshda shaftoli, Xuddi mo'ylovingdek mayin tuki bor. Наг bitta shaftoli misoli kulgu, Shafaqday nimpushti, sarin, beg'ubor. Suyganing labida reza ter kabi, Unda titrab turar sabuhiy shabnam. Munchalik mazani topa olmaydi Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham. Ye, o'giim, jonginang salomat bo'lsin, O'z bog'ing, o'z mevang danagin saqla. Shu meros bog'ingni o'z qo'lingga ol, Menga topshirilgan merosiy haq-la. Bog'da tovus kabi xiromon bo'lib, Umid danagini birga ekingiz G'olib kelajakni sayr qilaylik Mushfiq onaginang bilan ikkimiz. 1942 Siz «o'zbek onasi» degan ibora anglatadigan mazmun-mohi-yatni, har qalay, yaxshi anglaysiz. Uni eshitganingizda farzandi uchun jonini berishga tayyor, butun fikr-zikri bolasining baxt-u iqboliga qaratilgan munis ayol qiyofasi ko'z oldingizda gavda- lanadi. Yaxshi bilasizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashab-busi bilan poytaxt Toshkentdagi Mustaqillik maydonida Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga so'lim xiyobon barpo etilgan. O'zbekona ayvonlar bilan o'ralgan Xotira xiyobonining to'rida urushga ketgan bolasini intizor kutayotgan ona siymosi gavda-lantirilgan. «O'zbek onasi» tushunchasining ko'z o'ngimizda aniq reallashuvida bu siymo beqiyos rol o'ynaydi. Endi shunga yaqin boshqa bir tushuncha to'g'risida o'ylab ko'raylik. Bu - «o'zbek otasi» tushunchasidir. Albatta, bu iborani eshitishingiz bilan ko'z oldingizda o'z padari buzrukvoringiz siymosi gavdalanishi bor gap. Otangizning Sizga bo'lgan e'tibori, Sizni boqib katta qilish yo'lida qilayot-gan mehnatlari, kun-u tun oila tashvishlari bilan band yurishi... bularning bari mana shu tushunchada jamuljamdir. Biroq «o'zbek otasi»ning bo'rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosini aynan G'afur G'ulom hozirgi-na o'qiganimiz «Sog'inish» she'rida aks ettirgan desak, hech mubolag'a bo'lmaydi. Bu she'rda otalarimizga xos bo'lgan jamiki fazilatlar o'zining yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhab-bati, kuzatuvchanligi, tantiligi, andishasi... barcha-barchasi shu she'rda namoyon bo'ladi. Asar misralari ichra urushga ketgan o'g'lidan bir mujda -nedir yaxshi xabar kutayotgan Otaning bezovta yuragi gupil-lab urib turibdi. Uning ko'ngliga goh vahima-vasvasa ko'lanka soladi. Atrofga har kuni yuzlab «qoraxat» qo'nayotgan tahlikali kunlarda bu bezovtalikka, albatta, o'rin bor - «Ne qilsa ota-man, meros hissiyot...» Ko'pchiligingizga sog'inch hissi hozircha bir qadar uzoqroq bo'lishi tabiiy. Negaki, hozir ota-onangiz, aka-ukalaringiz yofii-dasiz - har kuni ularni ko'rish, diydoridan bahramand bo'lish imkoniyatingiz bor. Lekin harbiy xizmatdami, uzoqroq xizmat safaridami bo'lgan otangiz yoki boshqa qarindoshlaringiz suh-batiga quloq solsangiz, ular uyni, yaqin qarindoshlarni, Vatanni qanchalar qo'msaganliklarini hikoya qilishadi. Ayniqsa, tunlari oyga qarab, «uyimdagi ota- onam ham uni ko'rishayotgandir, men ham qarab turibman, demak, bir-birimizni ko'rgandek boiyapmiz», - degan ilinj mana shu sog'inch taftini, biroz boisa-da, bosadi... «Sog'inish» she'rining lirik qahramoni - Otaning sog'inchi shunchalar zo'rki, u har bir www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan narsadan umidlanadi, najot so'rab to quyoshga qadar zorlanadi: Eng kichik zarradan Yupitergacha О'zing murabbiysan, xabar ber, quyosh. She'rning: Tong otar chog'ida juda sog'inib, Bedil o'qir edim, chiqdi oftob. Loyqa xayolotlar chashmaday tindi, Pok-pokiza yurak bir qatra simob. degan bandiga e'tibor bering. Nima uchun Ota sog'inch o'rtagan paytlari aynan Bedilni o'qiydi? Nega uni o'qigach, «loyqa xayolotlar chashmaday» tinadi? Gap shundaki, asli nasli turkiylardan bo'lgan fors shoiri Bedil she'riyati o'zining falsafiy chuqurligi, o'quvchini o'tkinchi dunyo g'am-tashvishlaridan yuqoriroq turib fikrlashga undashi bilan ajralib turadi. Bedil mutolaasi Otaga abadiy haqiqatlardan, o'lmas va yuksak tuyg'ulardan saboq beradi. Abdulqodir Bedil she'riyatida, jumladan, shunday misralarni uchratamiz: Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy, Agar otash furu aftad baxokistar dehad jaro... (Mazmuni: Zolimning maqomi - qudrati, zulmi oxir-oqibat zaiflashib, kuchdan qoladi. Lovullab yonayotgan olov ham bir kun kelib kulga aylanadi.) Endi bu fikrning G'afur G'ulom she'ridagi ifodasiga e'tibor beraylik: Iblisning g'arazi bo'lgan bu urash Albatta, yetadi o'zin boshiga... Bedilning Otaga - shoirga bergan daldasi, yupanchi, loyqa xayolotlarini chashmaday tindirishi shu emasmi? Aytadilarki, shoirlar yarim avliyodirlar. Bu qarashning naqa-dar to'g'riligini G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'ri ham to'la isbotlaydi. Qarang, bu she'r 1942-yilda yozilyapti. Urushning tugashiga hali uch yil bor. O'zbek otasi esa: ...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni О'zing to'qib ketgan katta savatda To'latib shaftoli uzib chiqaman, G'alaba kunlari yaqin albatta. - deydi. Urash esa 1945-yilning mayida tugagan, unda tirik qol-gan jangchilar ayni shaftoli pishig'ida uylariga qayta boshlagan- lar... Xulosa qilib aytganda, G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'ri nafaqat urash davri va nafaqat o'zbek she'riyati, balki insoniyat badiiy tafakkurining eng yuksak cho'qqilarida turishga arzigulik, o'zida eng pokiza insoniy hislarni badiiy mukammal tarzda mu-jassam etgan noyob badiiy asardir. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling