Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

( - i . i i i
Shoira hayot har bir inson uchun bir imtihon ekaniga iirg'u beryapti. G'azalda garchi: 
«Dunyoni imtihon etib ket», -(k'yilgan bo'lsa ham, kishi dunyoni imtihon qilmasligini, aksin-cha, 
bu yerda dunyo shaxsni imtihondan o'tkazishi ko'zda tuti-Inyotganini anglab olish kerak. Dunyo 
imtihonidan o'tish uchun jiihonni sayr etish, chuqurroq ma'noda aytilsa, uni o'rganish lo/im. 
Ammo endi bedard (beg'am, beparvo, loqayd) odamlar ham - ko'p. Ular kishiga jafo yetkazadi. 
Bunga faryod chekib, fig'on etishga ham to'g'ri kelishi mumkin. Modomiki, o'zingni (limyo 
chamanining bulbuli deb hisoblasang, endi gul shoxida in qurishing zarur.
Bu da'vat insonni hayotda yuksak pog'onalarni ko'zlab yashashga undaydi. Dunyo - 
hayratxona. Uning sir-sinoa-li, go'zalligi, jozibasidan zavq olish kerak. Shu bilan birga, liayot - 
vaqtincha (bevafo). Shuning uchun unga ko'p ham bog'lanmasdan, undan yuksakroq narsaga 
(Allohga) muhabbat qo'ygan oshiqlarga ergashish lozim. Chunki inson bu dunyoda aniq maqsad 
bilan, unga intilib yashashi zarur. Biroq Allohga ishqni hammaga oshkor qilaverish shart emas. 
Modomiki, ishq yo'liga kirgan bo'lsang, endi ko'zlaringdan dur sochishing kerak. Bu yerda dur, 
aslida, ko'z yoshi ma'nosida kelgan. Biroq zimdan aytilyaptiki, shoira ishq yo'lida (demak, 
hayotda) ko'rganlarini dur kabi sochishi (asarlar yaratishi) zarur.
4. G'azalda qaysi ma'noda shoiraning badiiy-tab'iy (estetik) dasturi, ya'ni o'z oldiga qo'ygan maqsad-muddaolari 
bay on etilgan? 
5. Undalmalarning g'azaldagi o'rni va ahamiyatini tushuntirib bering. 
6. G'azalni yodlang. 
Qilmag'il zinhor izhor ehtiyoj, -Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj. 
Hech kim olamda forig'bol
1
emas, Har kim o'z miqdoricha bor ehtiyoj. 
Ganji husningni(ng) zakotin ber menga, Sen g'aniysan,
2
menda bisyor ehtiyoj. 
Ko'zlarim aylar yuzingni orzu, -Kim erur ko'zguya diydor ehtiyoj. 
Mustamand etti
3
meni muhtojlik, Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj. 
Gar tilarsen obro' ahbob
4
aro, Aylama zinhor izhor ehtiyoj. 
Qil ravo, albatta, oshiq hojatin, Boqmag'il, arz etsa ag'yor
5
ehtiyoj. 
Bir tarahhum
6
zohir etsang, netgusi, Qildi husningga meni zor ehtiyoj. 
Yor vaslini tilarman, Nodira, Ayladi ko'nglimni afgor ehtiyoj. 
Fig'onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin, G'amim cho'x
1
, ey ko'ngul, sen bexabarsen holi zorimdin. 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
G'uborim ishq vodiysida barbod o'ldi, andog'kim, Biyobonlarda Majnun to'tiyo izlar g'uborimdin. 
Qizil qondur sirishkim,
2
za'farondur
3
chehrayi zardim,

Meni kim ko'rsa farq etmas, xazon birla 
bahorimdin. 
Buzuldi ro'zgorim, xonayi ayshim xarob o'ldi, Na rohat ko'rgamen emdi buzulg'on ro'zgorimdin. 
Biyobonlarni izlab topmadim yorim so'rog'ini, Berurman jon, sabo nogah xabar keltursa yorimdin. 
Diyorim ahli mendin yorsiz begona bo'lmishlar, -Ki men ham yorsiz ozurdamen
5
yor-u diyorimdin. 
Gahi yirtib yaqo, gah qon yutub, gohi fig'on ettim, Nelar o'tdi bu aqshom, Nodira, joni figorimdin
6

«BO'LDI UL FliUSATKl. 1ARKI SUHBAT1 OLAIVI TUTAY...» 
Bo'ldi ul fursatki, tarki suhbati olam tutay
Qon to'kib ko'z mardumidin shevayi motam tutay. 
Shah Umar sulton jahondin ketdi ul shavkat ila Emdi davron ahlidin chashmi
1
muravvat kam tutay. 
O'tti subhi vasl, keldi shomi anduh-u firoq, Marhabo, ey dog'i hasrat, kelki bazmi g'am tutay.
Bodasiz mino-vu
2
jom oxir nashotafzo
3
emas, Emdi bodi g'unchayi gul bu chamanda kam tutay.
Qon bo'lur ko'ngul oning davrini yod etkan zamon, Men nechuk tab'imni shod-u xotirim xurram tutay.
Furqatidin yig'lamoqdin qolmadi ko'z ichra yosh, Emdi xuni
4
dil ila ko'z safhasin purnam
5
tutay.
Bazmi vaslin ko'rmaganlar furqatidin dog'dur, Menki ko'rdim davlatin, o'zni nechuk beg'am tutay.
Topmog'im o'lmas muyassar ul guli xandon base, Gar hama sayri jahon-u arsayi
6
olam tutay.
Ko'nglumi hijron o'ti aylar damo-dam zaxmnok,

Qil madad, ey sabr-u toqatkim, anga marham tutay.
Yodgor ul shohdin qoldi manga durdonasi, Emdi oni(ng) davlatin shukrini mustahkam tutay.
Nodira, ketti ilikdin shahriyorim domani, Emdi avlodin duo etmak yo'lin mahkam tutay.
XX ASR 0-/ВГ.К ADABIYOTIDAN
ABDI
J
RAI'F
FITRAT

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling