Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

«maqta'» deyiladi; agar maqta'dan oldin (ayrim hollarda undan ham oldin) keladigan baytda lirik 
chekinish qilingan bo'lsa, bunday qo'shmisra «begona bayt» deyiladi.
Matla'ning o'ziga xosligi shundaki, birinchidan, uning ikkala misrasi o'zaro qofiyadosh 
bo'ladi, ikkinchidan, shu bayt vazni va qofiyasi (yoki radifli bo'lsa radifi ham) g'azalning oxiriga-
cha qat'iy saqlanadi.
Maqta'ning o'ziga xosligi shundaki, birinchidan, ko'pincha unda shoirning taxallusi qo'llanadi 
(ba'zan taxallus maqta'dan oldingi baytda keladi ham), ikkinchidan, mantiqan u xuddiki asar 
xulosasi yanglig' jaranglaydi.
«Begona bayt»ning o'ziga xosligi shundaki, u g'azalning oldin kelgan baytlaridagi umumiy 
tasvir yoki bayonga bevosita bog'lanmasligi, nisbatan erkinroq fikr-mulohazani ifodalashi mum-
kin. Ammo bu yerdagi «begona» so'zini nisbiy ma'noda tushu-nish kerak. Shoir «begona bayt»da 
ham oldingi baytlar umumiy ma'no-mazmuni imkon bergan darajada, boshqacha aytganda
qaysidir ma'noda ulardan kelib chiqib lirik chekinish qiladi.
Faqat uning begonaligi shundaki, O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla 
Oripov so'zlari bilan aytganda, «bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa, maqtaydi, kimni yomon 
ko'rsa, undan alamini oladi, g'azal umum yo'nalishiga и qadar bog'lanmaydiganroq gapi bo'lsa 
ham, shu yerda aytib qoladi».
Adabiyotshunoslikda hamma yaxshi biladigan «lirik chekinish» degan tushuncha mavjud. 
Asarda lirik qahramon (shoir emas!) qo'qqisdan yurilayotgan asosiy yo'ldan biroz chetga 
chiqqanday bo'lib, kutilmagan bir fikr yoki mulohazani aytadi, bayon yo tasvirni kiritadi, ilmiy 
tilda ifodalansa, nimagadir simpatiya yoki antipatiyasini bildiradi.
«Begona bayt» ham - lirik chekinishning aynan o'zi. Biroq bu yerda yanada teranlashish 
(differensiatsiya) bor: lirik chekinish -keng va katta tushimcha, u bor-yo'g'i to'rt satrdan iborat 
niboiyda ham bo'lishi
1
, hatto, liro-epik turda yozilgan dostonda (Navoiyning «Xamsa»sidagi 
dostonlar ham, «Lison ut-tayr» ham shunday asar-lar sirasiga kiradi) ham uchrashi mumkin.
Ruboiyda lirik chekinish qilish uchun bir misradan ortiq imkon yo'q. Lirik chekinish 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
borasida g'azaldagi imkoniyat -ruboiydagidan sal kattaroq. Chunki u kamida bir bayt doi-rasida 
amalga oshiriladi.
Hech bir lirik chekinish asarga yot unsur bo'lmagani kabi, «begona bayt» atamasidagi 
«begona» so'zini ham o'z ma'nosida, ya'ni yalang'och tarzda tushumnasligimiz, uning nisbiy 
begonalikni ifodalab kelayotganini yaxshi anglab olishimiz zarur.
«Begona bayt» - g'azalgagina xos, aniqrog'i, lirik chekinishning aynan g'azaldagi ko'rinishi 
hisoblanadi. Uning hajmi - aniq (ikki misra), o'rni - tayin (asosan, maqta'dan oldin keladi).
G'azalchiligimiz, 
xususan, 
Navoiy 
g'azallaridagi 
bu 
tipik 
xusu-siyatni 
ko'plab 
navoiyshunoslar kuzatgan, tahlil etgan. A. Hayit-metov buni umumiy qilib «lirik chekinish»
2
Y. 
Is'hoqov «begona yoki qistirma baytlar»? N. Komilov esa «gardish», «bozgasht» («qaytish»)
4
 
deb nomlaydi. Aslida, Navoiy g'azallarida asar maz-muni bilan bog'lanmagan bayt bo'lmaydi. 
«Begona»lik - nisbiy tushuncha. U «lirik chekinish» ma'nosini muayyanlashtirgan holda ifodalab 
kelgan. «Chekinish» bilan «begonalik» - bir-biriga juda yaqin tushunchalar hisoblanadi.
QIT'’A 
Qit'a - musulmon Sharqi, jumladan, o'zbek mumtoz she'riya-tining lirik janrlaridan biri. 
She'riy shakl sifatida и adabiyotda qasida va g'azaldan oldin paydo bo'lgan, deb qaraladi. Qit'a 
mustaqil baytlardan tashkil topgani uchun g'azalga o'xshab ketadi. Ammo g'azaldan keskin farq 
qiladigan jihatlari bor.
Birinchidan, qit'ada matla' bo'lmaydi. Shuning uchun bayt-larning hammasi bir xil - ab, db, 
eb, fb va hokazo tarzda qofiyalanadi.
Ikkinchidan, hajmi ham g'azaldagi kabi qat'iy emas. Eng kami ikki baytdan tashkil topadi. 
Biroq uning ko'p baytli, hatto, o'n to'qqiz qo'shmisradan iborat namunalari ham uchraydi.
Uchinchidan, g'azalda mavzular - chegaralanganroq. Lekin qit'alarda unaqa emas. Qit'ada 
shakl va mazmun jihatidan erkinlik - ko'p, mavzu doirasi chegaralanmagan.
To'rtinchidan, qit'ada shoir taxallus qo'llashi kamdan kam uchraydi. Navoiy ba'zi 
qit'alaridagina taxallus ishlatadi.
Beshinchidan, g'azallarga sarlavha qo'yilmaydi. Ammo Alisher Navoiyning «Xazoyin ul-
maoniy»ga kiritilgan barcha qit'alariga nasriy sarlavha qo'yilgan. Sarlavhalarda qit'a 
mazmunining bosh g'oyasi yoki yo'nalishi bayon etib qo'ya qolingan.
Oltinchidan, g'azal yaratish niyati bilan o'rta baytlari yozilgan, ammo matla' va maqta'si 
tugallanmagan parchalarni ham ayrim shoirlar devonlariga qit'a sifatida kiritavergan. Binobarin, 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling