Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
Savol va topshiriqlar
1.0'qituvchingiz yordamida G'afur G'ulomning «Sog'inish» she'ri yozilishiga sabab bo'lgan hayotiy faktni bilib oling. 2. Nima deb o'ylaysiz: agar shoirning o'z farzandi urushga ketmaganida bu she'r yozilmasligi mumkinmidi? 3. «Zo'r karvon yo'lida yetim bo'tadek, Intizor ko'zlarda halqa-halqa yosh», - misralarida tasvirlangan manzarani ko'z oldingizga keltirib, sinfdosh- laringizga aytib bering. 4. Ota o'g'lini yilning qaysi faslida urushga kuzatganini aniqlash mumkinmi? 5. «Hasharchi - qo'shni qiz»ning holatini izohlab bering-chi. Nega u «ma'yus odim bosadi?» 6. Nima deysiz, «Yayov, ko'ksim ochiq, boshda shaftoli» satrlarida ifoda etilgan ota siymosini «o'zbek otasi» siymosi sifatida qabul qilish mumkinmi? 7. She'rning qaysi bandlarida avlodlararo azaliy davomiylik o'z ifodasini topgan? 8. «Sog'inish» she'rining umidbaxshligi, shoirning kelajakka boigan sobit ishonchi to'g'risida mulohaza yuriting. 9. «G'afur G'ulom she'riyatida milliy ruh ifodasi» mavzusida uy inshosi yozing. O'qituvchingiz yordamida insholar muhokamasini uyushtiring. www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan VAQT G'uncha ochilguncha o'tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba'zida bir nafas olgulik muddat Ming yulduz so'nishi uchun yetgulik. Yashash soatining oltin kapgiri Har borib kelishi bir olam zamon. Koinot shu damda o'z kurrasidan Yasab chiqa olur yangidan jahon. Yarim soat ichida tug'ilib, o'sib, Yashab, umr ко'rib o'tguvchilar bor. Ko'z ochib-yumguncha o'tgan dam - qimmat, Bir lahza mazmuni bir butun bahor. Bir onning bahosin o'lchamoq uchun Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz. Nurlar qadami-la chopgan sekundning Barini tutolmas ayhannos ovoz. Yigit termiladi qizning ko'ziga, Kiprik suzilishi, mayin tabassum... Qo'sha qarimoqqa muhr bo'ladi Hayotda ikki lab qovushgan bir zum. Yashash darbozasi ostonasidan Zarhal kitob kabi ochilur olam, Tiriklik ko'rkidir mehnat, muhabbat, Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram. ...Reyxstag ustiga g'alaba tug'in Qadashda otilgan jangchining o'qi Yalt etgan umri-la barqaror qildi Basharning muqaddas, oliy huquqin. G'alaba amri-la mag'lub nemisning Generali qo'l qo'ydi. Uch sekund faqat... Shu mal'un imzoda odamlar o'qir Million yil fashistning umriga la'nat. Aziz asrimizning aziz onlari Aziz odamlardan so'raydi qadrin. Fursat g'animatdir, shoh satrlar-la Bezamoq onidir umr daftarin. Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek Diana ma'budin yoqmoq shart emas. Ko'plarning baxtiga o'znikin jamlab Shu ulug' binoga bir g'isht qo'ysak, bas. Har lahza zamonlar umridek uzun, Asrlar taqdiri lahzalarda hal. Umrdan o'tajak har lahza uchun Qudratli qo'l bilan qo'yaylik haykal. Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g'animatdir, umrzoq soqiy. Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. 1945 Urushda qozonilgan g'alaba to'g'risida har kim har xil yozi-shi tabiiy hoi. Kimdir bu g'alabani ko'tarinki ohang, ko'tarinki so'z bilan ifoda qiladi. Kimningdir ichiga sig'magan quvonchi g'alabani olqishlash shaklida qog'ozga to'kiladi. G'afiir G'ulom ijodiy tafakkuriga faylasufona mulohazakor-Hk, kichik tuyulgan hayotiy detallardan katta umumlashmalar yasay olish xos edi. Bu noyob fazilatlar shoirning 1945-yilda fashizm ustidan qozonilgan g'alaba munosabati bilan yozgan «Vaqt» she'rida yaqqol ifodasini topdi. Shoir mazkur she'rda lahza(sekund)ning mohiyatiga nazar tashlaydi. Darhaqiqat, yuzaki qaraganda, lahza nima? Ko'z ochib yum-guncha o'tadigan fursat. Go'yo e'tiborga, diqqatga arzimaydi. О'г umrini poyonsiz deb o'ylaydigan aksariyat odamlar uchun lahzaning sariq chaqalik qimmati bo'lmasligi ham mumkin. Biroq... Biroq shoir ijodiy tafakkuri butun insoniyat hayoti - uning quvonch-u tashvishlari, hatto qismati ham mana shu lahzalarga jo ekanini favqulodda misollar bilan isbotlab beradi: Bir onning bahosin o'lchamoq uchun Oltindan taroz-u, olmosdan tosh oz. Hayotning abadiy qonuniyatlarini anglagan, his qilgan odam uchun behuda lahzaning o'zi yo'q va bo'lishi ham mumkin emas. Zero, inson necha yil umr ko'rishidan qat'i nazar, bu umrning asosini mana shu lahzalar tashkil qiladi. Buyuk qah-ramonliklar ham, isnodli sharmandaliklar ham ayni lahzalar oralig'ida ro'y beradi. O'zini, o'zligini unutgan odam bir lahzada yo'l qo'ygan xatosi, qo'rqoqligi, shijoatsizligi tufayli umrbod yuzj qora bo'lib qolishi hech gap emas. Va aksincha, Amir Temurdek, Jaloliddin Manguberdidek, Bobur Mirzodek bobola-rimizning shon-shavkati aynan bir lahzada qabul qilgan qat'iy qarorlari, biror lahza unutmaganlari - yurtga sadoqatlari tufayli abadiyatga daxldor bo'ldi. Endi ayting-chi, ular kabi jo'mard insonlarning umri, faoliyati, millat taraqqiyotiga qo'shgan www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan hissalarini oltindan yasalgan tarozi-yu olmosdan qilingan tosh bilan o'lchab bo'ladimi?! G'alaba amri-la mag'lub nemisning Generali qo'l qo'ydi. Uch sekund faqat... Shu mal'un imzoda odamlar o'qir Million yil fashistning umriga la'nat. Yanagi o'quv yilida Siz Ikkinchi jahon urushining barcha tafsilotlari, u keltirgan kulfatlar to'g'risida batafsil ma'lumot olasiz. Hozir esa shuni eslatib o'tamizki, insoniyat tarixidagi eng dahshatli hodisa bo'lgan bu urush 70 milliondan ortiq kishining umriga zavol bo'ldi. Minglab shahar va qishloqlar, Yevropa, Afrika, Osiyo qit'asining eng noyob madaniy yodgorliklari shu urush olovida kuyib kulga aylandi. Qanchadan-qancha bolalar o'z ota-onalaridan, ota-onalar esa farzandlaridan ajrab, hayotlari sarson-sargardonlikda o'tdi. Bu urush yetkazgan jarohatlar o'rni hali-hamon bitgani yo'q. Hali-hamon Yaponiyaga tashlangan atom bombalarining zahri avlodlar tan-u joniga, atrof-muhitga ozor bermoqda... Holbuki... Holbuki, fashizmning o'z mag'lubiyatini tan olib, german armiyasining so'zsiz taslim bo'lishi to'g'risidagi hujjatga imzo chekishi uchun uch sekund vaqt talab qilindi, xolos. Biroq shu uch sekundga yetib kelish insoniyatga qanchalar qimmatga tush-ganini bir tasavvur qilib ko'ring-a. Darvoqe, 1939-yil 1-sentabrda Ikkinchi jahon urushini bosh-lash - Polshaga hujum qilish to'g'risidagi qarorni qabul qilishga ham, balki uch sekund kifoya qilgandir. Shoir dunyoda shuhrat qozonmoqning yo'llari ko'p ekani, biroq bu yo'llarning biri odamni sharmandali shuhratga olib kelsa, boshqasi abadiyatga olib borishini quyma satrlarda eslatadi: Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek Diana ma'budin yoqmoq shart emas. Darhaqiqat, o'z davrining buyuk mutafakkirlari goh ilm-fan, goh san'at, goh falsafada ulkan natijalarga erishayotganidan ichi kuygan Gerostrat degan kimsa odamlar uni ham doimiy yodlab-yo'qlab turishlarini xohlab qoladi. Bunga arzirli biror ish qo'lidan kelishiga ko'zi yetmay, ulkan buzg'unchilik, vahshiylikka qo'l uradi. Dunyo arxitekturasining noyob namunalaridan biri bo'lgan Diana ma'badi - ibodatxonasiga o't qo'yadi. Qarabsizki, hali-hamon Gerostratning nomini ham insoniyat eslashga majbur. Lekin bu eslov-yo'qlovning qimmati va ahamiyati qanchalik? Hamma gap mana shunda! Shukrki, insoniyatga xotira degan ulkan saboq - xazina ato etil-gan. U o'zining baxt-u iqboli yo'lida kurashgan ulug'lar bilan birga, odamzod tirikligiga xavf-u qo'rqinch solgan yovuz kimsalami ham unutmaydi. Ularning qilmishlari takrorlanishidan ogoh turadi. Faylasuf shoir G'afur G'ulom o'zining mo'jazgina asari -«Vaqt» she'ri bilan lahzaga abadiy haykal qo'ydi, deb bemalol aytsak bo'ladi! Bu she'r bag'riga jo bo'lgan mantiq va ma'no, san'at va sayqal ko'lamini anglamoq uchun, qarangki, asrlar tal-ab qilinmoqda. Chinakam she'riyatning, adabiyotning mo'jizaviy qudrati, balki mana shundadir. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling