Muammoni bartaraf etishga qaratilgan echimni bevosita ta’minlash
-bosqich. Tanlanadigan echimning mezonlarini shakllantirish
Download 36.32 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bosqich. Qarorni ishlab chiqarish.
3-bosqich. Tanlanadigan echimning mezonlarini shakllantirish.
Agarda muammoni echish bo’yicha maqsadga erishishning o’lchovi bo’lsa, echimning bir necha variantlari bo’lishi mumkin. Shunday o’lchov bo’lib odatda mezonlar xizmat qiladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi mos keluvchi mezonlar tizimini yaratish hisoblanadi. Yaratilgan mezonlar keyingi bosqichlarda maqsadning o’rniga ishlatiladi. Ularning o’zlari maqsad, erishish lozim bo’lgan model o’rnini egallashadi.O’rganilayotgan ob’ektning baxolash mezoni sifatida uning turli belgilari xizmat qiladi. Masalan, oliy o’quv yurtida o’quv faoliyatini moliyalashtirish juda past, yoki yiliga 300 mln. so’m deyish mumkin. Ko’pmezonlilik maqsadni ifoda qilishning asosiy talablaridan biridir. Maqsadni ifoda qilish uchun qancha mezon kerak bo’lsa, shuncha ishlatilishi kerak. Bu mezonlar bir-biridan mustaqil bo’lishlari lozim. Tanlanadigan echimning (qarorning) mezonlarini aniqlashda ekspertlar baxosi va matematik statistika uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiq. 4-bosqich. Qarorni ishlab chiqarish. Ushbu bosqichda qo’yilgan maqsadga erishish uchun foydalanish mumkin bo’lgan bir necha alternativ qarorlar (echimlar) variantlari ishlab chiqariladi. Qarorni shakllantirish – bu eng qiyin va eng ijodiy jarayon. Agar echimning alternativ variantlari bo’lmasa, unda tanlov bo’lmaydi. Demak biz noto’g’ri yo’ldan ketishimiz va xatoli qaror qabul qilishimiz mumkin. Bundan tashqari alternativ variantlar ham yaxshi o’ylangan, butun muammoni qamrab oladigan (butun muammoni xal qiladigan) bo’lishi kerak. Ular ichida tanlov o’tkazish uchun nomiga alternativ variantlar ishlab chiqarish - bu ishga ziyon bo’ladi. Alternativ variantlar nechta bo’lishi kerak degan savolga, imkoniyatimiz, resurslarimitz qancha ko’taraolsa shuncha bo’lishi kerak degan javob to’g’ri bo’ladi. Alternativ variantlarni shakllantirishga, tekshirishga ketadigan mablag’ va resurslar ham inobatga olinishi kerak. Alternativ variantlar ishlab chiqarishdan qochish, ularni ishlatmaslik mumkin, agarda maqsadimiz, unga erishish yo’llari oldindan aniq va konkret bo’lsa. Hamda vaqt bo’lmasa. Amaliyotda alternativ variantlar ishlab chiqarishning tashkiliy shakli bo’lib aqliy xujum, sinektika, ssenariylar ishlab chiqish, morfologik tahlil, o’yinlar, xamda kognitiv karta uslublari hizmat qiladi. 5-bosqich. Kelishish va qarorni tanlashBu bosqichda eng to’g’ri qarorni tanlash kerak bo’ladi. Bu erda biz matematik dasturlash, variatsion hisoblash, evristik, tashkiliy izlash kabi metodlardan foydalanishimiz mumkin. Agarda qaror qabul qilish jarayonida bir-necha sub’ekt qatnashsa va ularning qarorlari bir-birinikidan farq qilsa qarorlar kelishilgan holda qabul qilinadi. O’yinlar nazariyasi metodi nizoli vaziyatda murosaga keltiradigan qaror qabul qilishni ta’minlaydi. Ish o’yinlari kollektiv qaror qabul qilishning tashkiliy tomonlarini, alternativ harakatlarni baxolashni, qabul qilinayotgan qaror bo’yicha kelishuvni ta’minlash yo’lida ko’nikmalar beradi. Matematik dasturlash ko’p o’lchamli vazifalarni matematik yo’l bilan hal qilishga (matematik hisoblash yo’li bilan eng afzalini topishga) imkon beradi. Evristik metodlar – har-hil qoidalar, usullar, soddalashtirishlarga o’xshash optimal qarorlar izlash tajribasini qo’llashni anglatadi. Zaif formallashtirilgan alternativ qarorlarni baxolash maqsadida ekspertlardan foydalaniladi. Ekspertlar baxosi metodi ekspertlar baxosini formallashtirishga va qayta ishlashga mo’ljallangan. Download 36.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling